Islom Seytnazarov: "Ikkinchi davraga qadar bir amallab chidab turamiz"
07 may 2022 20:52
Yangiliklar


Islom Seytnazarov: "Ikkinchi davraga qadar bir amallab chidab turamiz"
O'yin haqida
- Qiyin o'yin bo'ldi. Bizda asosan yosh futbolchilar harakat qilishmoqda. Jarohatlar va kartochkalar sabab zaxiramizda ham o'yinni kuchaytira oladigan futbolchilar yo'q. Bizni hamisha qo'llab-quvvatlab kelayotgan muxlislarimizga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz.
- Uy va safar o'yinlari qay darajada farq qilayapti?
- Biz ko'proq suniy maydonlarga moslashganmiz. Safarda tabiiy maydonlarda bizga qiyin bo'layotgani to'g'ri. Lekin, hozirda Pro-ligada hech bir o'yin oson o'tayotgani yo'q.
- Jamoada qanday muammolar bor?
- Hozirda moliyaviy tomondan muammolarimiz bor. Yigitlar shunga qaramay harakat qilishayapti. Ikkinchi davraga qadar sabr qilib turamiz, shundan so'ng barchasi yaxshi bo'lib ketishiga umid qilayapmiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar