So’nggi yangiliklar

21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  0 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  0 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  4 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  91 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  1 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  6 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  3 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   19

Islom Qobilov: “Mikael Sekeyra o'yin davomida taktikani o'zgartirishdan cho'chimaydi” Yangiliklar

Islom Qobilov: “Mikael Sekeyra o'yin davomida taktikani o'zgartirishdan cho'chimaydi”

Superliganing 21-turida “Lokomotiv” safarda “Metallurg”ni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Qizig'i shundaki, “Loko” 37-daqiqadan boshlab maydonda bir kishi kam bo'lib harakat qildi. O'yindan so'ng “temiryo'lchilar” himoyachisi Islom Qobilov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

- Bugun g'alabaga bo'lgan ishtiyoq va murabbiyimiz tomonidan berilgan ko'rsatmalar asosida g'alaba qozondik. Garchi, maydonda bir kishi kam bo'lib qolganimizga qaramay, o'yinimizda pasayish kuzatilmadi. Aksincha, tanaffus vaqtida bosh murabbiyimiz shoshilmasligimizni va hali hammasi oldinda ekanligini uqtirdi. Taktik o'zgarish ham amalga oshirildi. Biz bir kishi bo'lsakda, g'alaba qozonishimizga ishonchimiz komil edi.  - deya so'z boshladi Qobilov. 

- “Lokomotiv”ning bu mavsumda eng qiyin safar bahsi kimga qarshi kechdi?

- Joriy mavsumda “Lokomotiv” uchun eng qiyin safar uyini “Bunyodkor”ga qarshi kechdi. Negaki, bu o'yinda biz ancha-muncha ko'p harakat qildik. 

- Bosh murabbiy Sikeyra xususida qanday fikrlarni ayta olasiz?

- Taktik tomonlama u juda kuchli. O'yin davomida ham taktik o'zgarish qilishdan cho'chimaydi.

- Jamoangizning joriy mavsumdagi ko'rsatayotgan o'yinini qanday baholaysiz?

- Mavsum oldidan bizda yangi jamoa tuzildi. O'yinlarda ko'p xatolarga yo'l qo'ydik va shu tomonlama turnir jadvalida yuqori o'rinda bo'masak-da, biz to'xtab qolmaymiz. O'yin tomonlama hech bir jamoaga yutqazganimiz yo'q. Faqatgina, omad ham bazida bizga kulib boqmayapti. Qolgan o'yinlar davomida imkon qadar ochko yo'qotmaslik va g'alaba qozonish uchun kurashamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика