So’nggi yangiliklar

21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  0 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  10 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  7 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2

Islom Qobilov: “Biz hech kimdan qo'rqmaymiz. Maqsad yagona - tarix yaratish” Yangiliklar

Islom Qobilov: “Biz hech kimdan qo'rqmaymiz. Maqsad yagona - tarix yaratish”

Bundan ikki yil avval Ravshan Haydarov boshchiligidagi olimpiya terma jamoamiz, Xitoyda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatidan oltin medallar bilan qaytishgani hamon yodimizda.

Xo'sh, Lyubinko Drulovich ustozlik qilayotgan navbatdagi OTJ olimpiyadaga chipta olish barobarida tarixni takrorlay oladimi? Jamoa sardori Islom Qobilov savollarimizga javob berish barobarida, raqiblar haqida ham alohida to'xtaldi.

“Jamoadoshlarim bilan birgalikda kayfiyatimiz alo darajada. Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Tayyorgarlik va yig'in hali davom etadi. Ishlashimiz kerak bo'lgan narsalar bor.

Raqiblar haqida gapiradigan bo'lsam, Eron va Janubiy Koreya bilan kuzda o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdik. Bir-birimizni yaxshi tushundik. Ular ham bizni o'rganishdi, biz ham ularni o'rganib oldik. Nima bo'lgan taqdirda ham biz hech kimdan qo'rqmaymiz. CHunki biz O'zbekistonmiz. Maqsad bitta, u ham bo'lsa har to'rt yillikning nufuzli turniriga yo'l olish va chempionlik shohsupasida vatanimiz bayrog'ini balandlarga ko'tarish orqali tarixga kirish. Muhlislardan bizni ortimizdan duo qilib turishlarini so'rab qolaman. Biz ham ularni va o'zimizni yuzimizni yorug' qilishga intilamiz” - dedi Islom Qobilov.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика