So’nggi yangiliklar

15:25Расман: "Олимпик" собиқ футболчиси "Сурхон"га ўтди  0 15:10Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  19 15:04Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди  0 14:38"Рома" ҳужумчиси фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 14:10Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси  6 13:54"Насаф"га ганалик хавбек келмоқда  12 12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  1 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди  1 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  6 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  2 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  5 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2

Islom Kenjaboev: Olimpiya terma jamoamizdagi yigitlarda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq kuchli Yangiliklar

Islom Kenjaboev: Olimpiya terma jamoamizdagi yigitlarda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq kuchli

8 yanvardan butun Osiyo futbol jamoatchiligi etibori Tailand yashil maydonlarida o'tadigan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi qita chempionatiga qaratiladi.

Musobaqada Tokio-2020 olimpiadasi yo'llanmasi uchun bahs olib boradigan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi kecha musobaqa doirasidagi ilk uchrashuvini o'tkazadigan Songxla shahriga etib keldi.

Terma jamoamiz azosi Islom Kenjaboev Osiyo chempionati oldidan O'FA rasmiy saytiga o'z fikr va mulohazalarini bildirib o'tdi:



- Osiyo chempionatiga yaxshi tayyorgarlik olib bordik. Barchasi yuqori darajada tashkillashtirildi. O'rtoqlik o'yinlari ham etarlicha o'tkazildi, deb o'ylayman.

Asosiysi – jamoamizdagi yigitlarda ishtiyoq kuchli va barcha faqat chempion bo'lish haqida o'ylayapti. Yigitlar shijoatga to'la. Bu erga nima uchun kelganimizni hamda zimmamizda qanday masuliyat turganini yaxshi anglab turibmiz. Birinchi galda yurtimizdagi ko'p sonli muxlislarni g'alabalar bilan xursand qilishga urinamiz.

To'g'ri, balkim juda kuchli va qiyin guruhdan o'rin olgandirmiz. Lekin biz bundan aslo qo'rqayotganimiz yo'q. Nasib etsa, musobaqa davomida ishonchli va mazmunli o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz. Men o'zim ham qo'ldan kelgancha terma jamoamizga foyda keltirishga urinaman. Hudo xohlasa, yurtimizga yorug' yuz bilan qaytamiz, - dedi istedodli futbolchi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика