So’nggi yangiliklar

13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  0 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  0 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  2 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  8 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  0 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  2 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  2 07:35Лионель Месси жароҳат олди  2 07:05Суперлига. "Бунёдкор" ва "Насаф" сафарда ғалаба қозонди, "Навбаҳор" эса "Динамо" билан дуранг ўйнади  0 06:30Сергей Лушчан: "Омадимиз келиб мағлубиятдан қутулиб қолдик. Жамоанинг 40% йиғиннинг сўнгги кунларида сафимизга келиб қўшилди"  2 03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  3

Islom Kenjaboev: "Navbahor" mavsum tugamasidan oldin taklif bilan chiqqan edi" Yangiliklar

Islom Kenjaboev: "Navbahor" mavsum tugamasidan oldin taklif bilan chiqqan edi"

Namanganning "Navbahor" jamoasi qishki transferlardagi faolligi bilan barchaning nigohini o'ziga qaratmoqda.

 Samvel Babayan qo'l ostida yuqori o'rinlar uchun kurashadigan futbolchilardan jamoani shakllantirmoqda. Jamoaning qo'lga kiritgan eng yaxshi futbolchilaridan biri Islom Kenjaboevdir. Avvalgi yillarda "Nasaf"da porlagan xujumkor yarim himoyachi o'tgan mavsumni Koreyada boshlab O'zbekistonda yakunladi. Yaqinda "Navbahor" bilan shartnoma imzolagan futbolchi saytimizga fikrlarini bildirib o'tdi. 

- "Navbahor"ga o'tishingiz haqidagi xabarlar ancha avval tarqalgan edi. Yaqinda bu haqida klub rasmiy xabar berdi. Namanganliklar taklifi qachon bo'lgandi?

- "Navbahor" mavsum yakuniga etmasdan oldin taklif bilan chiqqan edi. Uydagilar bilan maslahatlashdik. Jamoaning rejalari va maqsadlari bilan tanishdik. Jamoa chempionlik uchun kurashadi. Barchasini hisobga olib rozilik berdim. 

- Qishki transferlar oynasi vaqtida yaxshi saviyadagi futbolchi oldida bir nechta tanlov imkoniyati yuzaga keladi. SHunday ekan "Navbahor"ga o'tishingizga nima asosiy turtki bo'ldi?

- Gapingiz mutlaqo to'g'ri. Yaxshi futbolchiga ko'plab takliflar qabul qiladi. Murabbiyning o'zi bilan gaplashib oldim. Barchasi maqul kelgach shartnomaga qo'l qo'ydim. 

- Xorij jamoalaridan biriga o'tish imkoni nima uchun amalga oshmadi? Balki Koreyadagi legioner sifatidagi qiyinchiliklarni ko'rganingiz bunga to'sqinlik qildimi?

- Koreya haqida ko'p gapirganman. SHu bois bu mavzuga boshqa qaytishni, eslashni istamayman. Hali xorijga chiqishni o'ylaganim yo'q. Vaqti kelsa o'ynayman. Legionerga aylanishim uchun o'zimni ruhan, jismonan har tomonlama tayyorlashim kerak. Balki keyingi mavsumda o'ylab ko'rarman. 

- Har holda "Nasaf"da to'p tepib yurgan kezlaringizda salohiyatingiz yuqori baholangan, Evropa davlatlariga yo'l olishingiz kutilgandi...

- Hozir ham xorijda o'ynab ketishimga ishonaman. Lekin yuz foiz tayyor bo'lib, borganda ham etakchilikni qo'lga oladigan darajada o'ynashim kerak. Koreyaga o'xshab zaxirada qolishni yoqtirmayman. 

- "Navbahor" muxlislariga nima, degan bo'lardingiz?

- Stadionga kelib g'alabada ham, mag'lubiyatda ham qo'llab- quvvatlashsa bizga yanada osonroq kechadi. O'zimiz ko'zlagan maqsadimizga erishishimizga ularning ham yordami bo'lardi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика