Islom Kenjaboev: "Nasaf" bilan o'yin kuni stadionda joy qolmaydi"
13 fev 2022 08:55
Yangiliklar
Islom Kenjaboev: "Nasaf" bilan o'yin kuni stadionda joy qolmaydi"
"Navbahor"ning Antalyada olib borayotgan yig'ini davom etadi.
Samvel Babayan shogirdlari kecha ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. Qozog'istonning "Qayrat" klubi 1:0 hisobida taslim etilgan o'yindan so'ng "lochinlar" yarim himoyachisi Islom Kenjaboev saytimiz muxbiri Abdulaziz Iskandarovga o'z fikrlarini bildirdi.
"Qayrat" jamoasida yangiliklar ko'p ekanligi malum. Tarkibni butunlay almashtirishgan. Ko'proq yoshlarga etibor qaratishmoqda. Ikkinchi bo'limga chiqishimdan oldin murabbiyimiz ko'proq qanotlardan kirib, vaziyatlar yaratishimni takidladi. SHunda jamoaga osonroq bo'ladi.
"Nasaf" bilan o'yinlar doim jangovar va qiziqarli kechgan. Bu o'yin kuni stadionda joy qolmaydi. "Alay", "Turon" bilan o'rtoqlik o'yinlarida buning isbotini ko'rdik",- deydi Islom Kenjaboev.
Fikrlar