So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  1 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  0 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   16 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  11 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  4

Islom Ismoilov: "Mashg'ulot o'tkazmasdan maydonga chiqdik, har bir o'yinga maqsadimiz bor" Yangiliklar

Islom Ismoilov: "Mashg'ulot o'tkazmasdan maydonga chiqdik, har bir o'yinga maqsadimiz bor"

Biroz oldin O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Minskda start olgan "Rivojlanish kubogi"da ilk uchrashuvini o'tkazdi.

Braziliyaning "Blockchain Sports" (3:1) akademiyasiga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng terma jamoamiz ustozi Islom Ismoilov fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"To'g'risini aytganda juda qiyin o'yin o'tkazdik, chunki bir necha kun oldin Antaliyadagi turnirda ishtirok etdik. U erdagi musobaqadan so'ng darhol Minskka uchib keldik. Hattoki, bugun mashg'ulot o'tkazmasdan maydonga tushdik. Qiyin parvozlarga qaramay xarakter ko'rsata oldik deya olaman.

Individual futbolchilarga qarshi o'ynash doim qiyin bo'lgan. Biz bu haqida futbolchilarga tushuntirdik. Raqibni yolg'iz qoldirmaslikni aytdik. Futbolchilar berilgan ko'rsatmalarni bajarishdi. To'g'ri, ayrim vaziyatlardan foydalana olganimiz yo'q, braklar uchradi. Bu aytganimdek birinchi o'yinimiz edi. Boz ustiga iqlim o'zgardi. Umuman olganda harakat qildik. 

Har bir o'yinga maqsadimiz bor. Bizning maqsadimiz Osiyo kubogiga tayyorlanish. Hamma turnirni yutishni istaydi. Biz ham shunday. O'zimiz tuzgan dasturimiz bor. Shu asosida davom etamiz",- deydi Islom Ismoilov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика