So’nggi yangiliklar

00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  0 23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди.  0 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  0 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  11 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  0 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  1 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  11 20:40"Пахтакор" ўз уйига қайтган норасмий ўйинда "Олимпик"дан устун келди  4 20:09Азизбек Турғунбоев: "Эрондан алам оладиган вақт келди"  5 19:56Неъматов, Насруллаев, Норчаев ва Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  17 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  16 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   11 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  3 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  7

Islom Ismoilov: "Ikkinchi bo'lim uchun shogirdlarimga rahmat aytaman" Yangiliklar

Islom Ismoilov: "Ikkinchi bo'lim uchun shogirdlarimga rahmat aytaman"

Pro liga navbatdagi turidan o'rin olgan "SHo'rtan" va "Turon" (3:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Islom Ismoilov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.




"Bugun ikki jamoa ham hujumkor o'yin ko'rsatdi. Buni darvozalarga kiritilgan to'plardan ham bilsa bo'ladi. O'zimni jamoam haqida gapiradigan bo'lsam, hujum va himoya o'rtasidagi balansni ushlay olmadik. SHuni hisobiga yaratilgan ko'plab vaziyatlarni qo'ldan boy berdik. Himoyada eng ishongan va tajribali futbolchilarimiz yosh bolalarcha xatolarga yo'l qo'ydi. 

Tezkor gol kutmagandik. Albatta, bu bollarni ruhiyatiga tasir qildi. Futbolda maylonga tushganingizdan so'ng oldindan nima bo'lishini bilmaysiz. Ikkinchi bo'lim uchun yigitlarga alohida rahmat aytaman. CHunki, ular biz o'ylagan rejalarni va g'oyalarni maydonda ko'rsatib bera olishdi. Ikkinchi bo'lim to'liq ustunligimiz ostida o'tdi. Futbolda imkoniyatlardan foydalangan jamoa g'alaba qozonadi. 

Jamoamizga alohida fitnes murabbiyi, dietolog va boshqa mutaxassislarni jalb qilganmiz. SHu kungacha etibordan chetda qolgan narsalarni tubdan o'zgartirmoqdamiz. Futbolchilar bularni to'g'ri qabul qilishmoqda. To'g'ri, natija o'xshamayotgandir. Mana bugun ham bollar ikkinchi bo'limda yaxshi o'yin namoyish qilishdi. 

Kubok bahsidan keyin bizda o'zgacha ishtiyoq bor edi. Ularni G'uzorda yutishni istagandik. Umuman olganda "SHo'rtan" yaxshi shakllangan jamoa hisoblanadi. Jamoada tajribali murabbiy ishlamoqda. Asror aka Aliqulov o'tgan yili "Mashal"ni Superligaga olib chiqdi. Mendan ko'ra ancha tajribali. 

Murod Ismoilov hayotda otam bo'ladilar. Klubda esa yordamchi, tahlilchi murabbiylar. Ularni mutaxassis sifatida jamoaga jalb qilganmiz. Buni futbolchilar to'g'ri tushunishlarini istardim. O'yinlarni tahlil qilishga yordam beradilar va xatolarimizni aytib mashg'ulotlarda yordam beradilar. 

"Turon" jamoasini oldiga Superligaga chiqish vazifasi qo'yilgan. Buning uchur rahbariyat tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilmoqda",- deydi Islom Ismoilov.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика