So’nggi yangiliklar

08:53«Арсенал» январда учта футболчисини сотиб юбормоқчи  0 08:21Про лига. Бугун Бухорога катта футбол қайтади  1 07:45Суперлига. Чемпионлар Фарғонага сафар қилади. «Қизилқум» эса яна бир водий жамоасини меҳмон қилади  1 01:55Роберт Левандовски: "2020 йил "Олтин тўп" топширилмаганини ҳеч тушунмайман"  4 01:24"FourFourTwo" ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди  8 01:08Расман: Пеп Гвардиола "Манчестер Сити" билан шартномасини узайтирди  0 00:41Эрлинг Холанд: "Гвардиола энг яхши мураббий, балки тарихдаги энг зўридир"  1 00:14"Челси"нинг "биллур" футболчиси яна сафдан чиқди  2 23:43Нодир Абдураззоқов: "Энди мавсумни чиройли якунлашимиз ва оғзимиздаги ошни олдириб қўймаслигимиз керак"  5 23:19Хави "Интер Майами" бош мураббийи бўладими? Инсайдерлар маълумот беришди  0 22:49АПЛ клублари сўнгги 10 йилликда трансферлар учун қанча ишлатишди?  1 22:22"Ювентус"га "Челси" футболчиси керак  0 21:57Нико Уильямс болалигидаги кумирлари ким бўлганини айтди  12 21:34Максим Шацких: "Черан, Собирхўжаев борасидаги саволлар менга берилмасин. Бу мавзу ёпилган"  25 20:57Миржалол Қосимов: "Натижадан ҳам ўйиндан ҳам қониқдим"  3

Islom Ismoilov futbolga kirib kelishi, murabbiylikdagi maqsadlari, Babayan va Diyor Imomxo'jaev haqida Yangiliklar

Islom Ismoilov futbolga kirib kelishi, murabbiylikdagi maqsadlari, Babayan va Diyor Imomxo'jaev haqida

Barchangizga malum, o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yayotgan Yaypanning "Turon" klubi PRO-Liga o'tgan mavsumining ikkinchi yarmidan jamoaga yosh iqtidorli murabbiy Islom Ismoilovni taklif etdi.

Mazkur qaror o'zini oqlagan xolda "Turon" V PRO-Liga SHarq mintaqasida chempionlikka erishdi hamda A PRO-Ligaga o'tish bahsida g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Xo'sh, yosh murabbiy Islom Ismoilov murabbiylik faoliyatiga qadar qanday yo'llarni bosib o'tgan? Uning kelajakdagi maqsadlari qanday? O'zbek futboliga qaysi yangi uslublarni olib kirmoqchi? Biz shu kabi savollar asosida yosh murabbiy Islom Ismoilov bilan intervyu tashkil etdik.

 - Islombek, ayni damda jamoangiz bilan mavsumga qizg'in tayyorgarlik olib borayotgan bo'lsangizda, vaqt ajratib taklifimizni qabul qilganligingiz uchun rahmat. Aytingchi, PRO-Liga yangi mavsumiga tayyorgarlik qanday kechmoqda?

 - Xabaringiz bor, PRO-Liga yangi mavsumiga 2019-yil dekabr oyidanoq tayyorgarlikni boshlaganmiz. Xususan o'tgan davr mobaynida bir qator o'quv-mashg'ulot yig'inlari tashkil etdik. SHuningdek, tayyorgarlik doirasida "Farg'ona viloyati hokimi kubogi" musobaqasida ishtirok etib, finalgacha bordik. Keyinchalik koronavirus pandemiyasi tufayli yurtimizda barcha sport musobaqalari, xususan futbol o'yinlari ham to'xtatildi. Bu albatta tayyorgarlik jarayoniga tasir ko'rsatmasdan qolmaydi, o'ylagan rejalarimiz amalga oshmay qoldi. Endilikda jamoamiz futbolchilarning jismoniy xolatini qaytadan tiklashga to'g'ri kelmoqda. Hozirgi kunda mashg'ulotlarga ruxsat berildi. Mavjud imkoniyatdan foydalanib jamoamizni PRO-Liga yangi mavsumiga munosib tayyorlashga harakat qilmoqdamiz. Hozirda tarkibimizga yangi futbolchilar kelib qo'shilgani yo'q, transfer oynasi ochilishi bilan rejamizdagi futbolchilarni jamoamizga taklif etamiz. SHu oyning 23-sanasidan O'zbekiston kubogi bahslarida maydonga tushamiz, keyin esa bizni oldinda PRO-Liga yangi mavsumi kutib turibdi. Tayyorgarlik uchun "Turon" futbol klubi rahbariyati va xomiylari bizni barcha sharoitlar taminlab kelmoqdalar.



- Joriy mavsumda "Turon" jamoasi oldiga qanday vazifalar qo'yilgan?
- "Turon" jamoasi har doim o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yib kelgan. Biz ayni damda rivojlanish bosqichidamiz. Jamoa har bir jarayonni bosqichma-bosqich bosib o'tmoqda. Klub rahbariyati tomonidan jamoa oldiga ushbu mavsum yakunida Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritishni ustuvor vazifa sifatida qo'ygan. Buning uchun klubimizda barcha imkoniyat va sharoitlar etarli. Ayni damda bizni ham, jamoamiz futbolchilarining maqsadlari ham mavsum yakunida Superliga yo'llanmasiga ega chiqish hisoblanadi. Klubning kelajakdagi maqsadlari esa Superligada raqobatbardosh jamoani shakllantirish, kelgusida o'z akademiyasidan etishib chiqqan futbolchilar bilan tarkibni boyitish, yosh mahalliy futbolchilarni sportga jalb etish kabi vazifalardan iborat.


- Bilishimizcha, siz taniqli murabbiy Murod Ismoilovni farzandisiz. Futbolga kirib kelishingiz qanday bo'lgan? Bu sohaga sizni dadangiz jalb etganmi?
- Ko'pchilik qatori yoshligimda futbolga qiziqqanman, yaxshi ko'rganman, to'garaklarga qatnashganman. O'zim sportchilar oilasida tug'ilganim bois, menda futbolga bo'lgan mehr va ishtiyoq yuqori bo'lgan. Ayrim sabablarga ko'ra, futbolchilik faoliyatimni davom ettira olmadim. Lekin, futboldan yiroq bo'lmagani xolda o'z ustimda ishlab, o'rganib endilikda murabbiylik sohasida ishlab kelmoqdaman.
Murabbiylik sohasida erishgan yutuqlarimda dadamning o'rni beqiyos deb o'ylayman. Sababi har doim dadamdan maslahat olib kelganman. Ochig'ini aytganda u kishi murabbiylik faoliyatimda ham ota, ham ustoz bo'lib xizmat qilmoqdalar. Yuzaga kelgan muammo yoki biron bir vaziyatning echimi borasida har doim dadam to'g'ri yo'l ko'rsatib kelganlar.


- Sizni Toshkentning  "Paxtakor" klubida faoliyat olib borganligingiz haqida eshitgandik...

- Albatta, ilk murabbiylik faoliyatimni "Paxtakor" futbol akademiyada boshlaganman. U erda Stanislav Kudryashovga 2001-yilda tug'ilgan bolalarni tayyorlashda yaqindan yordam berganman. "Paxtakor" futbol akademiyasidagi 2-3 yillik faoliyatim davomida ko'p narsalarni o'rgandim, o'z ko'nikma va malakalarimni oshirdim. Sababi, barchamizga malum ushbu akademiyada o'zbek futbolidagi eng nomdor maskanlardan hisoblanadi.
U erda faoliyat olib boradigan mutaxassislar o'z ishiga professional tarzda yondashadilar. Stanislav Kudryashov bilan birgalikdagi faoliyatim davomida u kishidan juda ko'p narsalarni o'rgandim, tajriba to'pladim. Murabbiylikdagi ilk faoliyatimni aynan u kishini yonida boshlaganligim doimo yodimda qoladi. "Paxtakor" futbol akademiyasida to'plagan tajribalarim bugungi kunda erishayotgan yutuqlarimning tamal toshi sifatida xizmat qiladi deb aytsam mubolag'a bo'lmasa kerak. Bu akademiyada ish jarayoni juda qizg'in kechadi, kun davomida hamma futbol haqida o'ylaydi, vaziyatlar tahlil qilinadi, mutaxassislar o'rtasida bahs-munozaralar bo'ladi. Umuman olib aytganda bu maskanda hamma futbol bilan yashaydi. SHunga yarasha natijalari ham bor, mana ko'rib turganingizdek, "Paxtakor" futbol akademiyasidan qanchadan-qancha iqtidorli futbolchilar etishib chiqmoqda. Bu albatta o'zbek futbolining yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.



- "Paxtakor"dagi faoliyatingizda Samvel Babayan bilan yaqindan muloqotda bo'lgansiz, uning faoliyati haqida qanday fikrdasiz?
- Samvel Babayanni yaqindan bilgan inson sifatida shuni aytishim mumkinki, u juda tirishqoq inson. Ushbu mutaxassisni futbolga mehrini bergan va o'z ustida tinimsiz ishlaydigan inson sifatida bilaman.
To'g'ri, Babayan milliy terma jamoamizni JCHga olib chiqa olmadi. SHaxsiy fikrimcha, bunga bir ozgina omad etishmaganligi to'sqinlik qildi.
Bilasizmi, murabbiyning faoliyati faqat bitta jarayon bilan bog'lanmaydi. Masalan tarixda murabbiylar qaysidir jamoada muvaffaqiyatga erisha olmagan bo'lsa, boshqa jamoa bilan o'z g'oyalarini to'laqonli amalga oshirib, natijaga erishganlik xolatlari ko'p kuzatilgan. Eng asosiysi o'sha murabbiylarda g'oya bo'lgan. Bunaqa vaziyatlar futbolda uchrab turadi. Murabbiyning uslubi jamoaga qay darajada to'g'ri kelishi ham futboldagi eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Mana masalan Samvel Babayanning "Paxtakor"dagi faoliyati samarali chiqqan, ushbu klubning erishgan yutuqlarida uning ham qaysidir hissasi bor albatta. Sababi u nafaqat asosiy jamoa bilan, balki o'rinbosarlar, klub akademiyasi bilan ham samarali faoliyat olib borgan. Samvel Babayan o'z ishining ustasi bo'lgan haqiqiy menejer hisoblanadi. Endilikda u mana xorij klubida faoliyat olib bormoqda. Xitoyliklar ham axmoq emasdir, ishonmaydigan insonini jamoasiga taklif etmas? Hozirgi kunda dunyoning eng kuchli murabbiylari Xitoyga borib ishlashga tayyor turganda, nega ular aynan Samvel Babayanni tanlashdi? Albatta, ular bu murabbiyning ish uslubini bir necha yillar davomida kuzatishgan va ularda etarlicha xulosalar bo'lgan. Lozim topishganki, jamoasiga taklif etishgan. Xato hammada ham bo'ladi, Babayanda ham xato bo'lmagan deb ayta olmayman. Hammaning ham qarashlari bir xil bo'lmaydi. Masalan menga Ronalduning o'yinlari maqul kelsa, sizga Messi yoqishi mumkin. SHundan kelib chiqqan xolda xulosa qilish mumkinki, hamma insonlarning ham qarashlari bir xil bo'lmaydi. To'g'ri, Babayanning milliy terma jamoamizdagi faoliyati ko'p tanqidga olindi. Eng ko'p etiroz "Paxtakor"dan terma jamoaga boshqalardan ko'ra ko'proq futbolchi jalb etilganligi xususida bo'ldi. Tarixga nazar tashlasangiz, boshqa murabbiylarda ham o'z jamoasidan ko'proq futbolchilarni jalb etganligini ko'rasiz. Buning sababi murabbiy o'sha futbolchilarning imkoniyatlarini boshqalardan ko'ra yaxshiroq biladi, yaqinroqdan taniydi. O'yinlarga borib boshqa futbolchilarni kuzatishi mumkindir, lekin o'zi faoliyat olib borayotgan jamoa futbolchilari kabi yaqindan bilishi juda qiyin.
O'ylaymanki, Samvel Babayan Xitoydagi faoliyatida muvaffaqiyatlarga erishadi, unga bu borada omad tilayman.

- Islom Ismoilov bugunga qadar yana qaysi jamoalarda faoliyat olib borgan?
Bugunga qadar yuqorida aytganimdek dastlab "Paxtakor" futbol akademiyasida faoliyat olib borganman. Keyinroq menga Marg'ilonning "Atlaschi" jamoasidan taklif tushgan, lekin moliyaviy sabablar tufayli jamoa o'sha paytdagi Birinchi liga musobaqalarida ishtirok eta olmagan. SHundan so'ng Yozyovon tumanining "Yozyovon-Lochinlari" jamoasida ikki yil davomida faoliyat bordim. Bu jamoadagi faoliyatimni professional futboldagi ilk murabbiylik ishim sifatida yodimda qolgan. "Yozyovon-Lochinlari"da ham ko'plab tajriba to'pladim, jamoa bilan bir qator natijalarga erishganmiz. Keyinchalik "Istiqlol" jamoasida ham qisqa muddat ishladim. Undan keyin Marg'ilon shahrida hamkasblarim bilan "Farovon" futbol akademiyasini tashkil etdik. Hozirgi kunda bu akademiyadan juda ko'plab iqtidorli futbolchilar etishib chiqayotganligidan barchaning xabari bor albatta.



- Bugunga qadar sizda xorij klublarida malaka oshirish imkoniyati bo'lganmi?
- Hozirga qadar xorij klublarida malaka oshirganim yo'q. Lekin yurtimizda xorijiy mutaxassislar ishtirokida tashkil etiladigan seminarlarda muntazam qatnashib kelaman. Kelajakda niyatlarim bor, xorij tajribasini o'rganib, milliy mentalitetimizga moslagan xolda o'zbek futboliga yangicha uslublarni olib kirishni maqsad qilganman.


 - O'tgan yili "Turon" jamoasini V PRO-Ligada mavsumning yarmida qabul qilib oldingiz. Yakunda shogirdlaringiz SHarq mintaqasida chempionlikka erishdi. Bu jarayon qanday kechdi?
-"Turon" jamoasini o'tgan mavsumda qabul qilib olgan bo'lsam, dastlab bir qator qiyinchiliklarga duch keldik. Aytib o'tganimdek, klubda moliyaviy jihatdan muammolar yo'q. Bizda yuzaga kelgan qiyinchilik jamoaning o'yinini shakllantirish, o'yin uslubini tanlash kabi xolatlarda yuzaga keldi. Qisqa fursat ichida natija ko'rsatish uchun katta mehnat va iroda talab etiladi. Yangi shakllanayotgan klubga nisbatan futbolchilarda dastlab ishonch bo'lmaydi, shu xolat tufayli ham boshida mahoratli ijrochilarni jamoaga jalb etish borasida qiynaldik. Lekin endilikda jamoamiz ko'pchilikning nazariga tushdi,ayni damga kelib tarkibimizda ham bir qator iqtidorli futbolchilar jam bo'lgan.
Ushbu mavsumda o'tgan yilgi tarkibimizning 50-60 foizi saqlab qolindi. Jamoamizning erishgan yutuqlarida klubimizda faoliyat olib borayotgan barcha insonlarning o'rni bor. Futbol bu faqatgina jamoaning maydondagi mashg'ulotiga bog'liq emas, uning atrofida juda ko'p omillar yotadi, juda ko'p insonlarning mehnati evaziga shakllanadi. Qachonki, klubning qorovulidan tortib rahbarigacha bir yoqadan bosh chiqarsa, birgalikda sidqidildan mehnat qilsa, ana o'shanda natija bo'ladi. SHu o'rinda klubimizning barcha azolariga minnatdorchilik bildirib o'taman. Biz bir oila sifatida shakllanib kelmoqdamiz.



 -Islom Ismoilov o'zbek futboliga qanday yangicha yondashuv va uslublarni olib kirmoqchi?

- Har bir murabbiyning o'z uslubi va tanlagan yo'li bo'ladi. SHunga mos ravishda mening ham o'z uslubim bor. Hozirgi kunda biz jamoaning bitta, aniq yakdil o'yin uslubini shakllantirish borasida ish olib bormoqdamiz. Masalan "Barselona" yoki "Real Madrid"ga turli futbolchilar kelib ketishi mumkin, lekin ularning o'yin uslubi o'zgarishsiz qolaveradi. Biz ham ayni shu masalada bosh qotirayapmiz. "Turon" jamoasining aniq o'yin uslubiga ega bo'lsak, kelgusida tarkibga jalb etiladigan futbolchilar ham shu uslubga mos ravishda tanlanadi.

O'zbek futbolida ko'plab kuchli mutaxassislar faoliyat olib borishmoqda. Erishilayotgan yutuqlar ham futbolimizning rivojlanib borayotganligidan dalolat beradi. Inson qilgan ishni yana bir inson uddalay oladi, faqat buning uchun ozgina qunt, iroda va mehnat talab etiladi.

Mana hozirgi kunda jamoamiz mashg'ulotlariga, o'yin uslubiga Evropa klublaridan andozalalarni olib kirishga harakat qilmoqdamiz. Klubimiz rahbarlari bizni barcha zaruriy anjomlar bilan taminlab kelishmoqda, sharoitlar yaratib berishmoqda. Bilasizmi, klubimiz rahbarlarining futbolga qiziqishlari juda yuqori. Har bir mashg'ulotlarimizda ularning birgalikda ishtirok etishlari bizga, jamoamizga qo'shimcha ishtiyoq beradi deb o'ylayman.



- Joriy mavsumdan "Qo'qon-1912" jamosi safiga qo'shilgan Muzaffar Muzaffarov sizning ukangiz hisoblanadi. Muzaffarning futbolchilik faoliyati haqida nimalarni ayta olasiz?
-O'ylaymanki, ukam Muzaffarning faoliyati yomon kechmayapti. Aslida o'zim bilganimdan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, uning bundan ham ko'prog'iga imkoniyati etardi. Aslida hozir ham yuqori darajada futbol o'ynamoqda, agar o'z ustida ishlashni to'xtatmasa, yanada yuqoriroq natijalarni qayd etishi mumkin. Hozirgi vaqtda unga jarohatlar bir oz pand bermoqda, o'ylaymanki hali hammasi yaxshi bo'ladi. Joriy mavsumdan "Qo'qon-1912" jamoasi safiga qo'shildi, nasib bo'lsa bu jamoa safida yuqori natijalarni qayd eta oladi.


- Futbol murabbiyi sifatida o'z oldingizga kelajakda qanday maqsadlarni qo'ygansiz?


Murabbiyda har doim yuqori maqsad bo'lishi kerak, erishgan natija bilan to'xtab qolish kerak emas. Hozirgi kunda astoydil mehnat qilib "Turon" jamoasini Superligaga olib chiqish eng ustuvor maqsadlarimdan biri bo'lib turibdi.
Kelajakdagi eng oliy maqsadim O'zbekiston milliy terma jamoasini boshqarish, shuningdek terma jamoamiz bilan mundialda ishtirok etish hisoblanadi. Albatta bunga erishish oson bo'lmaydi, bu borada ulkan tajriba va mehnat zarur. Qachondir menga turli yoshdagi terma jamoalarimizda murabbiy sifatida faoliyat olib borish imkoniyati taqdim etilsa, to'g'risini aytganda tekinga ham ishlashga rozi bo'lardim. O'zbek futboli rivoji har qancha mehnat qilishga tayyorman.



- Xorij tajribasidan kelib chiqib aytingchi, o'zbek futboliga nima etishmaydi? Umuman nega o'z tariximizda biron marta ham JCHga chiqa olmaganmiz?
- Bizni futbolga ko'p narsa etishmaydi. Avvalo futbolda tizim etishmaydi. Quyidan boshlab etiborni shakllantirish kerak. Poydevorni mustahkam qilish kerak, bolalar futbolini rivojlantirish kerak. So'ngi yillarda mazkur masalada bir qator ijobiy islohotlar amalga oshirilmoqda, bu quvonarli albatta. Bundan tashqari futbol klublari infrastrukturasiga ham jiddiy etibor qaratish lozim deb hisoblayman.
Aytaylik, jahon chempionatiga chiqdik ham deylik? U erdagi raqobatga qay darajada turib bera olamiz? Maqsad shunday qo'yilishi kerakki, biz mundialda ham ko'zga ko'rinarli darajada natija qayd eta olishga, Vatanimiz bayrog'ini yanada yuksaklarga ko'tarishga harakat qilishimiz kerak.
Bu borada butun o'zbek futbolidagi klublar birdek harakat qilishi kerak. Germaniya, Franciya kabi davlatlarda futbol tizimi, mexanizmi aniq ishlamoqda. SHundan kelib chiqib ularda natija ham bo'ladi. Halol futbol o'ynasak, sidqidildan mehnat qilsak, o'ylaymanki bizning futbol ham shu davlatlarniki kabi yanada rivojlanadi.


- Diyor Imomxo'jaevning O'zPFL rahbari lavozimiga tayinlanishiga munosabatingiz...
- SHaxsiy fikrimcha, Diyor Imomxo'jaev bu lavozimga loyiq. SHu kunga qadar etibor qaratgan bo'lsangiz, PFL faoliyatiga oid so'ngi so'zni doim u aytar edi. Yillar davomida tajriba to'plab bordi, qaysidir manoda o'z-o'zini tayyorladi. Yosh, izlanuvchan shaxs, bugungi kun futboli ham Imomxo'jaev kabi o'z ustida tinimsiz ishlaydigan mutaxassisni talab etmoqda. Ayni damda Imomxo'jaev bu borada eng ideal variant, uning kelgusidagi faoliyatida omad tilayman.


Intervyu uchun yana bir rahmat. Kelgusidagi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Bekzod Tolibov suhbatlashdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика