So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  2 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  5 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  14 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  95 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  847 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Islom Ismoilov: "Futbolchilarimizga bizdan yaxshi jamoalardan takliflar bo'lsa ko'rib chiqamiz" Yangiliklar

Islom Ismoilov: "Futbolchilarimizga bizdan yaxshi jamoalardan takliflar bo'lsa ko'rib chiqamiz"

Pro liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Turon" - "Zomin"(3:2) uchrashuvidan so'ng mezbon jamoa bosh murabbiyi Islom Ismoilov fikrlarini bildirib o'tdi.





"O'yinga to'xtaladigan bo'lsam, bilamiz "Zomin" jamoasi Pro liga ishtirokchilari orasida eng sifatli o'yin ko'rsatayotgan jamoa hisoblanadi. Jamoada murabbiyning imzosi bor, o'yin uslubi yo'lga qo'yilgan. Bunga bir qator o'yinlarni ko'rganimizda ham amin bo'lgandik. Bugungi o'yinni uchta qisimga bo'ladigan bo'lsak, dastlabki daqiqalarda jamoamiz tezkor o'ynadi va pressing uyushtirdi. SHuning hisobiga hisobda oldinga chiqib oldik. Ikkinchi qismda biroz hotirjamlikka berildik. Natijada ketma-ket ikkita golni o'tkazib yubordik. Uchinchi qismida jamoamiz o'ziga keldi va ko'plab hujumlar tashkil qildi. Eng quvonarli holat futbolchilar biz nima istayotganimizni ko'rsatib bera oldi. Ikki jamoa ham tez harakat qildi. Sifat ham yaxshi bo'ldi. Ko'plab hujumlarimizni yakunlashda yaxshi harakat qildik",- deydi Islom Ismoilov.

- SHohruh Holmatovning diskvalifikaciyasi bugungi o'yinga qay darajada tasir qildi?


- Balki, tasir ko'rsatgan bo'lishi mumkin. Lekin, SHohruh Holmatov so'nggi uchrashuvlarda tayanch yarim himoyachisi vazifasini bajarayotgan edi. Jamoadagi hamma futbolchilarning saviyasi bir xil. Ular bir-birini o'rnini to'ldira oladi. SHohruh jamoa sardori. Uning ham klubda o'z o'rni bor.

- Bugun iroda va xohish hisobiga muhim uch ochkoga ega chiqdi. G'alabada katta hissa qo'shgan Javohir Sohibov haqida OAVlarda turli xabarlar chiqdi. Uning kelajagiga oydinlik kiritib o'tsangiz...


- Javohir bilan tushunmovchilik sodir bo'ldi. Ukraina klubi murabbiyi ham uning sifatli futbolchi ekanligini takidlab o'tdi. Haqiqatdan ham shunday. Bugun maydondagi harakatlarini ko'rdinglar. O'yinni nazorat qilish, tashkil qilish, himoyaga yordam beri va boshqa vaziyatlarda faol qatnashdi. Albatta, orada hayotida muammolar bo'ldi. Bu hayot, barchamizda muammolar uchraydi. O'ylaymanki, bularning barchasi ortda qoldi. Bundan buyon Javohirni yaxshi kunlar kutmoqda deb o'ylayman.

- U jamoada qoladimi yoki mavsum yakunlangach boshqa jamoaga o'tadimi?


- Hozircha Javohirni biz bilan shartnomasi bor. Mavsum yakunlangach rahbarlar bilan maslahatlashib ko'rib chiqamiz. Oldingi intervyularda ham aytib o'tganman, "Turon" klubi futbolchilarni qadrlaydi. Futbolchi uchun nima yaxshi bo'lsa amalga oshirishga harakat qiladi. CHunki, bizdan yaxshi jamoalar taklif bilan chiqishsa ko'rib chiqamiz. Futbolchining o'sishi uchun yordam berishga harakat qilamiz.

- Keyingi turlarda ijobiy natija qayd etishga qay darajada ishonyapsizlar?


- Bugun qiynali g'alaba qozonmadik. Jamoa shijoat va iroda ko'rsatdi. Etibor bergan bo'lsangiz "Zomin" jamoasining birinchi bo'limdagi ikkita hujumi gol bilan yakunlandi. Bu - futbol. Mana, kecha "Real" ham bu yil La Ligaga chiqqan "Kadis"ga yutqazib qo'ydi. "Barselona" ham shunday. "Totenxem" 3:0 hisobida g'alaba qozona turib oxiri uchta gol o'tkazib yuborib g'alabani qo'ldan chiqardi. Futbol shu darajada o'zgarib ketganki, futbolchilar ko'p vaziyatlarda ulgura olmayapti. Jamoamizda o'yin sifatini oshirishga harakat qilyapmiz. Rahbariyat bu borada qo'lidan kelgancha yordam beryapti.  Maqsad futbolni rivojlantirish. "Zomin" bilan kechgan bugungi uchrashuvda hisob bundan ham yirik ko'rinish olishi mumkin edi. Hujumchi ham gol urish uchun maydonga tushadi. Oldimizda ikkita murakkab o'yin kutib turibdi. Superligaga chiqish uchun kurashayotgan jamoalarga qarshi maydonga chiqamiz. Bugungiga o'xshab chiroyli g'alaba qozonib muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика