So’nggi yangiliklar

21:25Ўзбекистон Кубоги. "Қўқон-1912" – "Бунёдкор", "Шўртан" – "Арал"  3 21:14Решфорд "Барса"да ўйнаш учун маошини қисқартиришга ҳам тайёр  0 21:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" - "Видад Касабланка" (онлайн ҳисоб)  17 20:21Фабио Каннаваро ЦСКА бош мураббийига айланиши мумкин  1 19:28Ичкарида ким ўтирибди? Ўқитувчилар? Чиқар ҳаммасини ташқарига!   2 19:22"Арсенал" Родриго билан боғланди. "Реал" вингер учун 90 миллион евро сўраяпти  1 18:4059 ёшли дунёнинг энг кекса профессионал футболчиси билан интервью: "Ўзимга чеклов қўймайман"  0 18:03Капелло: "Бу Италия терма жамоасида "дух" йўқ"  2 17:33Расман: Жоан Гарсия - "Барселона" футболчиси  11 17:04Афғонистон Россияга ўртоқлик учрашуви ўтказишни таклиф қилди  9 16:32Қасим-Жомарт Тоқаев Шавкат Мирзиёевни миллий жамоа жаҳон чемпионатига чиққани билан табриклади  5 16:15Эрон билан можаро туфайли легионерлар Исроил клубларини ортиқча шартларсиз тарк этиши мумкин  6 15:55Жоан Гарсия "Барселона"га ўтиш учун ўз шартномасини сотиб олди  2 15:18Клублар ўртасидаги ЖЧ учрашувига уч минг мухлис келди. Бу турнирдаги энг ёмон натижа  7 15:12ВАР ва АВАР ҳакамлари учун ФИФА семинари бўлиб ўтади  1

Islom Ismoilov: "Futbolchilar o'zlari uchun emas, jamoa uchun o'ynashni anglab etishlari lozim" Yangiliklar

Islom Ismoilov: "Futbolchilar o'zlari uchun emas, jamoa uchun o'ynashni anglab etishlari lozim"

Superliganing 1-turidan joy olgan "Turon" va "Qo'qon-1912" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Islom Ismoilov o'z fikrlarini bildirdi.





- O'yin haqida

- Avvalambor, noqulay ob-havoga qaramasdan, bizni stadiondan qo'llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat aytaman. O'ylaymanki, har ikki jamoa hujumkor o'yin ko'rsatdi. "Qo'qon-1912" jamoasi o'zi yaratgan imkoniyatlardan unumli foydalandi. Darvozabonimiz qo'pol xatoga yo'l qo'ydi, undan tashqari, himoyachilarimiz ham koncentraciyani yo'qotib qo'yishdi. Ikkala golni ham o'z xatolarimiz evaziga o'tkazib yubordik deb o'ylayman. Bir qancha vaziyatlardan unumli foydalana olmadik va mag'lubiyatga uchradik.

- Avvalo, Superligadagi tarixiy o'yin bilan tabriklayman! Jamoa yomon o'ynamadi, lekin o'zingiz aytganingizdek, darvoza chizig'ida muammo bordek. Bunga nima deysiz?

- Jamoamizda 4 nafar darvozabon bor. Ulardan ikki nafari yosh posbonlar bo'lsa, yana biri – Islom Abdullaev. Unda ozgina ruhiy tomonlama muammo bo'lgani bois Akmal Ortiqovga ishonch bildirgandik. Lekin bu erda aybni faqat darvozabonga ag'darish to'g'ri emas, qolgan futbolchilar ham biz qo'ygan talablarni bajarishmadi. Ko'p yillar davomida yaxshi saviyada o'ynagan futbolchilarimiz bugun juda ko'p xatolarga yo'l qo'yishdi.

- Jamoaning falsafasi qanday? Raqibga qarab moslashishmi yoki o'z o'yinini ko'rsatishmi?

- Bizda o'z o'yin uslubimiz bor, lekin tarkib tubdan yangilandi. Jamoaga tajribali hamda mahoratli o'yinchilar jam bo'lgani bilan ularni bir jamoaga aylantirishga vaqt kerak. Futbolchilar o'zlari uchun emas, jamoa uchun o'ynashni anglab etishlari lozim.

Ko'p futbolchilarimiz mavsumoldi tayyorgarlik jarayonini jarohat bilan o'tkazishdi. Masalan, Fozil Musaev uzoq vaqt davomida davolandi. Undan tashqari, 1-1,5 hafta oldin jamoaga qo'shilgan yangi hujumchimizda ham jarohat bor edi, biroq ilojsizlik tufayli uni maydonga tushirishga qaror qildik.

- O'tgan mavsum oxirida "bu yilgi tarkib qanchalik o'zgaradi? deganimizda, "birinchi davrada shu tarkib o'ynaydi, faqat ikkinchi davrada yangi o'yinchilarni olamiz", deb javob qaytargandingiz. Bugun jamoa safida 8 ta yangi o'yinchi maydonga tushdi.

- O'tgan yilgi jamoa o'zagi saqlab qolingan. Oldingi tarkibda o'ynagan 12 nafar futbolchi shu erda. Proliga va Superliga farqini o'zingiz bilasiz, bundan tashqari, rahbariyat oldimizga ulkan vazifalarni qo'ygan.

- "Turon"ga taniqli futbolchilar jalb etildi, yoshlar bilan bog'liq vaziyat qanday?

- Yoshlarga asosiy jamoaga qanchalik etibor qaratilsa, shunchalik qaraladi. Jamoaning kelajakdagi niyati ham shu. Biz ham vaqti kelib, bir qator yosh futbolchilarga Superligada o'yin amaliyotini taqdim etamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика