So’nggi yangiliklar

20:06Суперлига. "Нефтчи" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  21 20:00Суперлига. "Сўғдиёна" — "Насаф" 0:1 (матнли трансляция)  8 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  0 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  1 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  2 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  4 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4

“Islom birdamlik o'yinlari”. Futbol musobaqalari start oldi Yangiliklar

“Islom birdamlik o'yinlari”. Futbol musobaqalari start oldi

12-22 may kunlari Boku shahrida IV “Islom birdamlik o'yinlari” bo'lib o'tadi.

Musobaqada 57ta davlatdan uch mingdan ziyod sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

O'zbekiston delegaciyasi “Islom birdamlik o'yinlari”da birinchi marta ishtirok etadi.

Musobaqa 20 ta sport turi bo'yicha o'tkaziladi. SHuningdek, o'yinlar dasturiga para-atletika hamda para-dzyudo turlari ham kiritilgan. IV “Islom birdamlik o'yinlari”da O'zbekiston sharafini 103 nafar hamyurtlarimiz sportning 15ta turida himoya qilishadi.

Kecha musobaqada futbol bahslariga start berildi. Futbol sport turida 8 mamlakat terma jamoalari ikki guruhga bo'lingan holda ishtirok etishmoqda. O'zbekiston futbol musobaqalarida ishtirok etmaydi.

"A" guruhida mezbon Ozarbayjon terma jamoasi Kamerun bilan nursiz durang qayd etdi. Marokash esa Saudiya Arabistoni ustidan g'alabaga erishdi - 1:0.

"B" kvartetida Jazoir Turkiyadan ustun keldi - 2:1. Falastin hamda Ummon o'rtasidagi bahsda esa g'olib aniqlanmadi - 2:2.

2-tur o'yinlari 11 mayda, 3-tur esa 15 may kuni bo'lib o'tadi. Guruhlarda dastlabki ikki o'rinni olgan jamoalar yarim finalga chiqishadi.

"A" guruhi
Saudiya Arabistoni - Marokash 0:1
Ozarbayjon - Kamerun 0:0

"B" guruhi
Jazoir - Turkiya 2:1
Falastin - Ummon 2:2




Islom hamjixatlik o'yinlarini "Olamsport.com" va "Championat.asia" saytlari bevosita Boku shahridan turib yoritib boradilar!

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика