Islom Ahmedov: Xatolarni vaqtida bartaraf etmoq lozim
15 okt 2013 15:59
Yangiliklar
Islom Ahmedov: Xatolarni vaqtida bartaraf etmoq lozim
Xabaringiz bor, bugun milliy terma jamoamiz Paxtakor markaziy stadionida OCH-2015 saralashidagi navbatdagi o'yinini Vetnam terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Uchrashuvdan oldin bir qator mutaxassislarning fikrlari bilan qiziqdik. Navbatdagi suhbatdoshimiz, OFK instruktori, taniqli murabbiy Islom Ahmedovdir.
- championat.asia saytiga befarq emasman. Har kuni ushbu sayt orqali yangiliklardan xabardor bo'lib boraman. Fursatdan foydalanib, sizlarni ham Iyd Qurbon Xayit bayrami bilan tabriklayman, - deya dastlabki fikrlarini bayon etdi Ahmedov.
- Ha, bugun milliy jamoamizning muhim o'yini bor. Bugun meni Sport TVga ham taklif etishdi. SHuning bois uchrashuvdan oldingi ko'rsatuvda u erda bo'laman. U erda bir qator dolzarb mavzular yuzasidan fikrlarni olg'a surishni o'ylab turibman. Nasib qilsa, TVda ko'rasizlar.
- Nima deyish mumkin, bugun albatta milliy terma jamoamizdan faqat g'alaba kutamiz. Guruhimizdagi vaziyat qoniqarli darajada emas. SHuning uchun faqat yutish kerak. Yigitlarga omad tilayman.
- Bilasizmi, meni bugungi kunda bir narsa xavotirga solmoqda. Yani Iordaniyaga o'z uyimizda imkoniyatni boy berganimizdan keyin oradan bir oy o'tdi. Afsuski men hech qaerda biror-bir mutaxassisning yo'l qo'yilgan xatolar ustidagi tahlilini eshitmadim ham ko'rmadim ham. Bir oy muddat bu juda ko'p. Bu vaqt davomida qaerda xatoga yo'l qo'ydik va uni qanday bartaraf etish lozimligi xususida o'ylab ko'rish uchun etarli fursat edi. Bu haqda hech kim hech nima demadi. Yo'l qo'yilgan xatolardan ko'z yummasdan, uni vaqtida bartaraf etmoq lozim.
- SHuningdek milliy terma jamoamizning jiddiy bir o'rtoqlik o'yinida ishtirok etmagani ham meni ajablantirdi. To'g'ri, Vetnam u qadar jiddiy raqib bo'lmasligi mumkin. Lekin biz ular uchun emas o'zimizni o'ylab ish tutishimiz kerak. Demoqchimanki, keyinchalikni ham o'ylash joiz. Mayli bunga jiddiy etiroz qilmaylik. Lekin Iordaniya bilan o'yin ruhan, asabiy yakun topdi, biz uchun. Uzoq yillardan buyon kutgan orzuimiz amalga oshmadi. SHunday bo'lganidan keyin jamoani yig'ish kerak edi. Etibor bering milliy terma jamoamiz jiddiy bir o'rtoqlik o'yinida ishtirok etmadi. Bu kabi sinov-nazorat bahslarini tez-tez o'tkazib turish lozim. Vetnam oddiy raqib deymiz, ular biz bilan o'yinga puxta tayyorgarlik ko'rish uchun, ikkita nazorat-sinov uchrashuvini tashkil etdi. Xattoki bu jamoa Qatar milliy terma jamoasi bilan ham o'zaro o'yin o'tkazishni uddasidan chiqdi.
- Men har doim, internet saytlarida muxlislar fikrlari bilan ham qiziqib, ularni o'qiyman. Iordaniya bilan o'yindan so'ng ko'plab muxlislar saytlarda o'z fikrlarini qoldirdi. Ammo mutaxassislar va milliy terma jamoadagi ishlarga masul bo'lganlar bu borada chetda qoldi. SHu xususda bugun TVda gapirishni o'ylab turibman. Nega degandi bu bu borada nafaqat muxlislar balki mutaxassislar gapirishi kerak. Hozir bunga etibor qaratmasdan, tinchiga ko'z yumsak, bu O'zbek futboli uchun kelajakda katta ziyon keltiradi. O'zimiz uchun to'g'ri yo'lni tanlab olishimiz kerak.
- Etibor bergan bo'lsangiz, OCHLda ishtirok etayotgan jamoalarimizning bu musobaqadagi ishtiroki yildan-yilga pasayib bormoqda. Biz hozir avlodlar almashinuvini qilib, yoshlarni milliy terma jamoa tarkibiga jalb etishimiz kerak deb bong uryapmiz. O'sha yoshlarimiz terma jamoadan qaytib kelib, qayoqqa boradi?! O'zimizni milliy chempionatga?! To'g'rimi? O'zimizning ichki chempionatimiz saviyasi qanday hozir?! SHu bois u yoshlardan oliy ligamizdan terma jamoaga kelganida nima kutishimiz mumkin? SHu kabi savollarga mutaxassislar javob berishi kerak! Nega deganda, futbolimiz rahbari biz uchun bugungi kunga kelib, barcha sharoitlarni qilib berdi. Bunday imkoniyat oldin hech qachon bo'lmagan. Demak, savollarga o'sha mutaxassislardan javob olish kerak. Mirabror Zufarovich barcha terma jamoalar uchun keng imkoniyatlar va kulay sharoitlarni yaratib berdi. Natijani esa ish yurituvchi mutaxassislarimizdan so'rashimiz kerak! SHunisi menga yoqmadi. Agar hozir kamchilikdan ko'z yumib ketadigan bo'lsak, keyin yana bu narsa bir kun qaytib kelishi mumkin. O'FF prezidenti kelajakni o'ylab, to'g'ri yo'nalishni tanlagan xolda, zamonaviy fikrlamoqda. Lekin kechirasiz, ijrochilar haqida bunday deya olmaymiz. Ishlab o'zingni ko'rsat, yoki bo'shat joyni! SHunaqa bo'lishi kerak! Mayli hech nima yo'q bo'lsin. Lekin bugungi kunda ishlash uchun hamma narsa bor. Futbol bu biznes va siyosatdir. Biznesda ishni amallay olmadingmi, joyni bo'shat, boshqasi kelsin qabilida ish yuritiladi.
Bizda hozir yutqazdingmi, bo'ldi o'sha omadsiz o'yin tezda unutilib, etiborni keyingi o'yinga qaratiladi. Bugun qaysidir saytda o'qib qoldim. Unda bitta muxlis, bugun Vetnam bilan o'yin, mayli o'tgan ishlarni unutib, kelajakdagi uchrashuvlarni o'ylaylik degan mazmunda fikr qoldirgan. Ie, bu qanaqasi?! Bu qachongacha davom etadi?! Mana oradan bir oy o'tdi, o'tgan o'yin haqida hech kim biror nima demadi. Yo'q, yo'l qo'yilgan xatolarni o'zimiz uchun vaqtida kerakli xulosa chiqarib olishimiz kerak.
- Bir narsani to'g'ri tushuning, xukumatimiz rahbari futbol uchun juda katta pul sarfladi. O'smirlar va yoshlar terma jamoalarimiz kichik jahon chempionatlariga bejizga chiqayotgani yo'q. Bunday xolatlar ilgari bo'lmagan. Yoshlar terma jamoalarimiz chet elga chiqib, kuchli raqiblar bilan o'ynab tajribalarini oshirib kelishmoqda. O'sha yoshlarimiz yoki o'simirlarimiz biroz ulg'ayib, milliy chempionatimizda o'ynaydigan darajaga etganidan keyin, nima bo'ladi? Bu haqda bir nima deyish qiyin. Hamma hozir uch ochko olishni birinchi o'ringa qo'ygan.
- Stadionlarimizni qarang, tribunalar huvillab yotibdi. Ilgari jamoalarimizda pul yo'q paytda, stadionlar muxlislar bilan to'lib toshardi. Statiskani qo'lga olib, oxirgi yildagi chempionat o'yinlaridagi tomoshabinlar tashrifini ko'ring... Juda achinasiz. Pul bor, o'yin yo'q, eng asosiysi ashaddiy ishqibozlar ham yo'q! Muxlsilarni aldab bo'lmaydi. Mayli jamoangiz yutqazsin. Futbolda hech bir jamoa hamma o'yinni yuta olmaydi. Lekin o'yin sifati va uning ko'rki zo'r chiqsa, tomoshabinlar bundan ranjimaydi. Hozir fanatlar stadionga bormay qo'ydi. Ko'rasiz, bugun milliy terma jamoamizning o'yiniga ham u qadar ko'p tomoshabin bormaydi.
- SHuning uchun har doim xatolardan ko'z yumib ketmasdan, o'zimiz uchun kerakli xulosalarni chiqarib olishimiz kerak. Agarda buni beetibor qoldiradigan bo'lsak, saviyamiz yanada tushib ketadi.
- Bu erda 1-2ta kishi haqida gap ketmayapti. Biz butun O'zbek futbolini o'ylashimiz kerak. Bu juda ham achinarli xolat. Saviyamiz pasayib ketmoqda.
Jahongir Mirzo yozib oldi.

Fikrlar