Islom Ahmedov Malayziya safari haqida nima deydi?
03 mar 2014 07:30
Yangiliklar

Islom Ahmedov Malayziya safari haqida nima deydi?
Yaqinda Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida instruktor yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Unda hamyurtlarimizdan Islom Ahmedov, SHavkat Imomov hamda Usmon Toshev ham ishtirok etib qaytdi. SHu bois yaqinda Ahmedov bilan bog'lanib safar taassurotlari bilan o'rtoqlashishini so'radik.
- Har yili FIFA tomonidan elitniy instruktorlar yig'ilishi bo'lib o'tadi. Bu yil ham rejadagidek Kuala-Lumpurda ana shunday yig'ilish tashkil etildi. Unda OFKning 21 nafar elitniy instruktorlari ishtirok etdi. Bizga FIFA va UEFAdan tashrif buyurgan etakchi mutaxassislar futbolda yuz berayotgan yangiliklar haqida amaliy va nazariy darslarni o'tdi. Asosiy yangiliklar bilan boxabar qildi va bilimlarmizni oshirish uchun olti kun davomida o'ziga xos yig'in tashkil etildi. Bilasizmi bu yig'ilish juda ham foydali va qiziqarli kechdi. SHu bois olti kun huddi bir kun singari juda tez o'tib ketdi. Germaniyalik instruktor keldi. Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha Daniyadan hamda darvozabonlar bo'yicha Germaniyadan kelgan instruktorlar dars o'tdi. Endilikda olgan bilimlarimizni o'zimiz uchun ajratilgan o'quv-seminarlaridan yosh murabbiylarga o'rgatamiz. Oldinda Toshkent viloyati va Qarshi shahrida S licenziyasi uchun o'qish kutib turibdi.
Bir necha yillardan buyon OFKda instruktorlik qilib kelayotgan Islom Ahmedov futbolimizdagi kam sonli keng mulohazali mutaxassislardan biri sanaladi. Mutaxassis bilan qilgan suhbatimiz uzoq davom etdi. Unda Ahmedov futbolimizdagi xato va kamchiliklar haqida kuyunib gapirdi. Islom akaning fikrlarini keyinroq batafsil berishni maqul topdik.

Fikrlar