Islandiya termasi sardori Qatar klubiga o'tdi
21 mar 2019 09:54
Yangiliklar


Islandiya termasi sardori Qatar klubiga o'tdi
Islandiya terma jamoasi sardori Aron Gunnarsson faoliyatini Qatarda davom ettiradi.
Bungacha "Kardiff" safida o'ynab kelgan futbolchi "Al Arabi" bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasman malum qildi. 29 yoshli futbolchi 2011 yildan beri "Kardiff"da to'p tepib kelayotgandi.
Ayni paytda "Al Arabi" Qatar chempionatida 6-o'rinni egallab turibdi. Klub bosh murabbiyi ham islandiyalik Xeymir Xollgrimson hisoblanadi. U o'tgan yilning dekabr oyidan beri jamoani boshqarmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar