Islambek Seytnazarov: "Navro'zbek Alimov kichik jarohat bilan o'ynamoqda"
12 mar 2022 20:37
Yangiliklar
Islambek Seytnazarov: "Navro'zbek Alimov kichik jarohat bilan o'ynamoqda"
Pro liganing 2-turidan o'rin olgan "Turon" – "Aral Samali" (3:0) o'yinidan keyin mehmonlar bosh direktori Islambek Seytnazarov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- O'yin haqida
- O'yin yaxshi kechdi. Birinchi taymda bolalarga qiyin bo'ldi. Ularga rahmat aytaman. "Turon"ni g'alaba bilan tabriklayman va keyingi o'yinlarida omad tilayman.
- Navro'zbek Alimovning zaxiraga olinishiga nima sabab bo'ldi?
- Alimovga jamoaviy yig'inimizning oxirgi 10 kunida qatnashdi, xolos. Hozircha Navro'zbek kichik jarohat bilan o'ynamoqda. SHu sabablar tufayli zaxiraga olishga qaror qildik.
- Hozirgi kunda PFL bayrog'i ostida o'tayotgan musobaqalarda "Aral Samali" va "Aral" qatnashmoqda. Bu jamoalarning farqi xususida aytib o'tsangiz...
- "Aral Samali" Pro ligada o'ynaydi. Nematullo Quttiboev boshchiligidagi "Aral" esa Birinchi ligada harakat qiladi.
Fikrlar