Iskoning nemis klubiga transferi barbod bo'ldi. Sababi malum
01 fev 2023 12:54
Yangiliklar
Ispaniyalik yarim himoyachi Isko "Union"ga o'tishga yaqin edi. Tajribali yarim himoyachi 2024 yil o'rtalariga qadar shartnoma imzolashi kerak edi, bu esa unga jamoadagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchi maqomini kafolatlardi.
Isko Berlinda paydo bo'ldi va hatto tibbiy ko'rikdan o'tdi. Biroq kelishuv oxir-oqibat barbod bo'ldi.
"Biz Iskoni jamoada ko'rishni istagandik, ammo imkoniyatlarimiz cheklangan. Avvalgi kelishuvlar bugun oshirib yuborildi, shuning uchun transfer amalga oshmadi", – dedi "Union" sport direktori Oliver Runert.
Ispaniyalik futbolchi hozirda erkin agent hisoblanadi. 30 yoshli yarim himoyachining so'nggi klubi "Sevilya" bo'lib, u jamoani 2022 yilning dekabrida tark etgan edi.
Fikrlar