So’nggi yangiliklar

13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  3 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  4 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  1 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  2 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  7 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  44 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  21 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  11

Iskandar Hamroqulov va Orif Sultonov ECHL musobaqasida “Real Madrid” va “Barselona” haqida nima deydi? Yangiliklar

Iskandar Hamroqulov va Orif Sultonov ECHL musobaqasida “Real Madrid” va “Barselona” haqida nima deydi?

Bugun ECHL musobaqasi chorik final bahslariga start beriladi.

Ushbu bosqichda Ispaniyaning “Barselona” klubi Italiyaning “Yuventus” klubi mehmoni bo'lsa ertaga “Real Madrid” safarda “Bavariya” klubiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu qiziqarli o'yinlar oldidan biz so'z ustasi, aktyor “Ajabxanda” teleko'rsatuvining ijodkorlari Iskandar Hamroqulov va Orif Sultonov bilan ECHL musobaqasi va “Real Madrid” hamda “Barselona” jamoalari haqida qiziqarli suhbatni amalga oshirdik.

Jahongir Sotvoldiev: Iskandar aka sizlarni ko'pchilik “Ajabxanda” teledasturi, yani “Talat fanat” obrazi orqali yaxshi tanishadi. Avvalambor millionlar o'yini bo'lmish futbolga qiziqish qachondan paydo bo'lgani haqida so'z boshlasanglar.

Iskandar Hamroqulov: 1994 yilda maktabni tamomlaganman, o'shanda futbol bo'yicha  Jahon chempionati bo'lgan. SHu paytda men teatr va rassomchilik oliygohiga o'qishga topshirganimda yotoqxonada abiturientlar birga o'tirishib mundialni teleekran orqali tomosha qilishardi. Futbolga qiziqishim mana shundan paydo bo'lgan. Men avval Ronaldino uchun “Barselona” jamoasiga muxlislik qilardim. Ronaldinoni o'yinlarini miriqib tomosha qilardim. “Barselona”dan Ronaldio ketishi bilan Messi porlab chiqdi. SHunday bo'lsada “Real Madrid” klubi ham meni chetlab o'tmagan. O'sha paytlarda “Real”da Zinedin Zidan, David Bekxem, Roberto Karlos kabi o'z davrini mashhur yulduzlari to'p tepishardi. “Barselona”dan Ronaldino ketishi bilan Messi porlab chiqdi. 


Orif Sultonov: Bizni oilamizda Otam ham onam ham futbolga qiziqishmagan. Tog'am futbolning ashaddiy muxlisi edi. 3 yoki 4-sinflarda o'qib yurgan kezlarim mahallamizda notekkis bo'lgan ochiq maydonda bolalar bilan futbol o'ynar edik. U paytlarda yoshi kattalar maydonda to'p tepishardi, agarda o'shalar charchab qolsa biz ularning o'rniga maydonga tushardik. Yoshimiz kichik bo'lgani uchun bizni darvozaga turgazib qo'yishardi. SHunga qaramay raqib jamoa darvozasini ishg'ol qilish uchun oldingi chiziqqa chiqib ketar edim. Yoshlikda mahallamiz terma jamoasiga qabul qilinganman. Maydonda bajaradigan ishim dispetcherlik vazifasi edi. standard vaziyatlarni men amalga oshirardim. Afsuski futbolchi bo'lish menga nasib qilmadi. Futbolga muxlislik qilishim, 1985 yillarda “Dinamo Kiev” va Moskvaning “Spartak” jamoalari o'rtasida bahs bo'lib o'tgan. O'shanda “Dinamo Kiev” jamoasiga juda ham kuchli mehrim  tushib qolgan. “Paxtakor” jamoasini keyinchalik taniganman. SHundan boshlab “sherlar” jamoasiga ishqibozlik qila boshlaganman. Aslida Germaniyaning “Bavariya” jamoasi muxlisiman. Yaxshi jamoalarni o'yinini tomosha qilaman. CHiroyli futbol tarafdoriman.


Jahongir Sotvoldiev: ECHL musobaqasi chorak final bosqichi qura natijasiga ko'ra, “Real Madrid” klubi “Bavariya” jamoasi bilan “Barselona” esa “Yuventus” klubi bilan to'qnash keladi. Ushbu uchrashuvlar haqida nima deya olasizlar.

Orif Sultonov: Har doim “Real Madrid” g'alaba qozonaversa ham futbolni qizig'i qolmaydi. “Barselona” ham g'alaba qozonishi kerak. Kutilmaganda “Lester” Angliya chempioni bo'lib chiqib kelishi kerak. Mana futbolni go'zalligi. Futbol shunisi bilan chiroyli. ECHL tarixiga nazar soladigan bo'lsangiz, so'nggi paytlarda ushbu yirik turnirda ketma-ket g'alaba qozonayotgan jamoalarning o'zi yo'q. Bir paytlar Madridning “Real” klubi ushbu musobaqada 5 marotaba ketma-ket g'alaba qozongandi. Hozirgi kungacha mana shu natijani takrorlagan jamoaning o'zi yo'q. Lekin bir yil o'tib yana chempionlikni tantana qilgan jamoalar bor.

Iskandar Hamroqulov: Bizda bu yil ECHL musobaqasida “Bavariya” klubi chempion bo'ladi, degan tahminimiz bor. “Real Madrid” “Barselona”dan “Barselona” “Real Madrid”dan qo'rqayotgani yo'q. Ikkalasi ham “Bavariya” jamoasidan cho'chimoqda. “Bavariya” juda ham kuchli va jiddiy raqib. Lekin “Real Madrid” va “Bavariya” jamoalari o'rtasidagi avvalgi bo'lib o'tgan bahsda omad tufayli “qaymoqranglilar” g'alabani ilib ketgandi. Bu safar unday bo'lmaydi, deb o'ylayman. “Real Madrid” klubi bu safar kuchli ekanligini albatta isbotlaydi. Futbolchilari anchagina yuksak sport formasida. “Bavariya”ga Karlo Anchelotti yaqinda kelgan. Ushbu uchrashuvda Zinedin Zidan va Karlo Anchelotti o'yini bo'ladi. “Bavariya” jamoasida Kimmix ismli futbolchi bor. SHu futbolchining o'yin uslubi menga yoqadi. Agarda “Bavariya” klubida Kimmixning ampluasida yana bir shunga o'xshagan futbolchi bo'lganida albatta keyingi bosqichga “Bavariya” yo'l oladi degan bo'lardim. Endi narigi o'yin, “Barselona” va “Yuventus” jamoalari o'rtasidagi bo'lib o'tishi kerak bo'lgan bahs haqida gapiradigan bo'lsam, “Barselona”ni keyingi bosqichda desam ham bo'ladi. CHunki “ko'k-anorranglilar” juda ham kuchli. 


Orif Sultonov: “Bavariya” jamoasi o'tgan safar o'z uyida “Real Madrid” klubiga imkoniyatni boy bergandi. O'shanda Karlo Anchelotti “Real Madrid” jamoasi bosh murabbiyi edi. O'sha paytdagi “Real” juda ham kuchli edi. Hozir teskarisi, Zinedin Zidan “Real Madrid” bosh murabbiyi bo'lsa Karlo Anchelotti “Bavariya”da. Ushbu bahsda kim taktikani to'g'ri tanlasa g'alaba qozonadi. Meni fikrimcha keyingi bosqichga “Bavariya” jamoasi yo'l oladi. “Barselona” va “Yuventus” o'rtasida bo'lib o'tadigan o'yinga to'xtaladigan bo'lsam, men ham Iskandarni fikriga qo'shilaman. Hozirgi “Yuventus” avvalgi “Yuventus” emas. Keyingi bosqichga “Barselona” yo'l oladi.

Jahongir Sotvoldiev: “Real Madrid” jamoasining siz bilgan davrdagi futbolchilardan ramziy jamoa tuzib bera olasizmi?

Iskandar Hamroqulov: Iker Kasilyas, Roberto Karlos, Serxio Ramos, Pepe, Marsello, Fernando Yerro, Kaka, David Bekxem, Ronaldo, Zinedin Zidan, Ronaldu.  Bosh murabbiy fazifasiga Visente del Boskeni qo'ygan bo'lardim. Bu mening tasavvurimdagi ramziy jamoa.


Jahongir Sotvoldiev: Suhbatimiz so'ngida futbol muxlislariga tilaklaringiz

Iskandar Hamroqulov: Bugungi gapirgan gaplarimizning barchasi samimiy gaplar edi. Ichimizda nima gap bo'lsa barchasini gapirdik. Aytsam uyat bo'lar deb jim o'tirganimiz yo'q. Biz futbol muxlislari bilan har kuni ko'rishish imkoniyatimiz yo'q. Sizlar bilan uchrashib futbol muxlislariga o'zimizning fikrlarimizni bildirishimizga mana shu soniya shunday imkoniyatni bizga tuhfa etyapti. Bizni mana shu suhbatga chaqirganinglarga, futbol haqida suhbatlashishga imkoniyat yaratib berganinglarga katta rahmat aytaman. Yaxshi loyihani amalga oshiribsizlar. Har doyim ham shirinlik yoqavermaydi. Aytadiku “kimgadir yoqar lola kim atirgul shaydosi”, shuning uchun ham ushbu dasturning keyingi sonlariga ham taklif qilsanglar albatta jon deb tashrif buyuramiz. Agarda balandparvoz gap gapirgan bo'lsam barcha futbol muxlislaridan uzr so'rayman.

Orif Sultonov: Men championat.asia saytini doimiy ravishda o'qib kuzatib boraman. Futbol haqidagi barcha yangiliklardan mana sayt orqali xabardor bo'lib turaman. Turkiyada futbol haqida yangiliklarni berib turadigan saytlar, televideniyalar juda ko'p. SHularga xavas qilaman. Bizda ham mana shunday sayt ishlayotganidan hursandman. Kelguvsida ishinglarga omad, safinglar bundan ham keng bo'lsin muxlisnlar bundan ham ko'p bo'lsin.





Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.

FOTO: Aziz To'xtamurodov 


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика