Ishsiz yurgan italiyalik 7 murabbiy
25 okt 2015 13:00
Yangiliklar
Ishsiz yurgan italiyalik 7 murabbiy
Biz saytimiz o'quvchilariga ayni paytda o'ziga ish topa olmayotgan 7 nafar italiyalik murabbiyni tanishtiramiz.

Vinchenco Montella
Tug'ilgan sanasi: 18 iyun 1974
Eng katta yutug'i: Italiya kubogi finalchisi-2014.
Qachondan buyon ishsiz: 2015 yil 8 iyun
So'nggi ish joyi: "Fiorentina" (Italiya)

Luchano Spalletti
Tug'ilgan sanasi: 7 mart 1959 yil
Eng katta yutuqlari: 2 marta Italiya kubogi sohibi, Italiya Superkubogi-2007 sohibi, 2 karra Rossiya chempioni, Rossiya kubogi sohibi, Rossiya Superkubogi sohibi.
Qachondan buyon ishsiz: 2014 yil 10 mart
So'nggi ish joyi: "Zenit" (Rossiya)

Valter Maccarri
Tug'ilgan sanasi: 1 oktyabr 1961 yil
Eng katta yutuqlari: Italiya kubogi-2012 sohibi, Italiya vice-chempioni-2013, Italiya Superkubogi finalchisi-2012.
Qachondan buyon ishsiz: 14 noyabr 2014 yil
So'nggi ish joyi: "Inter" (Italiya)

CHezare Prandelli
Tug'ilgan sanasi: 19 avgust 1957 yil
Eng katta yutuqlari: 2012 yilgi Evropa chempionati finalchisi, 2013 yilgi Konfederaciyalar kubogi bronza medali sohibi, 2009 yil Italiya A seriyasining eng yaxshi murabbiyi.
Qachondan buyon ishsiz: 27 noyabr 2014 yil
So'nggi ish joyi: "Galatasaroy" (Turkiya)

Fabio Kapello
Tug'ilgan sanasi: 18 iyun 1946 yil
Eng katta yutuqlari: UEFA CHempionlar ligasi-1994 g'olibi, 5 karra Italiya chempioni, 2 karra Ispaniya chempioni, UEFA Superkubogi-1994 sohibi.
Qachondan buyon ishsiz: 2015 yil 14 iyul
So'nggi ish joyi: Rossiya milliy terma jamoasi

Marchello Lippi
Tug'ilgan sanasi: 12 aprel 1948 yil
Eng katta yutuqlari: 2006 yilgi Jahon chempioni, 5 karra Italiya chempioni, UEFA CHempionlar ligasi-1996 g'olibi, UEFA Superkubogi-1996 sohibi, Qitalararo kubok-1996 sohibi, Osiyo chempionlar ligasi-2013 g'olibi.
Qachondan buyon ishsiz: 2015 yil 26 fevral
So'nggi ish joyi: "Guanchjou Evegrand" (Xitoy)

Karlo Anchelotti
Tug'ilgan sanasi: 10 iyun 1959 yil
Eng katta yutuqlari: 3 marta UEFA CHempionlar ligasi g'olibi, 3 marta UEFA Superkubogi sohibi, 2 marta Klublar o'rtasidagi Jahon chempioni, Italiya chempioni-2004, Italiya kubogi-2003 sohibi, Italiya Superkubogi-2004, Angliya chempioni-2010, Angliya kubogi-2010 sohibi, Angliya Superkubogi-2009 sohibi, Franciya chempioni-2013, Ispaniya kubogi-2014 sohibi.
Qachondan buyon ishsiz: 25 may 2015 yil
So'nggi ish joyi: "Real Madrid" (Ispaniya)
Narzulla Saydullaev
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Барселона" "Овьедо"ни аяб ўтирмади ва Ла Лига пешқадамига айланди
Fikrlar