So’nggi yangiliklar

23:40Асрор Алиқулов: "Бугун йигитларда характер етишмади"  1 23:32Гильерме Гедеш: "Ғалаба туғилган кунимга кутилмаган совға бўлди"  0 23:21Шоҳмалик Комилов: "Жорий мавсум Суперлигада бирор жамоа ажралиб тургани йўқ"  1 23:10Суперлига. "Пахтакор" Навоийдан йирик ҳисобдаги ғалаба билан қайтмоқда  73 23:07Алишер Одилов: "Машғулотлардан кейин "Тривела" услубида алоҳида шуғулланамиз"  2 23:05Туркия Суперлигаси. Алиқулов жамоаси иштирокидаги ўйинда 9 та гол урилди, "Сивасспор" эса меҳмонда мағлуб бўлди  0 22:57Ҳаким Фузайлов: "Урганчдаги стадионда битта камчилик қолди холос"  2 22:48"Рома", "Милан", "Ювентус" ва "Интер" жамоалари иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари маълум  14 22:41Руслан Жиянов: "Гол уриш яхши, бу голлар жамоага фойда келтирса, ундан ҳам яхши"  1 22:30АПЛ. "Арсенал" Райснинг голи туфали "Ньюкасл"ни мағлуб этди  3 22:20Мирко Еличич: "Мен ишлаган "Локомотив" билан ҳозиргисининг фарқи жуда катта"   0 22:18Суперлига. "Хоразм"нинг 6 ўйинлик ғалабасиз серияси "Машъал" билан баҳсда якунланди  12 21:52Бизда ҳам пляж футболи бўладими?  3 21:38Фарҳод Нишонов: "Бизга вазиятларни якунлашда тажриба ва совуққонлик етишмаяпти"  0 21:20"Барселона", "Реал" ва "Атлетико" иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари маълум  14

Ishonchni oqlayotgan “qaldirg'ochlar” Yangiliklar

Ishonchni oqlayotgan “qaldirg'ochlar”

Kecha Yangi Zelandiyada 20 yoshgacha futbolchilar o'rtasida jahon chempionati nimchorak finalida O'zbekiston terma jamoasi Avstriya vakillari ustidan 2:0 hisobida ishonchli g'alabaga erishganidan barchamiz xursandmiz.
Turnirning dastlabki ikki turda mag'lubiyatga uchragan futbolchilarni, terma jamoa ustozlarini va futbolimiz mutasaddilarini ayovsiz tanqid qilganlar ko'p bo'ldi. Keyingi ikki uchrashuvda yurtdoshlarimiz Fidji bilan bahsda 3:0, Avstriya bilan o'yinda 2:0 hisobida zafar quchgach, endi ko'pchilik yigitlarni osmonga olib chiqib maqtay boshladi. Bugun muxlislar orasidagi munozara va muhokamalar chog'ida “Nima bizga Senegal?” qabilidagi fikr-mulohazalar ko'paydi.
 
CHorak final qanday natija bilan yakunlanishini hozircha hech kim bilmaydi. Ishqiboz xalqining kayfiyati ham bahorgi ob-havoga o'xshaydi. Yutsak, hamma qahramon!!! Aks holda...
 
Biz esa futbol mutaxassislaridan professionallarcha tahlil kutib yuribmiz. Nima uchun Gonduras bilan uchrashuvda raqibning har bir aniq zarbasi darvozamiz ishg'ol qilinishi bilan yakunlandi? Nima uchun Germaniya bilan o'yinda biznikilar raqib darvozasi tomon biror marta aniq zarba bera olishmadi? Avstriya bilan bahsning birinchi bo'limida raqib darvozasi oldida 9 marta burchakdan to'p tepish huquqiga ega bo'lsak-da, evropaliklarni mushkul ahvolga sola olmasligimizning sababi nimada? Ravshan Haydarov Avstriya bilan uchrashuvdagi g'alaba zaminida to'g'ri tanlangan taktika yotganini takidladi. Mag'lubiyatga uchragan uchrashuvlarda shunday yo'l tutishga nima monelik qildi?
 
Terma jamoalar markazida ishlayotgan, turli toifadagi murabbiylarni tayyorlashda bevosita ishtirok etayotgan mutaxassislar ana shu kabi savollarga javob topishlari kelgusi musobaqalarda yurtimiz bayrog'ini baland ko'tarishga qo'shilgan hissa bo'lishi shubhasiz.
 
Bugungi kunda termamizning muvaffaqiyatini taminlashga sabab bo'lgan bir holatga alohida to'xtalib o'tmoqchimiz. O'zbekiston – Avstriya uchrashuvidan saytimizda uyushtirilgan matnli on-layn translyaciyamizni kuzatib borgan bir qator muxlislar qoldirgan yozuvlar ham aynan shuni taqozo qilmoqda.
 
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi o'zagini bir klub futbolchilari tashkil etishi foydamizga ishlamoqda. Yangi Zelandiyaga borgan tarkibning naq yarmi Toshkentning “Bunyodkor” klubi vakillari. Bevosita asosiy tarkibda maydonga tushayotganlarni inobatga olsak, tarkibning uchdan ikki qismi “qaldirg'ochlar” bo'lib chiqadi. Misol uchun Avstriyaga qarshi nimchorak final o'yinini klubning etti vakili asosiy tarkibda boshladi – Rustamjon Ashurmatov, Mirjamol Qosimov, Akromjon Komilov, Otabek SHukurov, Xurshid G'iyosov, Dostonbek Hamdamov, Zabihillo O'rinboev, yana bir futbolchi – Eldor SHomurodov zahiradan paydo bo'ldi. So'nggi uch uchrashuvda termamiz darvozasini qo'riqlayotgan Dilshod Hamroev ham ko'p yillar mobaynida “Bunyodkor” maktabida futbol sir-asrorlarini o'rgangani, o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun “Qizilqumga” ketgani etiborga molik. Hozircha “qaldirg'ochlar” orasida faqat Sardor Azimov zahirada qolib ketyapti, xolos.
 
Bir klubda o'ynab, bir-birini juda yaxshi tushunishga o'rgangan yigitlar zimmalaridagi vazifani munosib uddalashga harakat qilishmoqda. Termamiz raqiblar darvozalariga jami 8 ta gol kiritdi va ularning barchasiga “qaldirg'ochlar” mualliflik qilishdi. Bu bejiz emas, albatta.
 
Sergey Lushchan klub rahbariyatining qo'llab-quvvatlashi bilan yoshlarga ishonch bildirib, bazan jamoa manfaatlariga zid kelsa-da, katta va tajribali futbolchilar o'rniga Komilov, Hamdamov, O'rinboev, SHomurodov kabilarni o'ta muhim uchrashuvlarda jangga tashlaganini yaxshi bilamiz. Buning evaziga “Bunyodkor” bazan zarur ochkolardan mahrum bo'lgani ham haqiqat. Osiyo chempionlar ligasida, oliy liga peshqadamlariga qarshi bahslarda nomdor va yulduzli maqomga ega raqiblarga qarshi o'ynab to'plangan tajriba mana endi o'z so'zini ayta boshladi.
 
Qani edi boshqa klublarimiz mutasaddilari va murabbiylari ham yosh istedodlarga imkon berishsa, ularning katta futbolda o'z joyini topishiga sharoit yaratishsa. Faqat bugungi kungi ochkolar va turnir jadvalida loaqal bir pog'ona yuqoriroq turishni emas, o'zbek futboli shanini ustun qo'yishsa.
 SHunda nafaqat o'smirlar va yoshlar o'rtasida, balki olimpiya va milliy terma jamoalar o'rtasida ham eng nufuzli musobaqalarga o'zbekistonliklar muntazam borishi va muvaffaqiyatli qatnashishiga shohid bo'lib, quvonib yurarmidik.
 
Yakshanba kuni Senegal bilan uchrashuv qanday natija bilan tugashidan qati nazar, yoshlar terma jamoamiz azolari katta futbolda o'z joylarini topishlarini juda xohlaymiz. Futbolimiz mutasaddilari va murabbiylari ham ushbu fikrga qo'shiladilar degan umiddamiz.
 

Omonjon To'xtamirzaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика