So’nggi yangiliklar

21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  0 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  2 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  8 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  54 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  2 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  2 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  2

Ishonch asosiy o'rinda turadi Yangiliklar

Ishonch asosiy o'rinda turadi

Yodingizdan ko'tarilmagan bo'lsa, bundan besh yilcha ilgari Bunyodkor akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Zabihillo O'rinboevning porloq kelajagi borasida fikrlar bildirib, ijobiy tilaklar aytib o'tgandik.

PAXTAKOR A'ZOSI ZABIHILLO O'RINBOEV HAQIDA
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasidagi o'yinlarini kuzatib, o'ziga yarasha xulosa chiqargan holda yaxshilab parvarishlab, malakali mutaxassisning qo'l ostiga tushsa, kelajakda saviyali hujumchiga ega chiqishimiz borasidagi mulohazalarimizni bayon etgandik. Vaqtlar o'tib, taxminlar o'zini oqladi. Keyinchalik tengqurlari bilan uch bora jahon chempionatida to'p surganligi bilan tarixdan o'rin egalladi. Endigi navbat milliy terma jamoa sharafini himoya qilish qolmoqda. Buning uchun esa futbolchi o'z ustida doimiy ravishda ishlashdan tashqari, klubdagi murabbiylarning ishonchi ham asosiy o'rinda turadi.



ILK QADAMLAR OSON CHIQMASLIGI TABIIY
O'zbekiston terma jamoasining turli yoshdagi vakillari tarkibida uch bor jahon chempionatida ishtirok etish o'ziga yarasha voqelikdir. Tarixga murojaat etadigan bo'lsak, bunday baxt kamdan-kam charm to'p ustalariga nasib etgan. Yaponiyalik taniqli futbolchi, hozirgi kunda Germaniya chempionatida to'p suruvchi Dortmundning Borussiya klubi sharafini himoya qilib kelayotgan SHinji Kagavagagina bunday natijani qayd etish nasib qilgan. Demak, bugungi qahramonimizning havas qilsa arziydigan o'ziga yarasha natijalari mavjud. Yaxshi malumki, yosh futbolchilar bilan kamroq intervyular berishga harakat qilamiz. Kelajaklariga ziyon etkazib qo'ymaslik maqsadida. Birinchi safardagisida ham o'zi bilan alohida suhbat uyushtira olmagandik. CHunki katta futbolda dastlabki qadamlarni tashlay boshlagan sportchidan jo'yali fikr olishingiz qiyin masaladir. Asosan o'z qarashlarimiz va murabbiylarning mulohazalariga o'rin bergandik. Bu safar fikrlariga tayanishni maqsad qilib, o'zi bilan aloqaga chiqib, niyatimizni izhor etdik. Istedodli hujumchi gaplarimizni tinglab bo'lgach, taklifimizga rozilik bermadi. Hali bir nimani qo-yillatib qo'ymaganini izhor etib, suhbatimizni tezda intiho topishiga sabab bo'ldi. Endi ochilmagan qirralarini kashf etishda murabbiylarning mahorati asosiy o'ringa chiqadi. SHuningdek, futbolchi haqida etarli malumotga ega bo'lishingizni taminlash uchun eski arxivlarimizni titib, statistik raqamlarga murojaat etdik. Mana shu orqali fikrlarimizning quruq bo'lib qolmasligini taminlashga urindik.

BUNYODKORDAGI FAOLIYATI
Akademiyani tamomlaganidan keyin Bunyodkorga qabul qilingan kam sonli o'zlarining tarbiyalanuvchilari qatorida edi. Malakali murabbiy qo'li ostida asta-sekin shakllanib, o'rnini topib bora boshladi. Bo'y-bastining balandligi, tezlikda harakat qila olishi va raqiblarga qarshi kurashda cho'chimasligi orqali mutaxassislar etiborini qozongandi. Afsuski, Mirjalol Qosimov terma jamoaga o'tganidan keyin klubdan ham ketishga majbur edi. Aynan mana shu holat qaldirg'ochlar klubidagi ko'plab istedodlarning ziyoniga xizmat qildi desak yanglishmaymiz. Bosh murabbiylikni o'z qo'liga olgan Sergey Lushan davrida biroz tushunib bo'lmaydigan siyosat yuritildi. Natijada, Sardor Sobirxo'jaev, Dilshod Jo'raev, Alibobo Rahmatullaev, Zabihillo O'rinboev singari kelajagiga umid bilan boqilayotgan futbolchilarga nisbatan ishonch kamayib ketdi. O'sib borishlarida yordamlashishning o'rniga, ruhiy tomondan qiyin holatga tushirib qo'ydilar. SHuning uchun birin-ketin biz sanab o'tgan o'yinchilar jamoani tark etmasa bo'lmasligini tushunishib, boshqa joylardan qo'nim topishga majbur edilar. Oxirgilardan bo'lib Zabihillo klubdan ketdi (hozirda Mirjalol Qosimov ikki nafari - Jo'raev va Sobirxo'jaevni ortga qaytarishga erishdi). Bu vaqtga kelib milliy terma jamoaning muhim azolaridan biriga aylanishi ko'zda tutilgan iqtidor egasi mazkur holatda o'zini yo'qotib qo'ymagan bo'lsa-da, qandaydir o'zgarishlarga qo'l urishga mahkum etilgandi.  Xalqaro maydonlarda dadil xatti-harakatlari, mehnatkashligi hisobiga tajribasini boyitib, boshqa mutaxassislarning etiborini tortayotgan bo'lsa-da, klubdagi salbiy muhit ruhiy tomondan bazilarga qo'shimcha zarba bo'ldi. Bejiz iqtidor egalarining o'z o'rinlarini topib ketishlarida murabbiylarning o'rni beqiyos ekanligiga to'xtalmaymiz. Afsuski, vaqtdan biroz yutqazildi.


IMKONIYATLARIGA BAHO
O'zbekiston U-23 termasining sardori haqida Osiyoda ham juda yaxshi bilishadi. Yaxshi eslasangiz, 2015 yili qitaning eng yaxshi yosh futbolchilarini aniqlashda uch nafar vakillarimiz ro'yxatga kiritilgandi va ularning ichida Zabihillo O'rinboev ham bo'lgandi. 2010 yildan boshlab yoshlar, o'smirlar termasi tarkibiga muntazam ravishda jalb qilinib, barcha yirik musobaqalarda ishtirok etib keldi. To'purarlik mahoratini namoyish etish bilan bir qatorda tengqurlari orasida yaqqol ajralib turardi. Osiyo Kuboklarida muvaffaqiyatli ishtirok etishib, jahon mundialida ham muntazam to'p surgan avlod vakillari sifatida tarixdan o'rin egallashdi.

Zabihillo qizg'onchiq hujumchilar toifasiga kirmaydi. Murabbiylar ko'p uchrashuvlarda hujumchilar ortida, bazan pleymeyker sifatida foydalanganliklarini bilamiz. Sababi, maydonda teran fikrlay oladi, qulay vaziyatda turgan sheriklarini payqab, o'z vaqtida aniq pas berishning ham uddasidan chiqadi. O'ng oyog'ida kuchli zarbalar yo'llay olsa-da, chapida beriladigani ham yomon ketmaydi. Muhim pallalarda sheriklarini ortidan ergashtira oladigan etakchilik xususiyati mujassamlashgan. Katta tezlikda harakat qila oladigan kam sonli o'zbekistonlik o'yinchilar qatorida tilga olinadi. To'pni boshi bilan yaxshi o'ynay olishini ham alohida takidlab o'tmoqchimiz. OFKning tabiri bo'yicha, 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar ichida katta taraqqiyotga erishishga muvaffaq bo'layotgan 10 nafar futbolchilardan biri sifatida etirof etiladi. Ustalar jamoasiga o'tganida ham o'zini yo'qotib qo'ymay, xuddi uzoq yillik tajribaga ega ijrochilardek harakatlanishni biladi. Bejiz Osiyo CHempionlar ligasida ham Bunyodkorning xavfli hujumchilari qatorida raqiblari takidlab o'tganliklari o'z-o'zidan bo'lib qolmaydi.

KELGUSI TAQDIRI MEHNATLARIGA BOG'LIQ
Yoshlikda berilgan baho doim ham o'zini oqlayvermaydi. Masalan, yoshlar o'rtasidagi vakillarimiz qatnashgan jahon chempionatlaridan birini yodga olaylik. Alen Xalilovich haqida juda ko'plab mutaxassislar ijobiy fikrlar bildirishib, yorqin kelajak kutayotganligini takidlashgandi. Axir Barselona safiga bejiz taklif etishmaydi. Afsuski, voqealar rivoji ijobiy tarzda kechmay, kataloniyaliklar tarkibini tark etganiga ancha bo'ldi. O'rtamiyonalikka o'ralashib qoldi. Aksincha, francuzlar yarim himoyachisi Pol Pogba o'ziga yuqori baho berib yuborib, ishlamay qo'ygan futbolchi sifatida tarif olgandi. Manchester Yunayteddan ham shuning uchun ketib qolganligiga urg'u berishgandi. Bugungi kundagi holatiga etibor bering. Eng kuchli yarim himoyachilar bilan bemalol tenglashtirish mumkin. Hali kelajagi oldinda.

Juda ko'plab yosh iqtidor egalari sal tanila boshlashgach, mashhurlikning yukini ko'tara olmay, osongina chetga chiqib qolayotganliklariga katta muammo sifatida qaraymiz. Ayrimlari qo'llariga yaxshi pul tusha boshlaganidan so'ng, engil hayotni afzal bilishib, o'z ustlarida ishlashdan to'xtab qolishmoqda. Go'yoki, nomi tanildi va qolgani bir maromda davom etadi degan fikrning ustunligi seziladi. SHuning uchun jahon chempionatlarida to'p surish, yoshlar uchun kelajaklariga qo'yiladigan ijobiy tashxis vazifasini o'tab bera olmaydi. Paxtakordagi katta iqtidor egasi bo'lgan Temur Hakimovni misol tariqasida ko'p keltirib o'tamiz. O'zi ham xatolarini anglab etib, oxirgi intervyularida adashganligini tan olib o'tdi. Maishatga o'ta berilib ketishi oqibatida, zo'r kelajak emas, o'zimizning klublarda qo'nim topishi ham jiddiy masalaga aylandi. Aksincha, Igor Sergeev ishning ko'zini biladigan yigit ekan. Qolaversa, Babayanning hurmatini qozonishga erishgani uchun, doimiy qo'llab-quvvatlashiga sazovor bo'ldi. Xorij klublarida o'ynab kelishini taminladi. SHuningdek, milliy terma jamoaning asosiy tarkibida muntazam ravishda tushirilib, tajribasining ortishi bilan bir qatorda narxining ko'tarilishida ham muhim omil bo'ldi. Mana buni murabbiy tarafdan omadning chopganligi deyish mumkin. Zabihillo ancha tartibli, intizomga amal qilishni xush ko'radigan yigitlar toifasidan ekanligini murabbiylardan eshitganmiz. O'zini boshqara olmay qoladigan yoshdan o'tdi hisobi. Qolaversa, yaxshi oilada tarbiya topgan. Ota-onasining hurmatini joyiga qo'yishini  do'stlari ijobiy hislatlaridan biri sifatida etirof etishadi. Yaxshi esimizda, Zabihilloning futboldagi ilk qadamlari haqida yozgan birinchi maqolamiz gazetada chop etilganda, onasi ko'ziga yosh olib, o'g'lining qanday farzand bo'lib etishayotganidan faxrlanganligini keyinchalik hikoya qilib berishgandi.


2017 yil mavsumi yodda qoladigan darajada kechmayotganligi aniq. Bunyodkordan ketganidan so'ng, Olmaliq murabbiylari taklifini qabul qildi. Birinchi davrada maydonga tushib tursa-da, Viktor Kumikovning asosan himoyalanishga mo'ljallangan futbolida hujumchilarning sermahsulligi pasayib ketadi. Qolaversa, hikoyamiz qahramonidan asosan orqa chiziqda foydalanib kelishdi. Qarshi hujumlarda omadlarini qidirishganda, ishlar oldinga chopmaganligi, jamoa azolarining kiritgan kam sonli gollaridan ham anglab olish qiyin emas. Endilikda Paxtakorga ko'chib o'tdi. Demak, oldinga qadam tashlashda davom etmoqda. Bu ham o'ziga yarasha chaqiriq hisoblanadi. Qolaversa, futbolchi sifatida aynan mana shu klubda tarbiya olganligini hikoya qilib o'tganmiz.

YURIY GOSPODARCHUKNING SHOGIRDI
Yana bir etiborga arzigulik holatga diqqatingizni jalb qilmoqchimiz. Yuriy Mixaylovich Gospodarchuk ishongan shogirdlari - Mirjalol Qosimov, SHuhrat Maqsudovlar qatorida Zabihilloni ham alohida eslab o'tishiga, o'zi bilan suhbat uyushtirganimizda alohida takidlab o'tgandik. Hozirda O'zbekiston U-23 tarkibining sardori hisoblanadi. Milliy terma jamoa oldida xalqaro miqyosda yirik musobaqalar yo'q hisobi. Kelasi yili asosiy turnirlarda aynan olimpiyachilarimiz ishtirok etishlari ko'zda tutilgan. Zabihillo va uning qolgan sheriklari yaxshi formani ushlab turishlari uchun klublari safida ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lib turishlari talab etiladi. Paxtakorda raqobat o'ta kuchli va nomlar, mahorat bobida kuchli ijrochilar jamlanishgan. SHubhasiz, O'rinboev ushbu qiyinchiliklarni ham ortda qoldirib, yanada shaxdam qadamlar bilan ildamlay boshlaydi. Boshqachasiga ko'nmaymiz ham. CHunki aynan hujumchilar borasida o'zbek futboli katta muammolarga duch kelayotgani barchamizga malum. Agar mana shu yigitlarimiz ushbu kamchilikning barham topishida o'zlarini ko'rsatmasalar, boshqa qayoqdan najot kutamiz? Qolaversa, ertaga yangilangan terma jamoamizning asosini mana shunday yuragida o'ti bor, vatan uchun butun borlig'ini bergan holda harakat qilishga tayyor yigitlariga ishonamiz, umid qilamiz. Albatta, buning uchun xolis tarzda fikrlab, futbolchilarni qo'ng'iroqlar orqali emas, haqiqiy tanlanishlari, tayyorgarlikka etibor qaratilib, raqobatda yutib chiqayotganlarni taklif qila boshlasalar, albatta foydasini ko'ramiz. Hali O'zbekiston futbolida iqtidorlar ko'p ekanligini mana shu yoshlarimiz amalda isbotlashlari talab etiladi. Qatorasiga jahon chempionatida qatnashganliklari o'z-o'zidan bo'lmaganiga ana shunda ishona olamiz.

Abdulhafiz ABDULAZIZ o'g'li.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика