"Irtish" 8 yanvardan Antaliyada yig'inni boshlaydi
07 jan 2014 01:02
Yangiliklar


"Irtish" 8 yanvardan Antaliyada yig'inni boshlaydi
8 yanvar kunidan Qozog'istonning "Irtish" klubi Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi.
Xabaringiz bor, pavlodarliklar tarkibida bir yo'la uch nafar hamyurtimiz - Ulug'bek Baqoev, Kamoliddin Murzoev va SHavkat Salomov to'p tepadi. "Bunyodkor"ning sobiq azosi hisoblangan Salomov o'tgan mavsumni Qozog'istonning boshqa bir klubi "Jetisu"da o'tkazgandi. Yaqinda bu yarim himoyachimiz ham "Irtish" bilan erkin agent maqomida shartnoma imzoladi. Pavlodar klubi oldiga jamoa rahbariyati yangi mavsumda evrokuboklarga beriladigan yo'llanmalardan birini qo'lga kiritish vazifasini qo'ygan. O'tgan yili jamoadan jazo sifatida uch ochko olib tashlanishi natijasida sovrinli o'rinlardan bebahra qolgandi.

Fikrlar