"Irqchilikka o'rin yo'q". Futbolchilar APL yangi mavsumida ushbu yozuv tushirilgan liboslarda maydonga tushishadi
11 sen 2020 20:07
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/591552_original.jpg)
![](/upload/storage/591552_220.jpg)
"Irqchilikka o'rin yo'q". Futbolchilar APL yangi mavsumida ushbu yozuv tushirilgan liboslarda maydonga tushishadi
Bu haqda APL rasmiy sayti xabar bermoqda.
Angliya Premer-ligasi klublari sardorlarining yig'ilishida barcha futbolchilar va rasmiylar 2020/2021 yilgi mavsum davomida "No Room For Racism" ("Irqchilikka o'rin yo'q") yozuviga ega liboslarda harakatlanishga kelishib olishdi.
"Tarixda birinchi marta ushbu belgi mavsum davomida futbolchilar va rasmiylar libosida aks etadi. Bu orqali Premer-liga, uning klublari va futbolchilar irqchilikni yo'q qilish borasidagi majburiyatni doimiy eslatib turadilar. Ushbu tashabbus o'tgan mavsumda paydo bo'lgan fleshmob("Black Lives Matter")ning davomi bo'ladi", – deya xabar berdi APL matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar