So’nggi yangiliklar

20:05U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 1:0 (матнли трансляция)  36 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  0 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  0 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  4 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   19 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0

Iroq zerikarli o'tgan o'yinda Iordaniyani mag'lub etdi Yangiliklar

Iroq zerikarli o'tgan o'yinda Iordaniyani mag'lub etdi

Osiyo Kubogi birinchi turidan o'rin olgan so'nggi uchrashuv Iordaniya hamda Iroq terma jamoalari o'rtasida kechdi.
Osiyo Kubogi 2015
Brisben, "Brisbane Stadium"
"D" guruhi, 1-tur
Iordaniya - Iroq 0:1
Gollar: YO.Qosim 76

Iordaniya: Amir SHafi, Bani Yosin, Muhammad Mustafo, Tariq Xattob, Muhammad Al-Dmeiri, Xalil Bani Atiya (Yusuf Ahmad 60), Oday Zahran, Ahmad Eliyas, Ahmad Sariveh (Mahmud Zatara 79), Ahmad Hael, Oday Sayfi.

Iroq: Jalol Hassan, Volid Salim, Ahmad Ibrohim, Salam SHokir, Durg'am Ismoil, Humam Toriq (Justin Memam 57), Ala Abdul Zaxro, Yosir Qosim, Saad Abdulamir, Amjad Kalaf, Yunus Mahmud (Ahmad Yosin 74).

Ogohlantirishlar: A.Eliyas 6, A.Yosin 53, M.Zatara 90+2 - A.Zaxro 19, YO.Qosim 50
CHetlatish: A.Yosin 84



                           MATNLI TRANSLYACIYA

Uchrashuv yakunlandi.

86.
SHafi raqib o'yinchisini bo'g'ib qo'yay dedi

84. Ana bo'masa, Anas Bani Yasin ikkinchi sariqni oldi va buyog'i qizil.


76. Gooooooollll, Yosir Qosim, 0:1.
Nihoyat gol ko'rdik bu o'yinda ham. Yosir bu vaziyatda bir necha raqib orasida turgan bo'lishiga qaramay to'pni darvozaga yo'llay oldi.

73.
Yunus Mahmud almashtirildi.

70.
Yunus Mahmud havodagi kurashda raqib himoyachisiga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

67.
Iordaniyaning tezkor qarshi hujumi samarasiz yakunlandi.

57.
Iroq terma jamoasi safida o'zgarish. Humam Tariq o'rniga Justin Memam maydonga tushirildi.

54.
Iordaniya futbolchisi Anas Bani ogohlantirildi

52.
Iroq terma jamoasi azosi Yosir Qosimga sariq kartoqchka ko'rsatildi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi. Bugun gol ko'ramiz? Bu 45 daqiqadan so'ng bilib olamiz.


Birinchi bo'lim statistikasi

Birinchi bo'limdan keyin to'p bilan muomala qilish 58 - 42 foiz Iroq foydasiga.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45.
Bosh hakam birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berdi.

42.
Iordaniyadan Odai Saifiy, Iroqdan esa Humam Toriq yaxshi o'ynamoqda.

40.
Odai Al-Saifining 25 metrlardan bergan zarbasini darvozabon ushlab oldi.

38.
Iordaniyaliklar to'pni havodan maydonchaga uzatishdi, darvozabon Jalol Hassan hujumchidan chaqqonroq chiqib qoldi. Iroqning tezkorlik bilan uyushtirilgan qarshi hujumi esa samara bermadi.

36.
Iroq nihoyat golga tortadigan hujum uyushtirishi mumkin edi, lekin Yunus Mahmud yakuniy pasda xatoga yo'l qo'ydi.

33.
Iordaniya jarima zarbasidan keyin to'pni raqibga shunchaki sovg'a qilishdi.

30
. O'yin biroz zerikarli tarzda kechmoqda.

25.
Uchrashuv ko'proq qoidabuzarliklarga boy o'tmoqda.

19.
Ala Abdul Zaxro ogohlantirildi.

12.
Uchrashuvda hozircha golga tortadigan vaziyat bo'lganicha yo'q.


Brisbendagi ayni paytdagi havo ayni futbol o'ynash uchun mos.

9. Iordaniyalik o'yinchi qaychi uslubida zarba bermoqchi bo'ldi-yu, o'xshamadi. Iroqlik himoyachi esa huddi o'sha uslubdagi zarba evaziga xavfni bartaraf etdi.


Iroq tarkibi

6. Elias o'yindagi birinchi sariq kartochkani olgan futbolchiga aylandi.


Iordaniya tarkibi

5. Iroq yashil, Iordaniya oq rangli libosda harakat qilmoqda.

3. Iroq o'yinchilari tezkor ekanliklarini dastlabki daqiqalardanoq ko'rsatishmoqda.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика