So’nggi yangiliklar

22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  0 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  33 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   8 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 20:21Ўртоқлик ўйини. Шомуродов ва Файзуллаев ўйинни асосий таркибда бошлади  8 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  6 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  3 18:07Гави: "Тер Штеген – клуб афсонаси, уни ҳурмат қилиш керак"  1 17:38"Милан" Влаховични олиш учун ярим ҳимоячисидан воз кечадими?  1 17:10Гонконгга келган Златан Ибрагимович Брюс Ли билан "куч синашди", Гвардиол Хорватия махсус кучлари машғулотида қатнашди, Гвардиола мўйлов қўйди. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  3 16:50Винисиус Жуниор: "Мен кўп нарсага эришдим, лекин орзуларим ҳали тугамаган"  6 16:22"Наполи" "Ювентус" ярим ҳимоячисини сафига қўшиб олмоқчи  0 15:58Суперлига. 16-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", "Пахтакор" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  3

Iroq U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi: "Faoliyatimda birinchi marta toshlar ostida futbol o'ynadik. O'yin to'xtatilishi shart edi" Yangiliklar

Iroq U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi: "Faoliyatimda birinchi marta toshlar ostida futbol o'ynadik. O'yin to'xtatilishi shart edi"

Yurtimiz mezbonlik qilayotgan U-23 Osiyo kubogi chorak final uchrashuvida O'zbekiston U-23 terma jamoasi Iroq U-23 termasini penaltilar seriyasida mag'lubiyatga uchratishga erishdi.

O'yindan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida Iroq U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Miroslav Soukup o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi. Murabbiy o'yinda muxlislar tomonidan yuzaga keltirilgan vaziyat borasida o'z noroziligini yashirib o'tirmadi.

- O'yin haqidagi fikringiz...

- Avvalo, O'zbekiston terma jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Biz bu o'yinda hech narsa qila olganimiz yo'q. Qizil kartochka va penaltini VAR belgiladi. Men yoki o'yinchilarim emas. Faoliyatimda birinchi marta toshlar ostida futbol o'ynadik. O'yinchilarim chigilyozdi mashg'ulotlarini o'tkaza olishmadi. Murabbiylar shtabi zaxira o'rindig'idan boshqa joyga chiqa olmadi. Sababi, muxlislar biz tomon toshlar uloqtirishdi. OFKga savolim bor: bu normal holatmi? Kechirasiz-ku, o'yin to'xtatilishi kerak edi. Men o'yin haqida fikr bildirmoqchi emasman. Bu mening Iroq terma jamoasidagi so'nggi o'yinim edi. Mening shartnomam o'z yakuniga etdi. Natijadan emas, qanday mag'lub bo'lganimizdan xafaman. Muxlislar bizga keragidan ortiq bosim qilishdi. Bu adolatdan emas. Biz havfsiz o'ynashimiz kerak edi. Jarohatlardan qo'rqishimiz emas.

- O'zbekiston terma jamoasi darvozaboni chetlatilgan holatda hujumchining provakacion harakatlari haqida nima deya olasiz?

- Yana qaytaraman. Bu musobaqada VAR bor. Hakam VAR ostida ishlaydi. Siz nimadan norozisiz? Hakam to'g'ri qaror qabul qilgan edi.  Qarorni bizning jamoa emas, hakam qabul qildi. Tasavvur qiling, agarda siz mehmonda harakat qilayotgan bo'lsangiz va o'yinchilaringiz toshlar ostida qolishsa, siz davom etishni istarmidingiz? OFK va hakam buning chorasini topishi kerak edi. O'yin to'xtatilishi shart edi. 

Reyting: -123   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика