Iroq JCH saralash o'yinlarini Mashhadda o'tkazadi
30 may 2016 10:59
Yangiliklar
Iroq JCH saralash o'yinlarini Mashhadda o'tkazadi
Iroq terma jamoasi jahon chempionati saralash bosqichining 3-raund o'yinlarini Eronning Mashhad shahrida o'tkazadigan bo'ldi.
Tehron va Mashhad shaharlari orasida iroqliklar ikkinchisini maqul ko'rishdi. Bunga Mashhaddagi stadionga etib borish qulayroq ekani va u erda ko'p sonli iroqliklarning istiqomat qilishi sabab bo'ldi. Faqat Saudiya Arabistoni bilan uydagi bellashuvni Iroq boshqa mamlakatda o'tkazishga majbur. CHunki hozirgacha Eron va Saudiya Arabistoni o'rtasida diplomatik aloqalar tiklangani yo'q. Iroq bilan bir guruhdan Avstraliya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, BAA va Tailand terma jamoalari o'rin olgan.
Fikrlar