Iroq bosh murabbiyi: "Barchasi uchun O'zbekistonga minnatdorchilik bildiramiz"
24 iyu 2016 15:03
Yangiliklar


Iroq bosh murabbiyi: "Barchasi uchun O'zbekistonga minnatdorchilik bildiramiz"
- Ushbu o'rtoqlik uchrashuviga jiddiy tayyorgarlik ko'rganmiz. Bu biz uchun juda ham muxim o'yin. Ilk uchrashuvda biz O'zbekiston U – 23 terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yinini o'tkazdik. O'sha bahsni boshqargan bosh hakamning xatti – harakatlari meni umuman qoniqtirmadi. O'sha o'yinda bosh hakam avvaliga futbolchimizga qizil kartochka ko'rsatdi va biroz o'tib uni bekor qildida sariq kartochka bilan jazoladi. Bu o'rtoqlik o'yini, bunday qilish yaramaydi. Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi ikkinchi o'rtoqlik o'yinimizni o'tkazamiz. Nasib qilsa ushbu o'yinda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. O'zbekiston terma jamoasi Osiyoda kuchli hisoblanadi. Ushbu o'rtoqlik o'yini biz uchun juda muxim. CHunki, futbolchilarimizning kamchiliklarini ko'rib olib uni bartaraf etishga harakat qilamiz. Barchasi uchun O'zbekistonga minnatdorchilik bildiramiz”, - deydi Radhi SHenaishil.
Jahongir Sotvoldiev yozib oldi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar