So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  52 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Irismetov SHomurodov va "Roma" futbolchisi o'rtasida mojaro yuzaga kelganini takidladi Yangiliklar

Irismetov SHomurodov va "Roma" futbolchisi o'rtasida mojaro yuzaga kelganini takidladi

SHuningdek, u O'runov "Spartak"da qolishini malum qildi.

"Paxtakor" sobiq sport direktori Jafar Irismetov Oston O'runov va Eldor SHomurodov faoliyatini o'zaro solishtirdi. 

"O'runov jamoasini o'zgartirishi kerak. U erda moliyaviy muammolar bor. Futbolchi maoshi kamayishiga rozi emas. U hozir yo pulni, yo faoliyatini o'ylashi lozim", – dedi Irismetov.

- Uni futboldan voz kechib, pul ishlash istagida ayblaysizmi?

- Yo'q, men hukm o'qimadim. Lekin bir paytlar Eldor SHomurodov "Rostov" sabr qildi, chidadi. U Osiyoda 5-10 barobar ko'p pul topishi mumkin edi. Inson o'z niyatiga etdi – Italiyaga jo'nadi. Bu faqat O'runovning tanlovi. Men uning moliyaviy ahvolini bilmayman. Pul – bu pul: u ko'p narsani hal qiladi.

- SHomurodovning "Roma"dagi faoliyati haqida qanday fikrdasiz?

- U 27 yoshda. Faoliyat cho'qqisi ko'pincha 25-30 yoshga to'g'ri keladi. Dibalani "Roma"ga olib ketishdi, u erda Abraxam ham bor. Eldorga qiyin bo'ladi. Maydonga tshib, gol ursa ham, Joze Mourinyu boshqalarga ustunlik beradi. O'zbekiston terma jamoasi futbolchisini 10-15 daqiqa qanoatlantirmasa kerak.

U "Roma"ga o'tib, to'g'ri ish qilgan. Ha, bu ish bermadi. Negaligini bilmayman. Biroq, bu o'sish. Har bir futbolchi kuchli klubda o'ynashni xohlaydi. Eldorga kam imkoniyat berishmoqda. U yangi jamoaga o'tganida, asosiy tarkib uchun munosib ekanligini isbotlashi kerakligini bilardi. SHomurodov hozir kam o'ynayapti, lekin doim foydali to'p tepadi. O'zining 10-15 daqiqasida o'yinni keskinlashtiradi. SHomurodov hali ham o'z darajasini namoyish qilib kelmoqda.

Abraxam – juda kuchli hujumchi. U rimliklarning birinchi raqamli hujumchisi. Natija ham buni yaqqol ko'rsatadi. Men ularni solishtirmoqchi emasman. Mourinyu bitta hujumchi bilan o'ynab, to'pni o'zida saqlay oladigan va gol uradigan baland bo'yli hujumchiga ishonch bildiradi. Eldorning o'yin uslubi biroz boshqacha. Abraxam Mourinyuning taktikasiga mos keladi.

Bundan tashqari, yana bir holatni ajratib ko'rmatmoqchiman. El-SHaaravi ko'pincha SHomurodovni mensimaydi. U to'pni Abraxamga uzatadi, Eldorga emas. El-SHaaravi kim ikkinchi raqamli ekanligini biladi. Stefan Abraxam bilan raqobatlashmagan. U SHomurodov bilan raqobatga kirishadi. Men El-SHaaravi uni etiborsiz qoldirgan ko'plab o'yinlarni ko'rdim. Bu raqobat – ha, Eldor bunga tayyor bo'lishi kerak. Biroq sog'lom raqobat bo'lishi, bu jamoaning natijalariga ziyon keltirmasligi kerak.

– Evropaga moslashish ruslarga qaraganda o'zbeklarga osonroqmi yoki taqqoslab bo'lmaydimi?

- Evropadagi ruslar o'z vatanidagi kabi porlamaydilar. O'zbekistonliklarga ham, rossiyaliklarga ham mentalitet to'sqinlik qiladi. Men yaqinda do'stimga aytdim: Abraxam takabbur, sheriklari oldida haybatli. SHomurodov esa uyatchan. Ostonni esa yumshoq deb ayta olmayman. “Paxtakor”da sport direktori sifatida ish boshlaganimda, u bilan biroz suhbatlashdim. U murakkab xarakterga ega. Xafa bo'lib qolishi ham mumkin.  O'zbekistonda murabbiy unga moslasha oladi – Rossiyada esa buni hech kim qilmaydi. O'zbekistonda unga osonroq: "Ostonchik, yuguraqol". Rossiyada kim unga shunday deydi?

Avvalroq SHomurodovga Turkiya chempioni qiziqayotgani haqida xabar bergan edik.  

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика