So’nggi yangiliklar

00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  1 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  0 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  2 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  3 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  4 19:20Ҳатто Польша Биринчи лигаси вакили ҳам Балотелли билан шартнома имзолашни хоҳламади  4 18:49Ямаль: "Мен тун ярмида уйғониб, печенье ейиш учун эртароқ ухлайман"  8 18:20ПСЖ "Реал" асосий футболчисига фойдали шартнома таклиф қилишга тайёр  1 17:51"Челси"нинг икки футболчиси сафга қайтди ва "Астон Вилла"га қарши ўйинга тайёр  1 17:22"Манчестер Юнайтед" Семеньо бўйича муваффақиятсизликдан кейин "Лейпциг" юлдузига кўз тикди  4 16:54"Атлетико" Сёрлотни 35-40 млн евро эвазига сотишга тайёр  1

Irim omad manbai…mi Yangiliklar

Irim omad manbai…mi

Hozirgi zamon ruhshunoslarining fikricha, futbolchilik - irim-sirimlarga eng moyil kasblardan biri ekan.

Bunga qo'shilmaslikning imkoni ham yo'qday. Zero, futbol vakillari biz uchun o'ta g'ayritabiiy bo'lgan narsalarga ham ishonaverishadi: kimdir paypog'ini umuman yuvmasa, yana kimdir g'alabali o'yindan keyin butsasini tozalamaydi. Ularning fikricha, bu irim keyingi bahslarda omad keltirarmish. Yuqoridagi misollar aksariyat futbolchilarga xos. Lekin bazi bir charm to'p ustalarida shunday shaxsiy irimlar borki, hayron qolasan, kishi. Quyida futbol olamidagi eng g'ayritabiiy irimlar va ularning sohiblari haqida so'z boradi.

1. Krishtianu Ronaldu

Aksariyat TOP-ro'yxatlarda bo'lgani kabi, irimchilar safini ham barcha taniydigan Krishtianu Ronaldu ochib beradi. CHunonchi, Madridning Real klubi va Portugaliya terma jamoalarining hujumchisida shunday bir antiqa odat bor - u o'yin arafasidagi mashg'ulotlar vaqtida hech qachon darvozani nishonga olmaydi. SHu tariqa, ilohiy zarbalarini bevosita uchrashuvning o'ziga asrab qo'yadi. Uning fikricha, aynan shu odat muvaffaqiyat keltirarmish. Nima deb o'ylaysiz, bu irim hujumchiga ish beryaptimi? Albatta, biroq har doim ham emas. Qachonki, irim samara keltirmasa, Ronaldu shunchaki, jarima maydoni ichida o'xshatib yiqiladi-da, penalti so'rab hakamga yuzlanadi. CHakki emas-a, nima dedingiz?

2. Kolo Ture

Kolo Turening irimi ham Ronaldunikidan qolishmaydi. Aniqrog'i, Kolo har doim maydonga eng so'nggi futbolchi bo'lib chiqib keladi. Agar uning jamoadoshlaridan kimdir ki­yinish xonasida ushlanib qolsa, Ture uni sabr bilan kutadi va baribir eng oxirida chimga oyoq bosadi.

3. Loran Blan va Faben Bartez

Loran Blan va Faben Bartezlargagina tegishli bo'lgan irim futbol tarixidagi eng g'alati va noyob odatlardan biri sanaladi. Katta yoshli futbol muxlislari buni yaxshi bilishadi. Bilmaganlar uchun esa takrorlash qiyin emas: Franciya termasining har bir o'yini oldidan jamoa sardori Loran Blan darvozabon Faben Bartezning yaltillagan taqir boshidan o'pib qo'yardi. Lorandan bosh­qa hech kim bunday huquqqa ega emas. Kim biladi deysiz, balki xuddi shu irim uch ranglilarning 1998 yilgi mundialda, 2000 yilgi Evropa chempionatida g'olib chiqishlariga sabab bo'lgandir...

4. Tomash Rosicki

Xalqaro o'yinlar oldidan milliy madhiyalarga jo'r bo'lish - olijanob tuyg'u. Bunday vaqtda ko'pchilik futbolchilar hissiyotlari jo'sh urib, yurt­ga bo'lgan sadoqatni chin dildan izhor qilishadi. Hattoki, KXDR termasi hujumchisi CHon Te Se madhiya ijrosi paytida yig'lab yuborganini ham ko'rganmiz. Bor ovozi bilan madhiyani ijro etmagan futbolchini esa aksariyat hollarda vatanga muhabbati sustlikda ayblashadi. Biroq CHexiya termasi etakchisi Tomash Rosicki garchi madhiya matnini pichirlab takrorlasa-da, chex futbol ishqibozlari undan ranjishmaydi. Negaki Tomash o'smirlik vaqtida bir gal gimnni deyarli qichqirib aytgan va o'sha o'yin­da chexiyaliklar raqibga yirik hisobda mag'lub bo'lishgan. O'shandan beri Rosicki madhiyani o'ta past ovozda kuylaydi. Lekin bu irim terma jamoani mag'lubiyatlardan saqlab qololmayapti.

5. Vasiliy Berezuckiy

Rossiya terma jamoasi va CSKA klubining tengsiz markaziy himoyachisi Vasiliy Berezuckiyda ham irimga moyillik yo'q emas. Uning odati deyarli boshqa hech bir futbolchida uchramaydi. Xullas, gapning lo'ndasini aytganda, Vasiliy o'yin oldidan hech kimdan pul olmaydi. Yani, agar siz undan qarz bo'lsangiz, rasmiy uchrashuv kuni Berezuckiyni qidirib yurmang - u baribir, pulingizni olmaydi. CHunki bir gal u o'z odatiga qarshi borib, jamoadoshi Gabulovga bergan pulini qaytarib olgandi, CSKA o'sha kuni Portudan 0:2 hisobida engildi.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика