So’nggi yangiliklar

04:48Париж-2024. Ўзбекистон гуруҳ босқичида барча жамоалар ичида қандай кўрсаткичлар қайд этди?   1 00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  11 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8

Iqtidoringiz qaerga ketdi? Yangiliklar

Iqtidoringiz qaerga ketdi?

Kelajagi porloq deyilgan Gabriel Barbosa va Renatu Sansheshga nima bo'ldi? O'tgan yil yozda bu ikki futbolchi jahon futboli ertasi deb atalayotgandi.

Portugaliyalik esa 2016 yil so'ngida “Golden Boy” sovriniga ham ega chiqqandi. Hozir Gabigol “Benfika” zaxira o'rindig'ida o'tirib, oylik maosh olmoqda. Sanshesh esa “Suonsi”da o'z yo'lini topish ilinjida, ammo...

Xo'sh, sabab nimada? Yosh iqtidorlarga nima bo'ldi?

Gabriel Barbosa
Braziliyaliklarning ko'pchiligi kabi, Barbosa asosiy jamoa tarkibida 17 yoshidayoq debyut usrashuvini o'tkazdi. “Santos” avval boshidan transfer narxini qimmatroq qilib belgilab qo'ydi. Gabriel esa boshidan gollarni taxlay boshladi. 2016 yil yozida futbolchi uchun “ayovsiz” jang avj oldi. “Final”ga Italiyaning “Yuventus” va “Inter” jamoalari chiqishdi. Ammo turinliklar yakunda Marko Pyacani sotib olishga qaror qilishdi, “Inter” esa vunderkind evaziga kattagina tovon puli to'lab berdi. Bu orada Barbosa Olimpiadaga borib keldi. U musobaqad 8 bor raqib darvozabonlarini ranjiti va Braziliya uchun uzoq kutilgan oltinni taqdim etdi.

Ammo De Bur qo'l ostidagi Barbosani o'yinga tashlashga shoshilmadi. “Inter” mavsumni omadsiz boshlaganiga qaramay, Gabriel hamon “o'yindan tashqarida” edi. Uni na chempionatda, na Evropa Ligasida maydonga tushirishni istashmadi. “Santos” prezidenti eski tanishining ketmoni “sovuq” muomala tufayli “uchmayotgani”ni takidlardi. Uning fikricha Barbosani “Inter”dagilar hurmat qilmasdi. Ammo na De Bur, na Pioli hujumchiga ishonch bildirishmadi. Ikki xil uslubdagi ikki xil inson, bir-biriga o'xshamagan ikki mutaxassis... Balki futbolchining o'zi mashg'ulotlarda etarlicha mehnat qilmagandir, balki o'yinchini ruhiy muammolar bezovta qilgandir. Endi buni faqat tahmin qilishimiz mumkin. 25 mlnga sotib olingan Barbosa 9 bor maydonga tushdi va bor yo'g'i 1ta gol urdi.

2017 yil yozida iqtidorli Gabrielni “Las-Palmas”, “Fenerbaxche”, “Sampdoriya” kabi “grandlar” o'z safiga chorlashdi. “Sporting” esa xattoki ijara vaqtida futbolchi maoshining bir qismini ham to'lashni istamadi. Yakunda Barbosa “Benfika” safini to'ldirdi. Keyin nima bo'ldi bilasizmi? Ne taajubki, Portugaliyada yana o'sha tarix takrorlandi. Barbosani shunchaki maydonga tushurmay qo'ya qolishmoqda. Nega? Ketma-ket 3 murabbiy (qisqa vaqt birga ishlagan Spalettini inobatga olsak 4ta) ataylab yosh iqtidor sohibini “sindiryaptimi”? Ishonish qiyin. Bundan kelib chiqadiki, Gabriel Barbosa – yoshlikda o'zini ko'rsatib, yulduzlik kasaliga chalingan va kuchliroq chempionatda yo'qolib qolgan, navbatdagi iqtidorli braziliyalik xolos. Yoki u hali o'z jamoasini topa oladimi? Hozircha futbolchining agenti ijara shartnomasini bekor qilish harakatida, futbolchini esa “Santos” va Xitoyda ko'rish niyatidalar. Barbosa bor yo'g'i 21 yoshda. Unga vaqt berish zarur. Uni ro'yxatdan o'chirishga biroz vaqtlidek. Ko'ramiz, davomi nima bo'larkin...

Renatu Sanshesh
Sanshesh ismini futbol jamoatchiligi ilk bor MYU unga 60 mln to'lamoqchiligi haqidagi xabarlar tarqalganda o'qigan, bilagandi. 18 yoshli portugal uchun shuncha summa? U paytda hali Neymar transferi amalga oshmagan va transfer bozorida pulning qadri boshqacharoq edi. Boshqa tarafdan portugal bozorini MYU bo'lmasa, kim yaxshi biladi? “Bavariya” chaqqonroq chiqdi va may oyidayoq vunderkind bilan kelishuvga erishganini elon qildi. Transfer narxi – 35 mln evro.

Sanshesh CHLda debyut qilishga ham ulgurdi ammo, dunyo uni nimalarga qodirligini Franciyada bo'lgan Evropa CHempionatida ko'rib qo'ydi. CHindan, tan olish lozim, o'sha turnirda Renatu zo'r o'ynagandi. SHaxsan men o'shandayoq, “Axir nega Andre Gomesh uchun grandlar bu qadar kurashmoqda, 18 yoshli vunderkind hozirning o'zida Gomeshdan “o'lsa, o'ligi ortiqku” deb yuborgandim. CHindan ham Sanshesh Evropa CHempionatini ajoyib o'tkazdi va yil yakunida “Golden Boy”ni qo'lga kiritdi.  

Bu g'alati eshitilishi mumkin, ammo Sanshesh klub tanlashda adashdi. Aniqrog'i kerakmas vaqtda, kerakmas joyga borib qoldi. Anchelotti doimo sinalgan jangchilarga ishonch bildiradi, kamdan-kam rotaciyaga qo'l uradi. Natijada Renatu bor yo'g'i 17 uchrashuvda maydonga tushdi. Statistikaga ishonadigan bo'lsak, Sansheshning o'zi ham maydonga tushgan vaqtida ham bir nimani qoyillatmagan. To'pni o'zida xaddan ziyod ushlab qolish va noaniq paslar yosh futbolchiga pand berdi. 2017 yil yozida nemislar futbolchini ijaraga berib o'tirmay, bir yo'la sotib yuborish niyatida ekanligi haqida gap-so'zlar paydo bo'ldi. “Bavariya” o'zining yosh iqtidorli futbolchilarini sotishga o'rganmagan. Demak, gap boshqa narsadadir. Balki, Sanshesh u qadar iqtidorli emasdir?

Futbolchini avvaliga “Milan”, keyinroq “CHelsi” va “Arsenal” o'z safiga qo'shib olmoqchi ekanligi haqida malumotlar paydo bo'ldi. Ammo “Bavariya” bu transferdan 48 mln evro ishlab olish niyatida edi. Bu narx esa xaridorlarni “qochirib” yubordi. Yakunda faqatgina “Suonsi” varianti qoldi. Bir qarashda, jismonan baquvvat portugal jamoaga va chempionatga tezda moslasha oladigandek edi. Ammo yo'q. To'pni olib qo'yishdagi passivlik, yuqoridagi kurashlarda imkoniyatni boy berishi va qaror qabul qilishda xaddan ziyod ko'p vaqt sarflashi markaziy himoyachi uchun maqtanadigan sifatlar emas. Whoscored malumotlariga ishonadigan bo'lsak, Renatuning har bir o'yindagi o'rtacha bahosi – 6.47. Bunaqa yomon natijaga erishishning o'zi bo'lmaydi. Balki yanvardayoq “oq qushlar” futbolchidan voz kecharlar.

Endi o'ylab ko'ring, vunderkindlar muammosi nimada? Klub tanlashdagi xatomi? SHunchaki omadsizlik? Yoki gap xarakterdami? Yoxud ularni shunchaki iqtidorlarini keragidan ortiq maqtalganmidi?

Sanshesh vaziyatida chamamda, birinchi muammo hammasiga sabab bo'ldi. Axir Evropa CHempionatida u nimalar qilganini barcha ko'rgandi. SHunchaki futbolchi aytib ulgurganimizdek, kerakmas vaqtda, kerakmas joyda bo'lib qoldi. Agar o'yin uslubi bo'yicha mos keladigan jamoani topsa, balki biz yana Sanshesh ijrosidagi yorqin o'yinlarni ko'rarmiz.

Gabigol esa chindan, ortiqcha baho berib yuborilgan braziliyaliklardan biri shekilli. Ammo nima bo'lganda ham hammasi futbolchilarning o'z qo'llarida. Biz ularga faqatgina omad tilab qolamiz. Kuchli futbolchilar ko'p bo'lsa, biz ko'radigan o'yin ham shunchalik zavqli bo'ladi axir.


Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика