So’nggi yangiliklar

13:44Ўзбекистонда ўтадиган футзал бўйича Жаҳон чемпионати-2024 тимсоли эълон қилинди  5 13:22Эркин фикр: Олимпиада футболдан воз кечиши керак  5 13:00Бугун Олимпиадада иштирок этадиган спортчиларимизнинг иштирокидан ОНЛАЙН  1 12:53Флик: "Биз тўғри йўлдамиз, ҳали яна қўшишимиз мумкин"  4 12:05Анчелотти: "Суперкубок ҳақида ўйлаш вақти келди"  4 11:18"Месси мени ҳамиша тушликка таклиф қилади"  10 10:26"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Икрамов Темур  0 10:11Англия терма жамоасини сентябрь ойидаги ўйинларида ким бошқариши маълум  1 09:44«Бавария» ёзда тўрт нафар футболчисини сотади  3 09:15Мбаппе ёки Виниcиус? Анчелотти «Реал Мадрид»да ким пенальти тепишини айтди  3 08:48Ўзбекистон кубоги. Бугун чорак финалнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  18 08:20ЕЧЛ, 3-саралаш босқичи. Кечаги кун натижалари билан танишинг  1 07:55Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Милан" 2:2, "Барса" пенальтиларда ютқазди  2 07:50Бугун Баҳодир Жалолов ва яна 4 нафар спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этади (рўйхат)  4 07:35Ўртоқлик учрашуви. "Реал Мадрид" - "Челси" 2:1, Мудрикнинг тезкор рейдига аниқлик етишмади  1

Iqbol Boboxonov: "Mashal"dagi sharoitlar menga manzur bo'ldi" Yangiliklar

Iqbol Boboxonov: "Mashal"dagi sharoitlar menga manzur bo'ldi"

Neftchi klubidan ketgan Iqbol Boboxonov yangi mavsumni Mashalda boshlaydigan bo'ldi.
Dekabr oyidan boshlab muborakliklarning yig'inlarida ishtirok etib kelgan Boboxonov klub bilan ikki yil shartnomani imzoladi. Uning harakatlari bosh murabbiyga manzur bo'ldi va Boboxonovni jamoada qolishiga imkoniyat yaratib berishdi. Boisi, futbolchi borasida bosh murabbiy bilan so'raganimizda, u Iqbolni sport formasini ushlab turish uchun mashg'ulotlarda ishtirok etayotganligini malum qilgandi. Buni qarangki, tajribali himoyachi murabbiyni nazarini tortishga erishdi. SHartnoma imzolanganidan so'ng futbolchi bilan bog'lanib, o'zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik.

  - Iqbol aka, Mashal yig'inlarida ishtirok etayotganingizda, Aleksandr Xomyakov sizni shunchaki sport formasini ushlab turish uchun yugurayotgan edi degandi. Buni qarangki, yakunda jamoada qolishingiz malum bo'ldi.


  - Albatta, qolishim uchun o'zim astoydil harakat qildim. Mashg'ulotlarda futbolchilar bilan birgalikda tengma-teng yugurib, sport formadan chiqib ketmaslik ilinjida bo'lgandim. Qolaversa, ikkita nazorat uchrashuvida ishtirok etdim. Paxtakor va Lokomotivga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvlaridagi harakatlarimdan so'ng muborakliklar tomonidan menga ikki yil shartnoma taklif qilindi. Men buni qabul qilishga rozilik bildirdim.

  - Mashal bilan bitim imzolash oldingizdagi so'nggi imkoniyat edimi yoki boshqa takliflar ham bormidi?

  - Takliflar tushdi. Neftchidan ketishim malum bo'lganidan so'ng bir qator jamoalar aloqaga chiqishdi. Endi qaysi jamoalardan taklif bo'lganligini oshkor qilmoqchi emasman. Boisi, Mashal bilan shartnoma tuzib bo'ldim hamda qolgan masalalarni o'ylashni istamayapman.

  - Mashal klubi sizga qaysi jihati bilan maqul tushdi?


  - Klubning vazifalari aniq. Kelgusi mavsumdan yanada yuqori o'rinlar uchun kurashadi. SHuningdek, klubda barcha sharoitlar yaratilgan va shu jihatlari ham meni shartnoma tuzishimga turtki bo'lgan omillardan biri bo'ldi deya olaman. Asosiysi, futbol o'ynash uchun barcha sharoitlar va imkoniyatlar bor.

  - Muhitga moslashib ketdingizmi? Bu erda o'zingizni begonadek his qilmayapsizmi?


  - Boshida qiyinchilik bo'ldi. Lekin vaqt o'tgani sari muhitga tobora moslashib ketdim. CHunki Neftchida to'p surib kelgan paytimda mashg'ulotlardan keyin to'g'ri uyga ketardim. Oilamga yaqin edim. Muborakliklarga kelganimdan so'ng oilamdan biroz uzoqlashdim. Dastlabki kunlari zerikish bo'ldi. Ammo o'rganib ketdim va hozir o'zimni hech qanday begonadek his qilayotganim yo'q. Ilgari bitta jamoada o'ynagan do'tslarim bor. Ular ham qo'llaridan kelgancha menga yordamlashishmoqda. Hozircha hammasi yaxshi. Tezroq yangi mavsum start olishini kutmoqdaman.

  - Neftchida uzoq yillar mobaynida to'p surib keldingiz. Mazkur jamoani tark etishingiz kutilmaganda ro'y berdimi?


  - Futbolchini taqdiri shunday. Bugun bu jamoada bo'lsa, ertaga boshqasida uchratasiz. Men farg'onaliklardan ketishni hayolimga ham keltirmagandim. Endi shunady bo'lib qoldi. Qachondir yana Neftchiga qaytishim ham mumkin. Buyog'ini oliy hakam vaqt ko'rsatadi. Asosiysi, Mashalga bejiz kelmaganimni isbotlashim hamda jamoaning muqim futbolchilaridan biri bo'lishga harakat qilmoqchiman.

  - Farg'onaliklar safini tark etishingiz qay tariqa ro'y berdi? Aslida nima sabab bo'ldi?


  - Yangi shartnoma borasida biroz kelishmovchilik bo'ldi xolos. Moliyaviy tomonlama kelisha olmadik hamda ketishim kerakligini tushunib etdim. Ketish og'ir bo'ldi. Lekin ketmasam bo'lmasligini tushunib turgandim va oldimda Mashal varianti turgandi. O'ylab-o'tirmasdan shu erga keldim. CHunki klub o'tgan mavsumda chempionatni yuqori notada tugata oldi hamda yangi yilda yanada balandroq vazifalarni qo'yishi tabiiy edi. SHuning uchun ham muborakliklar safiga kelib, mashg'ulotlariga qo'shilib ketishga qaror qilgandim. O'ylaymanki, yangi jamoamda ishlarim yaxshi bo'lib chiqadi.

  - SHaxsan o'zingiz Farg'onada qolish istagida edingiz, shundaymi?

  - Bo'lmasamchi! Qolish istagida edim. Yangi shartnoma masalasida kelishuvga erishganimizda, o'ylaymanki barchasi ijobiy yakun topgan bo'lardi. Uyimga yaqinroq joyda o'ynashni istayotgandim. Lekin bunday bo'lib chiqmadi. Kuchimni boshqa viloyat klublarida sinab ko'rish varianti yuzaga keldi hamda buni amalga oshirmoqdaman.

  - O'tgan mavsumda Neftchi o'z darajasida futbol ko'rsata olgani yo'q. Buni sababi nimada deb o'ylaysiz?

  - Klubda muhit yomon emas. Hammasi yaxshi. Yanada chiroyli bo'lib ketishi uchun biroz vaqt kerak. Muxlislarimiz g'alabalarga o'rganib qolishgan. Ularni xursand qilish uchun esa faqat muvaffaqiyatlar qo'l kelishi mumkin. O'ylaymanki, yangi mavsum avvalida klub tarkibi munosib tarzda kuchaytiriladi. Keyin esa jamoa o'yinlarida ham barqarorlik yuzaga kelib qoladi degan umiddaman.

  - Faoliyatingiz mobaynida Yuriy Sarkisyan, Murod Ismoilov singari mutaxassislar bilan ishlab ko'rdingiz. Endilikda Aleksandr Xomyakov qo'l ostida to'p surasiz. Dastlabki kunlardan boshlab ushbu mutaxassis xususida qanday taassurotlarga ega bo'lib bormoqdasiz?

  - Avvalo yuqorida siz aytib o'tgan mutaxassislar borasida so'z yuritsam. Yuriy Vazgenovich meni tarbiyalagan va shu darajaga chiqishimda eng katta ishni qilgan mutaxassis hisoblanadi. Aynan u inson tufayli ancha tajribaga ega bo'ldim. Ismoilov ham yomon murabbiy emas. Klubga kelgan kunidan boshlab, futbolchilar bilan munosabatlarini yaxshilab bordi. Ikkisini ham bir-biridan ajratmayman. Rossiyalik mutaxassis to'g'risida gapirar ekanman, Xomyakov menda yomon taassurot qoldirmadi. Mashg'ulotlari ham qiziqarli, o'yinchilarni hech ham ajratmasligi menga manzur bo'ldi. Hammani birdek ko'rib, hazillashib turar ekan. Harakatlarimni ijobiy baholadi hamda klubda qolishimga imkoniyat eshikini ochib berdi. Endilikdagi navbat menga keldi hamda uni ishonchini to'liq oqlash uchun qo'limdan kelgancha harakat qilmoqchiman.

  - Mashal klubida ham xuddi farg'onaliklardagi kabi keskin raqobat bor. Buni his qilayotgan bo'lsangiz kerak?


  - Raqobat qaysi jamoada yo'q deb o'ylaysiz? U xoh, Neftchi bo'lsin, xoh Mashal barchasida o'ziga yarasha raqobati bo'ladi. Sog'lom raqobatni bo'lgani bizning foydamizga yaxshiroq deb hisoblayman. Yangi mavsum boshlanishiga biroz vaqt bor. Mashg'ulotlarda, nazorat uchrashuvlarida maydonga chiqib, murabbiyni ishonchini oqlab borilsa, o'ylaymanki, ko'zlangan maqsadga erishilsa bo'ladi. Hammasi o'zimga bog'liq. Yanada ko'proq kuch bilan harakatni bo'shashtirib yubormasdan, asosiy tarkibga munosib bo'lishga harakat qilsam, o'ylaymanki bu erdagi ishlarim yomon bo'lmasdi.

Izzatbek suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика