Iordaniyada Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi o'tkazildi
09 apr 2018 13:55
Yangiliklar
Iordaniyada Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi o'tkazildi
Mamlakat poytaxti Ammanda bo'lib o'tgan musobaqaning ochilish marosimi tantanali ravishda kechdi. Bunda iordaniyalik mashhur xonandalar Nidaa SHarara va Hana Malhas musobaqaning rasmiy qo'shig'i "Cheer for Her"ni ijro etib berishdi. Qo'shiq so'zlari arab va ingliz tilida yozilgan.
Qo'shiqni arab tilida kuylagan xonanda Nidaa SHarara o'tgan yil "Arab ovozi" sovrinini qo'lga kiritgan. Ochilish marosimida shuningdek boshqa sanatkorlar ham ishtirok etishdi. Malumot uchun, bu yilgi Osiyo chempionatida 8ta jamoa ishtirok etmoqda. Jamoalar to'rttadan ikki guruhga bo'lingan. "A" guruhida Xitoy, Filippin, Iordaniya va Tailand kurashmoqda, "V" guruhidan Yaponiya, Avstraliya, Janubiy Koreya va Vetnam o'rin olgan.
Yana bir malumot shuki, OFK o'z tarixida birinchi marta musobaqa mezbonligini G'arbiy Osiyo davlatiga topshirdi. Musobaqada sakkizta ayollar jamoasi ishtirok etayotgan bo'lsa, shundan omadli beshtasi keyingi yil Franciyada bo'lib o'tadigan jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritadi.
Osiyo chempionatining rasmiy qo'shig'i
TAS-IX emas
Fikrlar