So’nggi yangiliklar

08:15Яна бир ТОП футболчи "Ал Насср"га ўтишга розилик берди  0 07:38Суперлига. Бугун Фарғона ва Самарқандда дахшатли ўйинлар бор  7 07:05"Кристал Пэлас" "Ливерпул"ни мағлуб этиб, ўз тарихида илк марта Англия Суперкубогини қўлга киритди  0 06:50Суперлига. "Сўғдиёна" "Машъал" устидан ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  0 03:00“Пахтакор-79” хотирасига бағишланган шеър  3 02:07Гампер кубоги. "Барселона" "Комо"ни тор-мор этди, Фермин ва Ямал дубль қайд этди  17 00:16Бельгия Про лигаси. "Антверпен" "Ауд-Хеверле Лёвен"ни мағлуб этди, Ўринбоев янги жамоасида дебют қилди  8 23:58Ўртоқлик ўйинлари. "Челси" "Милан"ни, "Юве" "Боруссия"ни мағлуб этди, "Ал Насср" эса Ла Лига дебютантига таслим бўлди  7 23:20Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" илк турда ўз уйида йирик мағлубиятга учради, Алиқулов захирадан майдонга тушди  0 23:14Арне Слот мағлубиятга изоҳ сифатида: "Кристал Пэлас"га ўтган мавсумда битта гол ургандик, бу сафар иккита"  3 22:44Отабек Нарзуллаев: "Ғалаба учун келгандик, бироз омад етишмади"  1 22:26Иван Бошкович: "Об-ҳаво ҳам ўйинга таъсирини ўтказди"  1 21:53"Барселона" Кристенсен бўйича қарорини ўзгартирди  0 21:16"Кристал Пэлас" трансферларга катта пул ишлатган "Ливерпуль"ни мағлуб қилиб, Англия Суперкубогини қўлга киритди!  28 20:55"Ман Сити" Доннаруммага қизиқмоқда. Клуб "Галатасарой" билан келишуви бор Эдерсоннинг кетишига тайёргарлик кўрмоқда  0

Iordaniya U-23 sardori Hadi Al-Hourani: "O'zbekistondagi atmosfera xuddi Iordaniyadek ekan" Yangiliklar

Iordaniya U-23 sardori Hadi Al-Hourani: "O'zbekistondagi atmosfera xuddi Iordaniyadek ekan"

U-23 Osiyo kubogi birinchi turidan o'rin olgan Iordaniya va Iroq termalari o'rtasidagi uchrashuv oldidan matbuot anjumani o'tkazildi.

Anjumanda Iordaniya termasi ustozi Ahmad Hayel va jamoa sardori Hadi Al-Hourani qatnashishdi.

Musobaqa haqida

- Bizning jamoa bu musobaqaga puxta tayyorgarlik olib bordi. Iordaniya futbolini yaxshi tomondan ko'rsatmoqchimiz. Biz bu erga kelishimizga qadar Qatar jamoasi bilan ikki o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdik. Bir o'yinda g'alaba qozongan bo'lsak, boshqa birida durang qayd etildi. Bu erdagi barcha jamoalar katta maqsadlarni ko'zlashgan. Biz esa hozirda bor etiborimizni Iroqqa qarshi birinchi o'yinga qaratmoqdamiz. Birinchi o'yindagi g'alaba qeyingi bosqichga chiqish uchun katta turtki bo'lishi mumkin. SHu sabab ham g'alaba uchun bor ishni qilamiz.

- Hadi Al-Houraniga savol. Bu musobaqa siz va sizning jamoangiz uchun o'zingizni ko'rsatishingiz uchun ajoyib imkoniyat. Guruh bosqichidan avvalgi fikrlaringiz?

- Iordaniya termasi futbolchilari musobaqaning final bosqichiga to'liq tayyor. Taktik va boshqa jihatlar bo'yicha ham biz tayyormiz. Hozir biz oldingi musobaqalarga qaraganda ko'proq tajribaga egamiz. O'zbekistondagi atmosfera huddi Iordaniya kabi. Bu esa bizga yaxshi. 

- Janob murabbiy, Iroqqa qarshi birinchi uchrashuvdan oldingi firklaringiz qanday?

- Ushbu o'yinda Iroq bilan imkoniyatlarimiz teng. Biz Iroqning Eronga qarshi o'tkazgan ikki o'yini ko'rdik. O'ylaymanki biz o'yinga tayyormiz.

- Iordaniyaning ushbu musobaqadagi maqsadi qanday va guruhdagi qaysi jamoani o'zingizga eng noqulay raqib deb bilasiz?

- Bu musobaqaga yaxshi tayyorgarlik olib borganmiz. Bundan avval Qatarda o'yinlar o'tkazdik. Mart oyida esa Turkiyada yig'in o'tkazdik. Guruhimizga keladigan bo'lsak, barcha raqiblar kuchli. Guruhdagi hamma terma jamoaning imoniyatlari teng.

- Jamoada yo'qotishlar yo'qmi? Ushbu musobaqaga o'zingiz uchun optimal bo'lgan tarkibni yig'a oldingizmi?

- Barcha futbolchilarimiz yaxshi formada va musobaqaga yaxshi tayyorlangan. Musobaqaga qadar bir necha jarohatlar bor edi, ammo hozir barchasi yaxshi.

- Jamoa sardoriga savol. Musobaqada juda kuchli raqiblarga duch kelasizlar. SHu haqidagi fikringiz...

- Iordaniya har doim kuchli jamoa bo'lgan. Bizda o'zimizga bo'lgan ishonch, tajriba bor. Biz keyingi bosqichga yo'l olishimizga ishonamiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика