So’nggi yangiliklar

09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  0 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  1 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  6 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  0 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  7 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  9 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  31 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  1 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0

Iordaniya termasi bosh murabbiyi: "Koreya juda kuchli edi, ammo raqibni keragidan ortiq hurmat qilish noto'g'ri" Yangiliklar

Iordaniya termasi bosh murabbiyi: "Koreya juda kuchli edi, ammo raqibni keragidan ortiq hurmat qilish noto'g'ri"

Osiyo kubogi birinchi yarim final o'yinida Koreya Respublikasini fantastik tarzda mag'lubiyatga uchratgan Iordaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Husayn Ammuta uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida qatnashdi.

- Janob murabbiy, sizga butun iordaniyalik muxlislar nomidan minnatdorchilik bildirmoqchiman. Terma jamoamizdagi futbolchilar va bu natijaga qanday erishganimiz haqida gapirsangiz? Final haqida nima deya olasiz?

- Bugungi tarixiy natijaga hissa qo'shgan barchaga rahmat. Aynan futbolchilarimiz g'alaba yo'lida eng ko'p ter to'kishdi. Final haqidagi savolga hozir javob berish qiyin. Koreyaga qarshi o'yindagi bazi jihatlarni tahlil qilishimiz lozim, bundan tashqari raqibimiz hali malum emas. Osiyo kubogidan oldin xavotirlarim borligini aytgandim. Bizda jarohatlangan futbolchilar bor edi, tayyorgarlik bosqichi ham unchalik yaxshi bo'lmagandi. Futbolimizni rivojlantirish uchun ko'p ish qilishimiz kerak. Futbol infrastrukturasiga ko'proq investiciya kiritishimiz kerak. Bolalar futbolini rivojlantirish shart. Hozir tarkibimizdagi Musa Tamari Franciyada to'p tepmoqda. Aminmanki, keyingi yillarda yana 4-5 nafar futbolchi Evropaga yo'l oladi. APL va Franciya klublarida iordaniyaliklar harakat qilishni boshlaydi. Hozir futbolchilarimiz va Evropa orasida katta to'siq bor. Biz bu devorni olib tashlashimiz kerak. Koreya Respublikasi kabi terma jamoalarga qarshi qozonilgan katta g'alabalari ana shunday to'siqlarni olib tashlashga xizmat qiladi. Dunyo darajasidagi o'yinchilarni etishtirib berish payti keldi.

- Koreya Respublikasiga qarshi ikki marta maydonga tushdingiz. Qanday qilib ikki marta bu imtihondan yaxshi o'ta oldingiz?

Raqibning qanday jamoa ekani barchamizga ayon. Oxirgi beshta o'yinda Koreya Respublikasi 8ta gol o'tkazib, 11ta gol urgandi. Bugun esa raqib bizning darvozaga birorta aniq zarba ham bera olmadi. Birinchi bo'limda taxminan beshta qulay imkoniyatni ko'kka sovurdik. Ikkinchi taymdagi birinchi vaziyatimiz gol bilan yakunlandi. SHundan so'ng esa ikkinchi golni urdik. Bu jamoani tinchlantirishda katta yordam berdi.

- Iordaniya terma jamoasi o'z tarixida birinchi marta Osiyo kubogi finaliga chiqdi. Final o'yiniga jamoani qanday tayyorlaysiz?

- Bizda uch kun vaqt bor. Bu fursat hayotimda eng tez o'tadigan uch kun bo'ladi. CHunki tayyorgarlik ko'rish uchun vaqt kam. SHu muddat davomida jamoa to'liq qayta tiklanishga ulgurishi kerak. Koreya Respublikasi bilan bo'lgan bu safargi o'yin avvalgisidan ancha qiyin o'tdi. Ha, Koreya juda kuchli jamoa edi, ammo raqibni keragidan ortiq hurmat qilish noto'g'ri. Ularning kuchiga keragidan ortiq baho berish kerak emas. SHunda o'yinchilar o'z kuchlariga ishonishadi. Birinchi bo'limda biz koreyslardan ancha yaxshiroq o'ynadik. Ikkinchi taymda Koreya bizni himoyalanishga majbur qildi. Biroq, himoyada ishonchli harakat qildik va raqibning hujumdagi o'yinchilarini to'liq zararsizlantirdik.

- Osiyo kubogi startidan avval shunday tarixiy natija qayd etishni kutganmidingiz?

- To'g'risi, hech kim finalga chiqish haqida o'ylamagandi. SHu jumladan, men ham. Dastlabki matbuot anjumanida biz yaxshi tayyorgarlik ko'ra olmaganimiz haqida aytgandim. Tarkibimizdagi juda ko'p o'yinchilar klublarida etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmay, terma jamoaga kelishgandi. O'rtoqlik o'yinlari ham ko'ngildagidek o'tmadi, ammo biz bu turnirda bor energiyamiz bilan harakat qildik. Maydondagi 11 nafar futbolchi jamoadagi barcha qilgan mehnatni yuzaga chiqara oldi. Albatta, har bir o'yinning o'z hikoyasi bor. Qaysidir o'yinda qizil kartochka va penalti bo'lishi mumkin. Hammasi maydondagi o'yinchilarning aynan o'sha vaziyatdagi harakatlariga bog'liq. Masalan, Koreya Respublikasi bilan yana bir marta o'yin o'tkazsak, balki bu safar mag'lub bo'larmiz. Hech kim oldindan nima bo'lishi ayta olmaydi. Eng muhimi bugun biz barcha ishni to'g'ri bajardik.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика