So’nggi yangiliklar

20:14Абдуқодир Ҳусановнинг Беларусдаги мураббийи Тошкентдаги мастер-класс ўтди  1 20:04"Ювентус" — "Видад". Таркиблар маълум  2 20:00Суперлига. "Пахтакор" – "Қўқон-1912" (матнли трансляция)  7 20:00Суперлига. "Шўртан" – "Сурхон" 0:1 (матнли трансляция)  3 19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  0 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  4 18:22"Арсенал" "Реал" хавбекига қизиқишни тиклади  2 17:58"Барселона" Араухо бўйича қарор қабул қилди  1 17:28"Ювентус" хавбеки АПЛга йўл олиши мумкин  0 17:01"Байер" "Ливерпуль" футболчисини 30+5 млн фунт эвазига трансфер қилмоқда  1 16:38Деку: "Нико Уильямс "Барселона"га ўтмоқчи. Биз у билан шартнома имзолашга ҳаракат қиламиз"  0 16:13"Навбаҳор" ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 15:51Пеп "Ман Сити"нинг совринсиз мавсуми ҳақида: "Сиз буни хоҳлаган бўлардингиз, лекин бу ҳақиқат эмас. Англия Суперкубогини қўлга киритдик! Бу етарли эмас, лекин биз ютдик"  3 15:23Гулер: "Алонсо қўл остида ўзимни "Реал"нинг муҳимроқ футболчиси сифатида ҳис қиляпман"  2

Iordaniya murabbiyi shogirdlari Suriyani mag'lub etishiga ishonmoqda Yangiliklar

Iordaniya murabbiyi shogirdlari Suriyani mag'lub etishiga ishonmoqda

Bugun Iordaniya terma jamoasi safarda Suriyaga qarshi Osiyo Kubogi-2015 saralash bosqichidan o'rin olgan bahsni o'tkazadi.

Bu o'yin aslida martda bo'lib o'tishi lozim edi, ammo o'shanda JCH-2014 saralash bosqichi o'yinlari ham borligi uchun OFK qita birinchiligi saralash uchrashuvlarini avgustga ko'chirgandi. Demak, bugun Toshkent vaqti bilan 19:30 Suriya – Iordaniya bahsi boshlanadi.

Xabaringiz bor, hozir Iordaniya terma jamoasini o'z vaqtida Misrning eng yaxshi to'purar hujumchilaridan biri bo'lgan Hossam Hassan boshqarmoqda. Ushbu murabbiy shu yilning iyun oyi oxirlarida Iordaniya termasini qabul qilib oldi. Bungacha iordaniyaliklarni Adnan Hamd boshqarib kelayotgandi.
 
O'yindan oldingi matbuot anjumanida Iordaniya termasi ustozi quyidagi fikrlarni bildirdi: “Saralash bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etish bizning bosh vazifamiz. Biz Suriyani hurmat qilamiz, lekin ularni mag'lub etishimizga to'liq ishonyapman. Mana ikki oydirki terma jamoa tinmay mashg'ulot o'tkazmoqda. Bu orada Falastin va Liviya termalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdik. Mana endi Suriya bilan kechadigan o'yinni ham o'z foydamizga hal etsak, guruhda birinchi o'ringa ko'tarilib olamiz”.

Eslatib o'tamiz, Suriya – Iordaniya uchrashuvi siyosiy sabablarga ko'ra Eron poytaxti Tehronda o'tkaziladi. Bu esa Iordaniya uchun yanada ko'proq ustunlik berishi taxmin qilinmoqda.

“O'ylashimcha, Suriya uchun uyda yoki betaraf maydonda o'ynashning farqi yo'q, - deydi Hossam Hassan. – Hozir jamoalar istalgan joyda o'z kuchlarini namoyish eta olishyapti. Muhimi biz bir tekis o'yin namoyish etsak bas. Biz uyda va mehmonda bir xil to'p sursakgina o'z maqsadimizga erisha olamiz”.

O'z navbatida Suriya termasi ustozi Anas Maxluf ham bugungi bellashuv borasida o'z fikrlarini aytib o'tdi: “Suriyada davom etayotgan siyosiy notinch vaziyat tufayli uy uchrashuvlarini Tehronda o'tkazib turishga majburmiz. SHunga qaramay, qo'ldan kelgancha tayyorgarlik ko'rdik. Mana o'n kundirki Tehrondamiz va bu orada Eron birinchi ligasi vakili bilan kuch sinashdik. Biz ham Iordaniya bilan o'yinga tayyormiz”.

Muxlislarimiz yaxshi bilishadi, Iordaniya JCH-2014 pley-off bosqichida O'zbekiston terma jamoasining raqibi hisoblanadi. Vakillarimiz dastlab 6 sentyabr kuni Iordaniya bilan safarda to'p surishsa, 10 sentbyar kuni ularni o'z maydonimizda qabul qilamiz. SHunday ekan, Iordaniyaning har bir tayyorgarligi va o'yini biz uchun o'ta muhim.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика