Iordaniya murabbiyi: “Biz Urugvaydan qo'rqmaymiz”
13 noy 2013 11:01
Yangiliklar


Iordaniya murabbiyi: “Biz Urugvaydan qo'rqmaymiz”
JCH-2014 saralash bahslarining pley-off bosqichidan o'rin olgan bu o'yin bizni ham befarq qoldirmasligi tabiiy. CHunki bugun Iordaniya o'rnida biz bo'lishimiz mumkin edi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi. TV dasturga ko'ra, bugungi o'yin “Sport” telekanali orqali to'g'ridan to'g'ri namoyish etiladi.
Iordaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Hossam Hassanning aytishicha, uning shogirdlari bugungi raqibdan sira cho'chiyotgani yo'q: “Men Urugvay tugul, hatto Braziliyadan ham qo'rqmayman va buni futbolchilarga ham aytyapman. CHunki kim jahon chempionatiga borishni xohlasa, har qanday raqibdan qo'rqmasligi shart”.
Malumki, Hossam Hassan o'z vaqtida Misr terma jamoasining eng ishongan hujumchilaridan biri bo'lgan. U terma jamoasi bilan 1990 yilgi jahon chempionatida ishtirok etgan. Ayni paytda Iordaniya termasini boshqarayotgan ushbu murabbiy o'yindan oldingi matbuot anjumanida yana quyidagi fikrlarni bildirdi:
* Qo'l ostimda men qattiq ishonadigan bir nechta o'yinchilar bor. Men ularga tarixda qolish uchun juda yaxshi imkoniyat yuzaga kelganini bot-bot takrorladim. O'z tajribamdan malumki, futbolda ilojsiz ishning o'zi yo'q. Agar har ikkala bahsda oxirigacha kurashsak, o'ylaymanki, omad biz tomonda bo'ladi.
Iordaniya termasi safida bir nechta yo'qotishlar bor. Xususan, diskvalifikaciya tufayli darvozabon Amir SHafiy bugungi o'yinni o'tkazib yuborsa, Muhammad Dmeyri, Anas Bani Yasin kabi o'yinchilarda jarohat bor. Jamoa sardori Amir Dib esa murabbiy tuzgan ro'yxatga kiritilmagan.
X.Xoliqov tayyorladi.

Fikrlar