Inzagi: "Mening rekordimni Messi ham, Ronaldu ham takrorlay olmagan"
01 noy 2013 13:09
Yangiliklar

Inzagi: "Mening rekordimni Messi ham, Ronaldu ham takrorlay olmagan"
"Milan" sobiq hujumchisi Filippo Inzagi finallardagi urgan gollari bo'yicha rekordini Messi ham, Ronaldu ham takrorlay olmaydi deb hisoblaydi.
Hujumchi hisobida yirik finallarda urilgan sakkista gol mavjud. Ayniqsa Filippo "Liverpul" darvozasiga CHempionlar Ligasi finalida urgan ikki goli bilan g'ururlanadi (2007-yil).
"Afina finali oldidan Karlo Anchelotti Alberto Jilardino yoki meni tushirishga ancha ikkilangandi. U meni maydonga tushirdi va ikkita gol urishga muvoffaq bo'ldim. O'shanda men Superkubokda ham "Sevilya"ga ham gol urib, klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalida "Boka Xuniors"ga ham ikkita gol urdim. Bir mavsumda eng muhim 3ta finalda 5ta gol ura olganman. Bunaqasini boshqa hech qim qilgani yo'q. Na Messi va na Ronaldu. Bu mening rekordim", dedi Inzagi.

Fikrlar