Inyaki Uilyams Gana terma jamoasida o'ynaydi. U oldinroq Ispaniya termasida bitta o'yin o'tkazgan
06 iyu 2022 10:17
Yangiliklar


Inyaki Uilyams Gana terma jamoasida o'ynaydi. U oldinroq Ispaniya termasida bitta o'yin o'tkazgan
"Atletik" hujumchisi Inyaki Uilyams Gana terma jamoasi libosini kiyishini elon qildi.
U bu haqida twitter'da qo'ygan videosi orqali xabar qildi.
28 yoshli ispan oldinroq Ispaniya terma jamoasiga chaqirilgan. U 2016 yilning 29 mayida Bosniya va Gercegovina termasiga qarshi 30 daqiqa o'ynagan.
U shuningdek Ispaniya yoshlar terma jamoasida 17ta o'yinda 3ta gol urishga erishgan.
Gana JCH-2022da "H" guruhida Portugaliya, Urugvay va Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar