So’nggi yangiliklar

00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  2 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  1 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  0 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  1 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  64 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  9 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1

Intriga kerakmi? Oling, ana! Yangiliklar

Intriga kerakmi? Oling, ana!

Teglar :  Coca Cola Superliga
Superliganing oxirgi turlari juda qiziq o'tyapti.

Masalan, bu turda ham "Navbahor" o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Bu jamoa oxirgi to'rtta o'yinni "Lokomotiv", "Nasaf", AGMK va "Paxtakor"ga qarshi o'tkazib, ikki g'alaba va ikki durang qayd etdi. Bundan tashqari, mana shu to'rtta kuchli klub bilan bahslarda birorta gol o'tkazmadi.

Yoki bo'lmasa AGMKni olaylik. SHunday bo'ldiki, olmaliqliklar qatorasiga beshta o'yinda g'alaba qozona olishmadi: to'rt durang va bir mag'lubiyat. AGMKdan ketma-ket 5 o'yinda g'alaba qozonmaslikni kutish g'alati, to'g'rimi? Nihoyat, ularning g'alabasiz seriyasiga kecha barham berildi.

"Paxtakor"ning qatorasiga 7ta o'yindan beri davom etgan g'alabali seriyasi ham kecha tugadi. Jamoa o'z maydonida "Navbahor" bilan durang qayd etdi. Jadvalning yuqori qismida intriga qisman saqlanib qolgan, chunki durang o'ynagan bo'lishiga qaramay, "Paxtakor" eng yaqin taqibchisi "So'g'diyona"dan 15 ochkoga o'zib ketgan va katta ehttimol bilan bu yil ham chempionlikni nishonlaydi.

Jadvalning quyi qismida esa haqiqiy intriga yuzaga keldi. Masalan, 11-o'rinda borayotgan "Mashal" 16-turni safarda o'tkazib, Bekobodda "Metallurg"ni mag'lub etib qaytgandi. So'ngra kutilmaganda o'z maydonida "Andijon"ga 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi. 18-turni yana safarda o'tkazgan muborakliklar Qo'qonda oxirgi daqiqalarda gol urib 2:2 natijasini taminlashdi.

Bungacha ketma-ket oltita o'yinda mag'lub bo'lgan "Metallurg" esa safarda "Andijon"ni mag'lub etib qaytdi. Qizig'i shundaki, "Metallurg" o'z maydonida "Mashal"ga yutqazib qo'ydi. "Mashal" o'z maydonida "Andijon"ga imkoniyatni boy berdi va "Andijon" o'z maydonida "Metallurg"ga yutqazdi. Safarda "Metallurg"ni mag'lub etib qaytish oson emas, biroq "Mashal"ning o'z uyida "Andijon"ga yutqazib qo'yishi umuman kutilmagan ish bo'ldi.

"Andijon" bu mavsum shu paytgacha safarda faqat bir marta yutgandi: Yorqin Nazarov qo'l ostida jamoa Namangandan g'alaba bilan qaytgani esingizda. Safardagi ikkinchi g'alaba esa Viktor Kumikov davrida ro'y berdi. Lekin bu g'alaba uzoq tatimadi, chunki jamoa kecha yana mag'lub bo'ldi.

O'z maydonida ikkinchi o'rinda borayotgan "So'g'diyona"ni mag'lub eta olgan Superliga debyutanti "Turon" shundan so'ng qatorasiga uchta o'yinda imkoniyatni boy berdi. Va bu o'yinlar "Lokomotiv", "Nasaf" va AGMK bilan kechganini unutmaslik lozim. "Qizilqum" esa ikkinchi davra boshlanganidan beri g'alaba qozongani yo'q: uch durang va bir mag'lubiyat.

Xullas, Superliga qizigandan qiziyapti. Ayniqsa Superligada qolish uchun kurash mavsum oxiriga qadar yanada qiziydi. Bugun 18-turning yana uchta uchrashuvi bo'lib o'tadi. "Lokomotiv" o'z maydonida "Surxon"ni qabul qilsa, "Qizilqum" Qarshida "Nasaf" mehmoni bo'ladi. Jizzaxda esa "So'g'diyona" va "Bunyodkor" jamoalari o'zaro bahs olib boradi.




X.Xoliqov

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика