So’nggi yangiliklar

00:43Мбаппеда бир неча ойдан бери руҳий муаммолар бор (L’Equipe)  1 00:16Тайрелл Маласиа 17 ой деганда майдонга қайтмоқда. У бугун ўринбосарлар сафида футбол ўйнайди  0 23:33Шомуродов, Ашурматов ва Файзуллаев ҳам қўшилди. Ўзбекистон МТЖнинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 23:19Фрэнк Лэмпард мураббийликка қайтиши мумкин, аммо...  0 22:50Лисандро Мартинес жароҳат сабаб Аргентина терма жамоаси ўйинларида иштирок этмайди  0 22:10Родри "Олтин тўп"да кимларга овоз берган бўларди? Футболчининг ўзи жавоб берди  10 21:42Элдор Шомуродов: "Қатарга қарши ғалаба учун майдонга тушамиз, аммо гол ўтказиб юбормаслик ҳам жуда муҳим"  14 21:07"Ливерпуль" академияси: Сен ёлғиз эмассан  1 20:51Рустам Ашурматов: "Жамоавий ўйин бўйича Қатардан устунроқмиз"  3 20:0112 йиллик армон ёхуд "Насаф"ни чемпион қилган Рўзиқул Бердиев билан эксклюзив интервью   7 19:32ПСЖ бу сафар Тибо Куртуани сотиб олишга уриниб кўрмоқчи  3 19:13Рафинья Ямалга 10 минг фунтлик тилла "iPhone" совға қилди  6 18:41Неймар: "Шу ҳафтанинг ўзида 3 та фейк хабар чиқди. Бразилия менга бундай муносабатда бўлаётганидан хафаман"  12 18:10Беларусь терма жамоаси ҳужумчиси виза билан муаммо туфайли Миллатлар Лигаси учрашувини ўтказиб юборади  0 17:46"Бавария" Ян Кристиан Дризен билан шартномани узайтирди  1

Intervyu. Usmon Toshev: “Oliy ligaga chiqish uchun “Andijon”ning ishtiyoqi katta” Yangiliklar

Intervyu. Usmon Toshev: “Oliy ligaga chiqish uchun “Andijon”ning ishtiyoqi katta”

Teglar :  Usmon ToshevAndijon
Birinchi ligada ishtirok etayotgan “Andijon” klubi oldiga oliy ligaga qaytish vazifasi qo'yilgan va bu tabiiy edi.

Vitaliy Legay bosh murabbiyligi ostida mavsumni boshlashgan andijonliklar oxirgi turlarda qimmatli ochkolarni boy berishdi. To'rtta o'yindan beri g'alaba qozona olmayotgan jamoa 3-o'ringa tushib qoldi. Bu esa rahbariyatga yoqmagani turgan gap. SHundan keyin yangi tajribali bosh murabbiy olib kelish taraddudiga tushib qolishdi. Vitaliy Legay bilan Abdurashid Ismoilov istefoga chiqarildi. Natijada OFK instruktori sifatida ishlab kelayotgan Usmon Toshev rasman ishga kirishdi. 12 iyun kechki payt klub qarorgohiga etib kelgan mutaxassis ertasiga viloyat jismoniya tarbiya va sport qo'mitasi raisi Ozod Saidov tomonidan bosh murabbiy sifatida tanishtirildi. Murabbiy esa yangi jamoasida katta ishtiyoq bilan eng shimarib ishga kirishdi. Toshev futbolchilar bilan dastlabki mashg'ulotni o'tkazganidan keyin suhbatlashishga rozi bo'ldi.

- Sizni “Andijon” klubi bosh murabbiyi etib tayinlanganingiz bilan tabriklamoqchiman. Anchadan beri biror-bir jamoada murabbiylik ishi bilan shug'ullanmayotgandingiz. Nihoyat, sizni yana o'z joyingizda ko'rib turibmiz...
- Yana amaliyotga kirishganimdan xursandman. Murabbiylik ishida 3-4 yil ishlamagan bo'lsam ham chetda qolib ketdim deb o'ylamayman. O'zingiz bilasiz, men ko'p joylarda bo'ldim, ko'plab odamlar bilan gaplashdim, o'qib izlandim, tajriba orttirdim. Yana qachon murabbiylikka qaytarkanman deb choyxonada osh eb navbatimni kutib o'tirmadim. Agar yaxshi insonlar, niyati toza, kelajakni o'ylaydigan rahbarlar bo'lsa men ikkinchi ligaga kelib ham ishlashga tayyorman. Mana, Andijonda shunday odamlar bor ekan. Aytsam ishonmaysiz, menga 1000 tadan ziyod tabriklar bo'lyapti. Xorij mamlakatlaridagi tanishlarimdan tabriklarni qabul qilib olyapman. Odamlar meni yana murabbiylikka qaytishimni kutishayotganini o'ylamagandim. Bunday etibor va tabriklar uchun rahmat.

- Usmon Qudratovich, “Andijon”dan taklif kelib tushganida uni har tomonlama o'rganib chiqqan bo'lishingiz tabiiy. Ayting-chi, taklifni qabul qilishingizga avvalo nima turtki berdi?
- Birinchi turtki bergan jihat – bu jamoaning maqsadi. Ikkinchi navbatda klub rahbari Jahongir Madixonov menga qo'ng'iroq qilganida uning gaplashish madaniyati, birga ishlashga bo'lgan ishonchi juda yoqdi. Vaholanki, bu odamni qachonlardir “Navro'z” stadionida ko'rgandim. Qaysi vaziyatda ikkilandim? Ishlay olamanmi-yo'qmi? Yani, ish bo'lsa qilaman bo'lmasa yo'q qabilida o'ylaganim yo'q. Menga bu narsaning albatta farqi bor. CHunki bu erdagilar menga ishonishadi. Muxlislar ham biz siz bilanmiz deyishdi. SHuncha yo'l bosib kelib, o'zimga bildirilgan ishonchni oqlay olmasam bundan yomoni bo'lmaydi. Masuliyat katta. Qaerda ishlashdan qatiy nazar odam doim o'zidagi masuliyatni his qilishi kerak. Albatta, menda hayajon bor. Lekin oldimga qo'yilgan vazifani bajarishimga ishonaman. Men baxtli insonlardan biriman.


- O'zingizda ham murabbiy sifatida natijalarga erishishga bo'lgan ishtiyoqingiz katta ekanligi sezilib turibdi. “Andijon”ning maqsadi esa oliy ligaga qaytish. Ikkala tomonning motivaciyasi bor. Ularni birlashtirsa nima bo'ladi?
- Bilasizmi, motivaciya katta. “Andijon” jamoasining maqsadi ayon – oliy liga. Murabbiylikda har qanday insonning savoliga javob bera olaman. Ancha vaqt ishlamayotganim haqida gapirishayotgan bo'lsa, demak ular meni yaxshi bilishmaydi.

- Yangi jamoangiz bilan ilk mashg'ulotni ham o'tkazdingiz. Dastlabki taassurotlar qanday?
- Juda yaxshi. Bungacha ham menga jamoa haqida yaxshi malumotlar berishgan. Endi o'z ko'zim bilan ham ko'rib turibmanki, chindan ham bu erda yaxshi jamoa bor. Lekin biz birgalikda ishlashimiz kerak. Kim bo'lishidan qatiy nazar – u “Yuventus” yoki “Real” bo'ladimi, baribir ishlash kerak. CHunki har bir murabbiyning o'z fikri va dunyoqarashi bor. O'ylaymanki, bu erda material – jamoa bor. To'g'ri, vaqtimiz juda oz. Ammo men bahona topmayman. Agar mening mahoratim bo'lsa, o'sha oz fursat ichida hammasini joy-joyiga qo'yishim kerak.

- “Andijon”ning bungacha o'tkazgan o'yinlarini ko'rdingizmi?
- Hali to'liq ko'rganim yo'q, ammo eshitdim, bu borada menda malumotlar bor. Klub o'yinlari yozilgan disklar qo'limda turibdi, hali ko'rib chiqishga vaqtim etadi. Hozirgi vazifam tezroq futbolchilar bilan til topishish. Ulardan nima xohlayotganimni tezroq tushunishlari lozim. O'zaro hurmat, rejim, tariib-intizom borasida muammolar bo'lmaydi.

- Murabbiylar shtabida sizga kimlar yordam beradi?
- Buxorodan Farruh Hamroev keldi. Iskander Galiulinni ham ishga taklif qilamiz. Qolaversa, Rasul Rahmonov va darvozabonlar murabbiyi Bekzod Turg'unov ham men bilan birga ishlashadi. Bizda ahil murabbiylar shtabi yig'iladi. Barchasida ishlashga va o'rganishgan bo'lgan istaklari yuqori.

- Yaqinda internetdagi “Vikipediya” tarmog'i orqali siz haqingizdagi malumotlarni qidirganimda oxirgi klubingiz sifatida Afg'onistonning “Mayvand” jamoasi ko'rsatilgan. Ochig'i, bunday malumot bizda yo'q edi...
- Ha, bu rost. Ammo buni ko'pchilik bilmaydi. Aksariyati yulduz murabbiylarga qiziqishadi. Men esa oddiy murabbiyman. Darhaqiqat, u erda ikki yil mobaynida bosh murabbiy bo'lib ishladim. Agar bu erdan taklif bo'lmaganida yana u erga ketardim.

- U erdagi klubda bosh murabbiy bo'lib ishlashga qanday ulgurdingiz? To'g'ri, bir marta Afg'onistonga borib kelganingizni bilaman. Biroq ikki yil davomida qanday qilib u erda ishladingiz?
- Borib kelib ishimni qilaverardim. Bilasizmi, u erdagi yordamchilarim kuchli edi. Ha, mamlakatdagi vaziyat biroz notinch. Ammo u erda yaxshi murabbiy va futbolchilar bor. Futbol federaciyasi va mahalliy televideniesi bilan yaqin munosabatdaman. Ular bilan aloqadamiz. Ammo mening “Andijon”ga bosh murabbiy bo'lganimni eshitishmadi chog'i, hali tabriklashgani yo'q (kuladi).

- OFK instruktori sifatida ishlayotgandingiz. Endi bu boradagi rejalaringiz o'zgarishi aniq...
- Albatta, rejalar o'zgaradi. Lekin u ishimni ham tashlab qo'ya olmayman. Instruktorlik – mening bilimimni oshirishga yordam beradi. SHu bois unga ham vaqt topaman. Bu ish orqali ko'p joylarga bordim, katta-katta murabbiylar bilan tanishdim, ko'plab savollarimga javob oldim. Nazariy bilim bilan amaliyotni birlashtiraman.

- Birinchi liga bahslarini kuzatib borarmidingiz? Uning saviyasi haqida so'ramoqchi edim.
- Bungacha birinchi liganing ikkita o'yinini ko'rdim. U erda yaxshi o'yinchilar ko'p. Lekin, albatta oliy ligadan farqi bor. Tezlik, mahorat va tushunchasi bilan baribir ajralib turadi. “Mashal-2” murabbiyi Diyor Mirzaboev yaxshi ishlayapti. Uning harakatlaridan jamoasining o'yinida qo'li borligi ko'rinib turibdi.

- Siz o'z oldiga aniq vazifa qo'ygan jamoaga keldingiz. Bosim sezilyaptimi?
- Bosim yo'q. Men murabbiyman, o'qituvchiman. Futbolga to'satdan kelib qolganim yo'q. Menda qo'rqish mutlaqo yo'q, biroq hayajon bor. Agarda hayajonim yo'qoladigan bo'lsa, unda ishimni tugatib nafaqaga chiqqanim yaxshi. Men ortiqcha gap-so'zlarga etibor bermayman. Birovga o'zimni isbotlash uchun kelganim yo'q. SHunchaki, jamoadagilar bilan hamjihat bo'lib ishlasak bo'ldi. Ishonasizmi, uydagilarga yangi ishga o'tganimni hozirgina aytdim. Oyim qo'ng'iroq qilib, “Andijonda nima qilyapsan”, deb so'rayapti. Opam va akam ham yaqindagina men haqimdagi xabarni eshitishdi. Birgani rafiqam “Andijon”da ish boshlaganimni bilardi xolos. “Buxoro”da ishlagan paytimda uyimdan bazagacha piyoda 10 daqiqalik yo'l edi. O'shanda bir-ikki oylab uyga bormasdim, bazada qolardim. Xotinim esa meni ko'rish uchun bazaga kelardi. Futbolni, o'z ishimni juda yaxshi ko'raman. Andijonda futboldan tashqari yana ko'p ish qilmoqchiman. Agar o'z oldimdagi barcha vazifalarni bajara olsam, men xursand bo'laman.


- “Andijon”da sizning oldingizga qo'yilgan vazifa aniq. Lekin bunga erishishning ikkita yo'li bor: Yani, jamoani oliy ligaga olib chiqish uchun darhol natijaga oshiqyapsizmi yoki bira to'la bugundanoq oliy liga saviyasiga mos jamoani shakllantirib bormoqchimisiz?
- Aslida oliy ligaga chiqish oson emas. Butun klubda ishtiyoq juda katta. Ha, biz oliy ligaga chiqamiz. Ammo shunga yarasha 70-75 foizga tayyor bo'lib chiqishimiz kerak. Klubning infrastrukturasi, tarkibi, o'yin saviyasi bo'yicha shunga moslashib borishimiz lozim. Agar hozir faqatgina oliy ligaga chiqsak bo'ldi, qabilida ish yuritadigan bo'lsak, unda keyin kech qolamiz. SHuning uchun biz ish samaradorligini asta-sekin oshirib boramiz. Masalan, bugungi sharoit birinchi ligaga javob beradi. Misol uchun stadionda echinish xonasi birinchi liga uchun yaxshi, ammo oliy ligaga to'g'ri kelmaydi. Elitaga qaytgandan so'ng bu erga hakamlar, federaciyadan mehmonlar kelishadi. Ular esa meni yaxshi biladilar. Oliy liga degani o'z-o'zidan hamma narsa oliy bo'lishi kerak deganidir. Axir uning nomi hamma narsani aytib turibdi-ku! Demak, oliy ligaga yarasha maydonimiz bo'lishi kerak. Umuman, hamma-hammasi shunga mos ravishda bo'lishi talab etiladi. Hali bunga etishish uchun vaqtimiz bor. Men hammasini o'ylab eng shimarib ishga keldim. Albatta, mahalliy yoshlarga ham qaraymiz. Ammo hozirgi kunda bizga yoshlar juda shart emas. Masalan, 2005 yilda tug'ilgan futbolchini maydonga tushirib, o'zimcha rekord qo'ydim deb reklama qilishim bu noto'g'ri. Yoshlar asosan yoshlar ligasida o'ynashlari lozim. Oliy ligada esa oliy toifadagi futbolchilar to'p surishi shart. Uning yoshi 30 yoki 40 da bo'ladimi, men uchun farqi yo'q. Mana, yoshlarni tushiryapman, deya maqtanishlar shunchaki quruq gaplar. Ishimiz ozgina oldinga siljiganidan keyin yoshlarga ham albatta etibor qaratishni boshlaymiz. Men asosiy tarkibimiz uchun malum yoshda bo'lgan futbolchilar guruhini tuzaman va ularni yil davomida kuzatib boraman. Yil oxiriga kelib yana bir undan-da kichikroq bo'lgan yoshlar guruhini tashkil qilaman. Mana shunday jarayon “Andijon”da uzilib qolgandi. SHu sababli har yili bu erda 10-15 ta futbolchi almashib ketaverardi. Doim 1 so'm o'rniga 20 so'm sarflayapsizlar-u, ammo sira foydasi tegmayapti. Jamoa birinchi ligaga tushib ketyapti. Nima uchun? CHunki poydevor yo'q. Men bu erga katta rejalar bilan keldim. Har tomonlama ishlashimiz kerak. Ishimiz faqat futbol va mashg'ulotdan iborat bo'lib qolmaydi. Hozirgi futbol boshqacha. Masalan, milliy terma jamoamiz o'yinini butun xalqimiz kutdi. Biz ham ishimizni shunga monand olib borishimiz kerak.

- Sizdan terma jamoamiz haqida ham so'ramoqchi bo'lib turgandim. Eronga yutqazganimizning tahlillarini nimalarda ko'ryapsiz?
- Tahlil qilish juda og'ir. CHunki u erda murabbiy ishlayapti. Lekin shaxsiy fikrim, albatta O'Zbekiston yutishini xohlardim. Biroq Eron bizdan kuchliroq. Kutilmaganda ushbu o'yinga bir qator o'yinchilarimiz jarohat olishdi.

- Jahon chempionatiga chiqish uchun imkoniyatimizni qanday baholayapsiz?
- Murabbiy aytganidek, imkoniyat bor. Lekin endi qolgan imkoniyatlardan foydalana olamizmi yo yo'qmi? Biz yutqazsak, ular yutsa yoki biz yutsak, ular durang o'ynasa...bu yog'i endi matematik hisob-kitoblar bo'ladi. Biz boshqalarga qaramasdan o'z o'yinlarimizda yutishimiz kerak. Demak, o'zimizga etibor beraylik. Borgan sari vazifa og'irlashib ketyapti. CHunki raqiblar ham maqsadga erishishni xohlashadi.

- Rosti, ko'pchilik terma jamoaga ishonmayapti...
- Yo'q, bu noto'g'ri. Men futbol ichidaman, siz ham. SHu bois oxirigacha ishonish kerak. Terma jamoa murabbiyining yuragida nimalar bo'layotganini men tushunaman. Hozir qattiq gapirish yoki so'kish kerak emas. Ko'pchilik ishdan ketishini istayapti, mayli, u ketadi. Ammo o'sha ham biz kabi inson. Hadeb haqorat qilib shaxsiyatiga tegish bu Xudoga ham xush kelmaydi. Hozir muborak Ramazon oyidamiz. Bunday paytda hatto yomon gapirishning o'zi bo'lmaydi. Ha, biz yutqazdik. Ammo murabbiydan so'raydigan masul odamlar bor. O'shalar hal qilishadi. Biz esa bo'lar-bo'lmasga uni so'kib tashlamaylik. Har kim unga baho berishdan avval o'zi kimligiga etibor qaratsin. Siz bilan biz terma jamoa ichida nima gap ekanligini bilmaymiz. Uning ishga faqat tanqidiy ko'z bilan baho bermaslik kerak.

FIRDAVSXON suhbatlashdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика