So’nggi yangiliklar

10:20Жанубий кореялик футболчига Лондон грандлари қизиқиш билдирмоқда  0 09:51АПЛ грандлари Клоппга расмий таклиф билан чиқишган  0 09:22ФИФА хавотирда  8 08:53Флик кечаги кутилмаган мағлубият сабабини айтди  10 08:24"Реал" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  2 08:20Элит ОЧЛ. "Шаржа" - "Насаф" 1:2  2 08:10Ла Лига. "Жирона" - "Барселона" 2:1  7 07:55Sofascore. "Насаф"нинг кечаги учрашувдаги энг яхши ўйинчиси ким бўлди?  2 07:27Рўзиқул Бердиев кечаги учрашувдаги ғалабадан сўнг нималар деди?  8 03:05"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув  163 02:22Элит ОЧЛ. Саудияда голлар шоуси, Нуньеснинг бенефиси ва Ироқда супер камбэк  2 01:46Англия Кубоги. 1/8 финал жуфтликлари маълум бўлди  4 01:25"Мақсадимиз — қасос эмас, Чемпионлар Лигасида ғалаба қозониш!" — Арбелоа "Бенфика" билан ўйин олдидан  2 00:41Моуринью: "Эҳтимол, мен "Реал"дан истеъфога чиқарилмаган саноқли мураббийлардан биридирман"  3 00:22Расман: Азиз Турғунбоев — «Андижон» футболчиси  12

Umar Eshmurodov: "Terma jamoaga qo'limdan kelganicha yordam beraman" Yangiliklar

Umar Eshmurodov: "Terma jamoaga qo'limdan kelganicha yordam beraman"

"Nasaf" klubi sardori Umar Eshmurodov O'zbekiston terma jamoasining oktyabr oyidagi yig'iniga chaqirildi.

SHu munosabat bilan biz futbolchi bilan suhbatlashdik.

- Faoliyatingiz davomida birinchi marta O'zbekiston milliy terma jamoasiga taklif etildingiz. Buni eshitib nimalarni his qildingiz?

- Birinchi navbatda bundan xursand bo'ldim. Mehnatlarim besamar ketmayotganini his qildim. Terma jamoaga qo'limdan kelganicha yordam beraman. Klubdagilar ham ilk bor terma jamoaga chaqiruv olganimdan so'ng meni tabriklashdi.

- Ro'ziqul Berdiev terma jamoaga chaqirilgach qandaydir maslahatlar berdimi?

- Menga alohida hali maslahat bermadilar. Ammo yig'ilishlarda doim terma jamoaga chaqirilgan futbolchilarga boringlarni berib o'ynanglar, terma jamoaga yordam beringlar deb tayinlaydilar.



- Terma jamoa markaziy himoyasida raqobat haqida qanday fikrdasiz? To'g'ri Anzur Ismoilov terma jamoadan ketdi. Ammo sizdan tashqari Egor Krimec, Islom To'xtaxo'jaev, Rustam Ashurmatov, Doston Tursunov kabi futbolchilar ham bor.

- Terma jamoa bo'lganidan keyin eng kuchlilar chaqiriladi. SHu bois raqobat bo'lishi aniq. Futbolchilar mashg'ulotlarda ishlashadi, murabbiylar esa kim o'sha payt yaxshi tayyor bo'lsa o'shani maydonga tushirishadi.

- Vadim Abramovning o'yin uslubidagi qaysi jihatlar ko'proq yoqadi?

- O'zbek futbolchilariga va muxlislariga to'p bilan o'yin yoqadi. Buni rad qilib bo'lmaydi. To'p bilan o'ynash o'zbek futboliga ham mos deb o'ylayman.



- "Nasaf" Superligada so'nggi turlarda omadsiz natijalar qayd etmoqda. Bunga nima sabab bo'lmoqda?

- Bu narsani ko'p o'ylayman. Tarkibimizda yosh futbolchilar juda ko'p, bundan tashqari ko'plab futbolchilar milliy va olimpiya terma jamoasi yig'inlariga borib kelishmoqda. Masalan, sentyabr oyidagi FIFA kunlari vaqtida shaxsan men 3-4 kun dam oldim. Termaga chaqirilganlar esa umuman dam olishmadi. Futbolchi baribir dam olib turishi kerak. CHarchab qolgan futbolchilar o'zining eng yaxshi o'yinini namoyish eta olmaydi.

Tolibjon Qosimov suhbatlashdi

Reyting: +73   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика