Intervyu. Ueyn Runi MYU, ser Aleks, Devid Moyes va boshqalar haqida
17 mar 2014 18:02
Yangiliklar

Intervyu. Ueyn Runi MYU, ser Aleks, Devid Moyes va boshqalar haqida
Angliyaning “Mirror”nashri jurnalistlari bir necha kun ilgari “Manchester Yunayted” hujumchisi, Angliyaning bugungi kundagi shubhasiz eng iqtidorli futbolchilaridan biri bo'lgan Ueyn Runi bilan suhbat uyushtrishdi.
Ushbu suhbatning eng qiziq qismini etiboringizga havola qilamiz.
Luis Suares haqida
Luis – ajoyib futbolchi. Bugungi kundagi sport formasi, namoryish qilayotgan o'yinlari hech ikkilanmay uni Krishtianu Ronaldu hamda Lionel Messilar qatorida tilga olishga imkon beradi. Aytishlaricha, Suaresni futbolchi bo'lib etishishiga ko'cha futboli sabab bo'lgan ekan. Bu tomondan bizlar o'xshashmiz. Biroq Urugvaytdagi hayot, Liverpuldagidan ancha mashaqqatliroq ekani ham tushunarli. Buni uning agressiyasi, jaxldorligidan ham sezish mumkin. U muvaffqiyatga erishish uchun har narsaga tayyor.
Vaqti-vaqti bilan u janjalli voqealarga aralashib qoladi. Biroq futbolchi sifatida uning o'yinlaridan zavqlanaman.
Ser Aleksning ketishi haqida
Ser Aleksning ketishi – Fergyusson erasining nihoyasidir. Lekin “Manchester Yunatyed” davrining yakuni emas. Ha, ushbu mavsum biz uchun omadli kelmadi. Biroq endi har doim shunday bo'ladi deb o'ylayotganlar qattiq adashadi. Bu kunlar o'tib ketadi. “Liverpul” 1990 yildan beri Angliya chempioni bo'la olgani yo'q. O'z vaqtida “MYU” bundan uzoqroq muddat g'olib bo'lmagan paytlari bo'lgan. Ammo ishonchim komilki, bizning navbatdagi chempionligimiz uzoq kuttirib qo'ymaydi.
“Liverpul” – buyuk klub. Hech kim bu jamoa shunday uzoq davr mobaynida chempion bo'la olmasligini tasavvur ham qila olmagan. Biz esa jamoamizning butun dunyo bo'ylab muxlislari sonini, jamoa masshtabini, ananalarini hisobga olgan holda, bunday holatga yo'l qo'ya olmaymiz. Ushbu mavsum keyinchalik ikki qadam oldinga tashlash uchun, bir qadam ortga odimlash bo'ldi, deb hisoblaymiz. MYU avvalgidan ham kuchliroq bo'ladi. Ancha kuchliroq.
Ser Aleks davridan keyingi dastlabki mavsum oson kechishini hech kim kutmagan shundoq ham. Qiyinchiliklarga duch kelishimiz tayin edi. Axir gap ushbu sport turi o'ylab topilganidan buyon unda eng ko'p muvaffaqiyat qozongan menejerning ketishi haqida boryati-ku. Nafaqat Devid Moyes, balki istalgan boshqa murabbiy ham uning o'rnida qiynalgan bo'lardi. Unga klubga to'liq moslashib olishi uchun vaqt kerak. Bizga esa yangi murabbiy talablari va o'yin falsafasini o'zlashtirish uchun muxlat lozim.
Jamoa borasida
Ushbu mavsumda bizning kiyim almashtirish xonamizda ko'p bora natijadan norozi yuzlar, o'zidan hafa ko'zlar, og'riqli nigohlarni ko'rish mumkin edi. Biz hali ham “Manchester Yunayted” eng yuqori pog'onadan uzoqda joylashganidan o'zimizga kela olmayapmiz. Biz futbolchilar, o'z ishimizni ko'ngildagidek bajara olmayotganimizni yaxshi tushunib turibmiz. Bu holat g'ururimiz tomon berilgan zarbadir. Biz o'sha ko'plab muvaffaqiyatlari sabab hamma klublar yomon ko'rib qolgan “Yunayted” yaqin orada qaytishi va chempionlik unvonini yana o'z qo'liga olishini isbotlab qo'yish istagida yonyapmiz.
Devid Moyes
Jamoani Deyid Moyes qabul qilib olgach, u shu zahoti men bilan suhbatlashib, avvalgi mavsum ortda qolganini anglashim lozimligini tushuntirdi. Eng asosiysi – u menga ishonch bildiryotganini takiladi. Albatta, orada men uchun yoqimsiz ayrim gap so'zlar bo'lib o'tdi. Devid meni sport formamni yo'qotib qo'yganlim haqida gapirdi. Spotchiga xos agressi, yaxshi manodagi jaxldorlik yo'qolganlikda aybladi. U o'zi bilan Ueyn Runini qaytarmoqchi bo'ldi va ho kazo...
Ha, yana bir mavzuga butunlay nuqta qo'ymoqchiman: hech qachon klubdan meni transferga qo'yishlarini so'ramaganman.
Otalik to'g'risida
Otalik maqomi hayotimni butkul o'zgartirib yubordi. Yuksak masuliyat meni ulg'ayishga va hayotga boshqacha ko'z bilan qarashga undadi. Bo'sh vaqtimni uyda o'tkazishni va o'g'illarimning qay tarzda o'sib borayotganini kuzatishni yoqtiraman. Men baxtli insonman. Bu borada oilali boshqa insonlardan ajralib turmayman.
Abror Qodirov tayyorladi

Fikrlar