So’nggi yangiliklar

19:24Тимур Мамасидиқов "Локомотив"га қайтди  0 19:13Кейн: "Саутгейт - Англия тарихидаги энг муваффақиятли мураббийлардан бири"  0 18:46Расман: Дилошд Жўраев - "Локомотив" футболчиси  2 18:36Кроос Педрига қарши фол учун кечирим сўради: "Атайин жароҳат етказиш нияти йўқ эди. Тезроқ соғайиб кет"  16 18:02"Локомотив" Қирғизистон терма жамоаси сардори билан шартнома имзолади  2 17:34Нагельсманн: "Кўзёшларимни зўрға тийиб турибман"  1 16:52Франция кетма-кет 6та учрашувдан бери ўйиндан гол урмаяпти. Бу уларнинг 60 йиллик антирекорди  2 16:35Adidas Кроос фойдаланган бутсалар моделини унинг номига ўзгартиради  1 16:05Германия - Испания учрашувидан сўнг немис жамоаси мураббийи ҳакамлар хонасига бостириб кирди  14 15:42Дунёнинг энг гўзал футболчиси "Ювентус"га ўтди  15 15:35ЖЧ саралаш олдидан. 5 сентябргача нима қиламиз?  6 15:23Австралия терма жамоаси собиқ футболчиси: "У Еврода Португалияга ҳалал берди"  19 15:17Азизбек Амонов "Хорфаккан"ни тарк этмоқда  2 14:55Нега тўп қўлга текканидан сўнг Испания дарвозаси томон пенальти белгиланмади?  29 14:26"Бунёдкор" ФК: "Маҳмуджон Маҳамаджонов ҳақидаги хабарлар ҳақиқатдан йироқ"  6

Intervyu. Rayan Giggz: “Jahonda eng yaxshi murabbiy bo'lishni istayman” Yangiliklar

Intervyu. Rayan Giggz: “Jahonda eng yaxshi murabbiy bo'lishni istayman”

“Manchester Yunayted”da 25 yil faoliyat olib borgan Rayan Giggz endilikda jamoa murabbiylar shtabida mehnat qilmoqda.

Muxlislarga klub tizimidan chiqqan insonlarni bunday lavozimlarda ko'rish har doim yoqimli. Giggz murabbiylik rolida maqsadi ulkan ekanligini takidlab o'tdi.

- Rayan, 1991 yil jamoada debyutingizdan nimalarni eslaysiz?
- Bu men uchun qo'rqinchli voqea emasdi, chunki ushbu klubda voyaga etganman. “MYU”da 12 yoshimdan beri o'ynab, “Old Trafford”da ko'p bor yoshlar va o'rinbosarlar jamoalari safida maydonga tushgandim. SHu sababli yulduzlik kasali yoki qo'rquvni his qilmaganman. SHu muhitda o'sganim tufayli omad kulib boqqan deb ayta olaman. SHu bilan birga jamoa libosini ilk bor kiyib, maydonga tushganingizda tana bo'ylab chumoli o'rmalagandek bo'ladi, kichik asabiylikni his qilasiz – ajoyib hissiyot!

- Yoshlar jamoasidan asosiy tarkibga o'tishda nima eng ko'p xalal bergan?
- Yoshlardan asosiy jamoaga o'tish katta qadam demakdir. Yoshlar safida nima qilgan bo'lsam, shuni amalga oshirish lozimligini aytgan murabbiy borligi omadim bo'lgan. SHu sababli o'z futbolimni namoyish etishga intilganman. Albatta, farq bor edi. Televizorda namoyish etiladigan va 45 ming muxlis qarshisida o'ynashning bir necha yuz ishqiboz oldida o'ynash o'rtasida farq mavjud. Bunda bosim ko'proq, biroq uni his qilmaganman.


- Ser Mett Basbi yoshlarga imkon bergani bilan mashhur. Bu klub tarixining bir qismiga aylangan. Uning tasirini bugun ham his qilyapsizmi?
- O'ylashimcha, klubning barcha buyuk futbolchilari tasirini his qilishingiz mumkin. Ser Mett mahalliy va britaniyalik yoshlar orasidan iqtidorlilarini tanlab olishda mohir bo'lgan va buni ananaga aylantirgan. Bugun ham u davom etmoqda. Muxlislarga yosh o'yinchilarni jahon saviyasidagi futbolchilar bilan birga ko'rish yoqadi.

- Ser Bobbi CHarltonning “MYU” tarixiga maydon va uning tashqarisida qo'shgan hissasini qanday baholaysiz?
- SHveycariyada 14 yoshgacha futbolchilar turnirida qatnashganman. O'shanda Ser Mett va Bobbi biz bilan birga sayohat qilgandi. Aeroportga etib kelganimizda odamlarning ularni o'rab olganini yaxshi eslayman. Jahonda ishqibozlar ularni qanday yoqtirishini his qilish mumkin edi. Qaerga bormaydik, Ser Bobbini har erda tanishardi. Undan dastxat olish uchun odamlar navbatda turishardi. Doim undan dastlab olishni xohlovchilar o'sha paytda o'ynayotganlar muxlislaridan ko'proq bo'lardi.

Serr Bobbi klubning o'sishida eng katta qadam tashlab bergan. Yoshlar jamoasidan boshlab, Myunxendagi halokatni boshdan kechirdi. Undan qaytib, shuncha sovrinlarga erishdi. Hozirgacha “MYU”ga u katta tasir ko'rsatadi.

- Uning o'yinlar bo'yicha rekordini 2008 yil Moskvada yangilagansiz. O'sha mashhur tun nimasi bilan yodda qolgan?
- Ser Bobbining rekordini yangilaganimdan juda faxrlangandim. Bunga etishishimni hech kim kutmagandi. Uni CHempionlar ligasi finalida amalga oshirganim va xursandchilikni Ser Bobbining o'zi bilan nishonlash faoliyatimdagi eng yaxshi lahzalaridan biriga aylangandi.



- 1999 yildagi treblda yarim finaldagi golingiz va “Nou Kamp”dagi finaldan qay biri o'sha mavsumdagi yoqimli holat sifatida esda qolgan?
- Dinsgeytda, Manchester markazidagi burilish. Biz ochiq avtobusda ketardik va millionlab odamlarni ko'chada ko'rgandik. O'shanda nimaga erishganimizni anglab etgandik. CHempionat, Angliya Kubogi va CHempionlar ligasini Barselonadagi dramatik finalda yutish ajoyib. Muvaffaqiyatni Manchester va jahondagi muxlislar bilan baham ko'rish takrorlanmas bo'lgandi. Barcha futbolchi o'sha kuni ko'rgan narsalari bilan hayratda qolgandi. Odamlar bizni ko'rish uchun nafaqat ko'cha, balki binolardan ham qarab turishardi. O'sha vaziyatni hech qachon unutmayman.

- O'sha g'alabalarda nima eng hal qiluvchi bo'lgandi?
- O'shanda ko'plab narsalar to'g'ri kelgandi. Oxirgi daqiqalardagi gollar hal qiluvchi bo'lgandi. Biz hech qachon taslim bo'lmasdik. Yutqazadigan tuyulgan holatimizda ham g'alabalarni qaytarib olardik. CHempionlar ligasi finalida urilgan ikki gol eng muhimi edi. Bu qandaydir g'ayrioddiy bo'lgandi. Bungacha ham so'nggi daqiqalarda ko'plab to'p kiritgandik. Taslim bo'lish biz uchun emasdi.


- O'shanda “Klass-92”ning muvaffaqiyatda katta hissasi bo'lgandi. O'sha tarixni bilmagan insonlarga buni qanday aytib bergan bo'lardingiz?
- Ajoyib voqea! Har yili asosiy jamoada yoshlardan 1-2 nafari paydo bo'ladi, lekin o'shanda 6 o'yinchi edik. Biz shunchaki jamoadoshlar emas, 12-13 yoshdan birga katta bo'lgan do'stlar bo'lganmiz. 20 yil o'tgach, klub uchun ko'p miqdorda uchrashuvlar o'tkazishga erishdik. Birgalikda ajoyib lahzalarni boshdan o'tkazdik va haligacha do'st bo'lib qolyapmiz. Bu kamdan-kam ro'y beradi. Bu “Basbi bolalari” bilan bog'liq holatga o'xshashib ketadi. Eng katta muvaffaqiyatimiz – asosiy jamoa uchun shuncha o'yin o'tkazganimizda. Yoshlar jamoasidan kelib, 2, 5, 10 yil va undan ortiq vaqt mobaynida asosiy tarkibda joyni saqlab, g'alabalarga ishtiyoqni saqlab qolish oson ish sanalmaydi.

Maqsadimiz shunchaki birinchi jamoa safiga qo'shilib olish emas, u bilan g'alabalarni qo'lga kiritish bo'lgan. Hamisha bir-birimizni qo'llab-quvvatlardik. Turlicha xarakterga ega bo'lsak ham, aynan shu holat bizga asqotgan. Maydon va uning tashqarisida haqiqiy do'st bo'lganmiz, hozirgacha shunday. Futbol va hayotda ko'p tajriba orttirgandik. Bazan mashg'ulotga 8:30da kelib, u erdan 16:30da ketardik. G'alabalarni birga nishonlash bilan birga xafagarchilikni ham birga boshdan o'tkazardik. Bir paytning o'zida kimdir yaxshi, kimdir yomon o'ynashi mumkin. SHunday paytda o'zaro yordam va birdamlik katta ahamiyatga ega.

- Futbolchi va murabbiy Rayan Giggzni o'zaro taqqoslash mumkinmi?
- Aslida ular bir-biriga o'xshash. Jahonda eng yaxshi futbolchi bo'lishni istagandim, endi eng yaxshi murabbiy bo'lishni xohlayman. Buning uchun yurakdan ishlab, barchasini kuching etgancha bajarish lozim. Va bu chaqiriq qalban bo'lishi ham muhim.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика