So’nggi yangiliklar

22:12Бруну Фернандеш: "Одамлар Португалия термаси Роналдусиз яхшироқ ўйнайди деб ўйлашади. Агарда бу шундай бўлса, айб бизда"  1 21:54"Барселона" Фликка янги шартнома таклиф қилди  3 21:46Туркия кубоги. "Галатасарой" - "Истанбул Башакшеҳир" учрашуви асосий таркиблари маълум!  4 21:15Эрон кубоги. "Трактор" пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, "Персеполис"ни турнирдан чиқариб юборди  3 20:55"Adidas" Салоҳ учун янги дизайндаги бутсаларини тақдим қилди  0 20:36"Барселона" Араухо ўрнига захира топиб қўйди  2 20:11Расман: Финалиссима Қатарда бўлади  6 19:56Феллайни Бельгия жамоаси мураббийлар штабига қўшилди  0 19:29Ҳали январь келмади, аммо "Вильярреал" илк трансферини амалга ошириб бўлди  0 19:06Гвардиола мавсум сўнгида "Манчестер Сити"дан кетади. Жамоанинг кейинги мураббийи ким бўлади?  11 18:43Жароҳатлардан азият чекаётган "Арсенал" "Реал" ҳимоячисига кўз тикди  2 18:18"Андижон" Ўзбекистон U-21 терма жамоасини мағлуб этди  3 17:54"Пахтакор" "Риу Аве", "Ризеспор" ва "Кайсериспор" билан деярли бир қаторда — IFFHS  11 17:28Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!  43 17:06Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди  25

Intervyu. Profsor Rorimsha oilasi, "Ummon" guruhi va qiziqarli voqealar haqida Yangiliklar

Intervyu. Profsor Rorimsha oilasi, "Ummon" guruhi va qiziqarli voqealar haqida

Boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida oltin medalni qo'lga kiritgan sportchimiz Profsor Rorimsha saytimiz ofisiga tashrif buyurib, intervyu berdi.

Etiboringizga sportchi bilan uyushtirilgan intervyuni taqdim etamiz.


- O'zingiz haqingizda gapirib bering.

- Ismim Profsor, familiyam Rorimsha.1999 yilda tug'ilganman. Buxoro shahrida yashayman. Olimpiya zaxiralari sport kollejida o'qiyman va o'sha erda boks bilan shug'ullanaman. Murabbiylarim - Qilichov Ulug'bek va Avezov Hamza. Profsor, Profi deb chaqirishadi. Dubayda tug'ilganman. 4 yil u erda yashab, Buxoroga kelganman. Sport bilan 9 yoshimdan boshlab shug'ullana boshlaganman. Avvaliga basketbol bilan shug'ullanganman. Keyin boksga o'tganman. Bunda murabbiyimning ham xizmatlari katta.


- O'zbek tilini qanday qilib o'rgangansiz?

- O'zbekchani kichkinaligimdan bilaman. Onam o'zbeklar. O'zbekchani bilmasam o'zim uchun ham uyat bo'ladi. Onam inglizcha gapirsalar, men o'zbek tilida javob berardim. Kichkinaligimda bo'lgan shu voqealar kameraga ham muhrlangan. Hozir o'sha paytlarni ko'rsak kulamiz. SHuningdek, do'stlarim bilan ham o'zbek tilida gaplashardik.



- Ona tilim deb qaysi tilni hisoblaysiz?

- Albatta, o'zbek tilini!


-Oila azolaringiz haqida ham gapirib bering...

- Oila azolarim onam, singlim, akam, opam va otam. Otam Dubayda yashaydilar. Onam va singlim bilan O'zbekistonda yashaymiz.


- Singlingiz ham o'zbek tilini biladimi?

- Ha, u ham biladi o'zbek tilini. Lekin, men o'zbek tilida undan yaxshi gapiraman (kuladi).


- Boksda kumir deb kimni hisoblaysiz? Kimga havas qilasiz?

- Og'ir vazn bokschilariga havas qilmayman. Engil vazn toifasidagi bokschilariga, masalan SHahram G'iyosovga havas qilaman.


- Ahir siz og'ir vaznli bokschisizku?!

- To'g'ri, lekin... Lekin, dunyo miqyosidagi bokschilarning turni hususiyatlariga havas qilaman. Masalan, Taysonning kuchli zarbasi va oyoqda harakatlanishini kuzataman. Roy Jons ham og'ir vaznli bokschi bo'lishiga qaramasdan, tez harakat qiladi. Muhammad Ali ham tezkor bokschi bo'lgan. Aniq qaysidir bokschini kumir deb hisoblamayman. Lekin, yuqorida sanab o'tgan bokschilarimning ana shunday sifatlarini o'zlashtirishni istayman.



- Kelajakda vazningizni kamaytirmoqchimisiz?

- Yo'q, mana shu vaznimda ringga chiqaveraman (-91 kg - A.T)


- Balki superog'ir vazn toifasiga ham o'tishingiz mumkindir?

- Vaziyatga qarab... Bu masalada murabbiylarga quloq solaman.


- Kelajakda AQSHdan taklif bo'lsa bunga qanday javob berardingiz?

...


Intervyuning to'liq qismini OLAMSPORT.COM saytida o'qishingiz mumkin bo'ladi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика