So’nggi yangiliklar

09:26«Верона»га қарши учрашувдан сўнг Шомуродов ўз фикрларини билдириб ўтди  1 08:58Улуғбек Бакаев: "Гол ўтказиб юборган вазиятимиз ва пенальти белгиланган вазият бўйича ҳам саволларим бор"  5 08:31Исломбек Исмоилов – истеъдодларга тўла жамоа билан мукаммал ишни бажаришга яқин: ОФК расмий саҳифаси Исломбек Исмоилов ҳақида катта мақола эълон қилди  5 08:03Sofascore. Жамоасига ғалаба тақдим этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:37Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Андижонда ўйинлар бор  4 07:05U-17 Осиё кубоги. Бугун ФИНАЛ!  21 02:35Асрор Алиқулов: "Рақибда 65-70 дақиқалардан сўнг бўшлиқлар пайдо бўлишини кутгандик"  1 02:14Анвар Бердиев: "Ўйин битта голгача бўлди, уни эса "Машъал" урди"  3 02:00Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда 90+3 дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди  7 01:38А Серия. Шомуродовнинг голи "Рома"га "Верона" устидан ғалабани тақдим этди  40 01:36"Насаф" "Жар"да "Бухоро"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 01:25Лига 1. ПСЖ яна ғалаба қозонди. Жамоа 29 ўйиндан буён мағлуб бўлмаяпти (+жадвал)   2 00:50Суперлига. "Пахтакор" йирик, "Насаф" ишончли, "Машъал" эса минимал ҳисобда ғалаба қозонди  0 00:10"Бавария" Бундеслиганинг охирги ўринларида бораётган жамоа устидан йирик ғалабани қўлга киритди  1 00:03Виталий Левченко: "Рақиб бизни мағлуб этгани йўқ, биз ўзимиз ўйинни ютқазиб қўйдик..."  16

Intervyu. O'tkir Yusupov: “Karantindan keyin Superligada sensaciyalar ham yuz berishi mumkin” Yangiliklar

Intervyu. O'tkir Yusupov: “Karantindan keyin Superligada sensaciyalar ham yuz berishi mumkin”

Boshqa sportchilar singari futbolchilar ham karantin davrini o'z uylarida, oila davrasida o'tkazishmoqda.

Ushbu imkoniyatdan foydalangan holda, “Navbahor”ning  tajribali darvozaboni O'tkir Yusupov bilan telefon orqali bog'lanib, unga o'zimizni qiziqtirgan bir necha savollar bilan murojaat qildik. Tabiiyki, dastlabki savolimiz karantinga oid holat bilan bog'liq bo'ldi.

- Karantin davrini uyda qanday o'tkazyapsiz? Zerikmayapsizmi? Futbolni sog'indingizmi?
- Barcha futbolchilar singari karantin paytini uyda, oilam davrasida o'tkazyapman. Jamoamiz murabbiylar shtabining mashg'ulotlar jadvali asosida uyda yakka tartibda mashqlarni bajaryapman. Kasb taqozosiga ko'ra, biz – futbolchilarning asosiy vaqtimiz mashg'ulotlar, safarlar, o'yinlar bilan o'tadi. SHuning uchun oila davrasida kam bo'lamiz. Yuzaga kelgan imkoniyatdan foydalangan holda, karantin davrida oilam mehri va taftini his qilyapman. Zerikishga esa vaqt yo'q. Boisi, takidlaganimdek, uyda ham individual tarzda mashg'ulotlar o'tkazyapman, oila azolarim bilan ko'proq muloqotda bo'lyapman. Albatta, faoliyatingiz futbol bilan bog'liq bo'lganidan keyin, uni sog'inasiz. Ammo eng asosiysi, sog'liq. Xudo xohlasa, bu kunlar tezda ortda qoladi hamda yana millionlar o'yinidan bahramand bo'lamiz, degan umiddaman.

- Sizningcha, karantin futbolchilarning jismoniy holatlariga salbiy tasir ko'rsatmaydimi?
- Yakka tartibda mashqlar olib borish bilan jamoa bilan birga mashg'ulotlarda ishtirok etishning katta farqi bor, albatta. SHu bois, yuzaga kelgan karantin davri futbolchilarning jismoniy holatlariga salbiy tasir ko'rsatishi ehtimoli yuqori. SHunday bo'lsa-da, Superliga bahslari davom ettirilsa, Xudo xohlasa, sekin-asta jismoniy holatimizni tiklab olamiz, degan umiddaman.


- Karantindan so'ng, Xudo xohlasa, Superliga bahslari davom ettiriladi va barcha jamoalar bir xil vaziyatda bo'lishadi. Sizningcha, bu holat milliy chempionatimizda sensaciyalar yuzaga kelishiga olib kelishi mumkinmi?
- Karantindan keyin davom ettiriladigan Superliga uchrashuvlarida barcha jamoalar bir xil kuchga, futbolchilar esa bir xil ruhiy hamda jismoniy holatga ega bo'lishadi. SHu bois, sensaciyalar ham yuz berishi mumkin. Axir, futbol sensaciyalar bilan qiziqarli-ku! SHuningdek, grand jamoalarning o'zidan kuchsizroq bo'lgan klublardan mag'lubiyatga uchrashi milliy chempionatimizga bo'lgan qiziqishni yanada oshirishi shubhasiz. SHuning uchun ayrim paytlarda sensaciyalarning yuz berishini ham ijobiy holat, deb hisoblayman.

- “Navbahor”ga sovrinli o'rinlar uchun kurashda qaysi jamoalar asosiy raqib bo'lishi mumkin?
- Takidlaganimdek, karantindan so'ng, barcha jamoalar bir xil holatda bo'ladi. SHuningdek, Superligada kuchsiz klub yo'q. SHunday ekan, hech qaysi o'yin jamoamiz uchun oson kechmaydi. O'z o'rnida biz ham har bir bahsda maydonga g'alaba ishtiyoqida tushib, muxlislarga quvonch ulashish niyatidamiz.

- Darvozabon sifatida “Darvozabon – yarim jamoa” degan gapga qanday qaraysiz?

- Mazkur gapga qo'shilaman. CHunki darvozabon maydonni to'liq ko'ra oladi va uning ishonchli o'yini jamoadoshlariga ham qo'shimcha kuch-quvvat bag'ishlaydi. Ammo buning ham o'ziga yarasha masuliyati kuchli. Masalan, hujumchi 5-6 marta xavfli vaziyatdan foydalana olmay, birgina vaziyatda gol ursa hamda o'sha goli jamoasiga g'alaba keltirsa, u qahramonga aylanadi. Darvozabon esa butun uchrashuv davomida ko'p marotaba ajoyib seyvlarni amalga oshirib, birgina xatosi tufayli, o'z darvozasidan to'p o'tkazib yuborsa va o'sha gol mabodo, Xudo ko'rsatmasin, jamoasining mag'lubiyatiga sabab bo'lsa, antiqahramonga aylanadi. SHuning uchun iloji boricha o'yinlar davomida o'z darvozamda mustahkam turgan holda, daxlsizligini saqlashga harakat qilaman.


- Bolaligingizda qaysi darvozabon kumiringiz bo'lgan? Hozirgi posbonlardan kimlarning o'yiniga havas qilasiz?

- Bolaligimda xorijlik darvozabonlardan chexiyalik Petr CHex, germaniyalik Oliver Kan va ispaniyalik Iker Kasilyas, o'zimizning kiperlardan esa milliy terma jamoamiz darvozaboni Ignatiy Nesterovning o'yinlariga havas qilardim. Mazkur kiperlardan ayni paytda faqatgina Ignatiy Nesterov faoliyatini davom ettiryapti, xolos. Hozirgi posbonlardan esa hech kimni alohida ajratib ko'rsata olmayman. Boisi, yuqorida nomi tilga olingan darvozabonlar men uchun o'zgacha ahamiyat kasb etishadi.

- Darvoza daxlsizligini saqlashda darvozabonga asosan himoyachilar ko'makchi bo'lishadi. Bunda himoyachilarning tajribasi va mahorati nechog'lik muhim?
- Himoyachilarning tajribali hamda mahoratli bo'lishlari darvozabonning ishini ancha osonlashtiradi. Ular raqibning ko'plab hujumlarini bartaraf etgan holda, posbonning ishini ancha osonlashtirishadi. Xudoga shukr, jamoamiz tarkibidan shunday himoyachilar joy olishgan va hammamiz bir yoqadan bosh chiqargan holda, bir maqsad yo'lida birlashib, barcha jamoadoshlarimiz bilan birgalikda oldimizga qo'yilgan maqsadga erishamiz, degan umiddaman.

- Joriy mavsumda “Navbahor”ning oldiga Osiyo CHempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi qo'yildi. Jamoaning ushbu maqsadni amalga oshirish imkoniyatini qanday baholaysiz?
- Jamoamizning ayni paytdagi tarkibi mazkur vazifani amalga oshirishga qodir, deb hisoblayman. Superligada medallar uchun kurash olib borishdan tashqari, O'zbekiston kubogini qo'lga kiritishga ham harakat qilamiz. O'zbekiston kubogi final bahsining Namanganda, o'zimiz uchun qadrdon maydonda o'tkazilishi esa bizga qo'shimcha kuch-quvvat bag'ishlaydi. Xudo xohlasa, hal qiluvchi bahsda o'z muxlislarimiz ko'z o'ngida g'alaba qozonib, “Navbahor”ga uzoq yillik tanaffusdan so'ng, billur sovrinni tuhfa etamiz, degan umiddaman. Buning uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.


- Siz bilan muborak Ramazon oyida suhbatlashyapmiz. Muxlislarga ushbu muqaddas oyda qanday tilaklaringiz bor?
- Jamoamiz ishqibozlariga ushbu muqaddas oyda tutgan ro'zalari va ibodatlarini Alloh o'z dargohida qabul qilishini tilab qolaman. Baxtimizga muxlislar sog'-salomat bo'lishsin, ilohim!

Bizning malumot
O'tkir Yusupov – 1991 yilning 4 yanvarida tug'ilgan.
Ampluasi:
darvozabon.
O'ynagan jamoalari: “Mashal” (Muborak, 2012 – 2013 yillar), “Nasaf” (Qarshi, 2014-2015 yillar), “Neftchi” (Farg'ona, 2016-2017 yillar), “Qo'qon-1912” (Qo'qon, 2018 yil).
2019 yildan “Navbahor”da.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика