So’nggi yangiliklar

21:35"Леганес" — "Реал". Беллингем, Винисиус, Гюлер ва Мбаппе асосий таркибда  2 21:22"Наполи" — "Рома". Таркиблар маълум  1 21:15АПЛ. "Саутгемптон" ва "Ливерпуль" ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди  27 21:13 Элит Чемпионлар лигаси. "Пахтакор" бош мураббийи Максим Шацких ва ўйинчиси Ҳожиакбар Алижонов "Истиқлол"га қарши ўйин олдидан нималар деди?  1 20:31"Ипсвич Таун" — "Манчестер Юнайтед". Бруно, Рэшфорд ва Каземиро асосий таркибда  4 20:09Перес Винисиусга мурожаат қилди  7 19:45Кетма-кет иккинчи йил чемпион бўлган Бобир Абдихолиқов билан интервью   1 19:37Суперлига. "Сўғдиёна" – "Локомотив" 2:0. Highlights  0 19:36Суперлигани қайси клуб тарк этади? Кумуш медал кимга насиб қилади? 26-тур интригалари  6 19:18Суперлига-2025. Қайси жамоалар қолади, қайсилари кетади?  6 18:25Суперлига. «Сўғдиёна» «Локомотив»ни қийинчиликсиз мағлуб этди ва учинчи ўринга кўтарилиб олди  11 18:16Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" "Қосимпошо" билан дуранг ўйнади, Турғунбоев бир бўлим ҳаракат қилди  2 18:04Февзи Давлетов: "Ўйинни тўлиқлигича назорат қилдик, фақатгина гол етмади"  4 17:28Холанд "Манчестер Сити" бўйича қарор қабул қилди  1 16:53Суперлига. «Металлург» мавсумдаги иккинчи ғалабасини қўлга киритиб, элитада қолиш имкониятини сақлаб қолди  11

Intervyu. Obid Jo'raboev: "O'zini hurmat qilgan har qanday murabbiy jamoani ichki sirlarini ommaga elon qilmasligi kerak" Yangiliklar

Intervyu. Obid Jo'raboev: "O'zini hurmat qilgan har qanday murabbiy jamoani ichki sirlarini ommaga elon qilmasligi kerak"

Xabaringiz bor yaqinda "Navbahor" jamoasining tajribali futbolchisi Obid Jo'raboev tark etdi.

O'tgan davr mobaynida o'zining ajoyib o'yinlari bilan namanganlik muxlislarning mehrini qozongan futbolchi murabbiy bilan bog'liq yuzaga kelgan ayrim muammolar sabab "Navbahor" bilan xayrlashishga qaror qildi. Barchasiga aniqlik kiritish uchun Obid Jo'raboevga yuzlandik. 

Andrey Kanchelskis bilan yuzaga kelgan mojaroli vaziyat

Yilni boshidan meni o'zi birinchi ligaga, farm klubga o'tkazib yuborish haqida har xil gap so'zlar bo'ldi. SHunga qaramasdan astoydil yugurib o'zimni ko'rsatishga harakat qildim. Mavsum starti arafasida murabbiy menga imkoniyat berdi, "Paxtakor" bilan o'yinda maydonga tushdim. O'yinim bilan murabbiyga, muxlislarga isbotlashga harakat qildim. Aslida barchasi "Nasaf" bilan o'yindan keyin yuzaga keldi. Jamoa Qarshida yutqazmadi, jangovar durang o'ynadi. SHu uchrashuvdan keyin meni zaxiraga o'tkazib qo'ydi. Hayron bo'ldim. "Navbahor" "Nasaf" maydonidan ochko bilan qaytdi. Hamma ham "Nasaf"dan safarda ochko olavermaydi. "Bunyodkor" bilan o'yinda bitta men xato qilmadimku. Hamma ham xato qiladi. Birinchi bo'limni o'zida ikkita gol o'tkazib yuborgandi jamoa. Qanday qilib yutqazib turgan jamoa murabbiyi himoyachini almashtiradi. Ushbu uchrashuvdan so'ng bazada yig'ildik, meni esa o'rinbosarlar jamoasiga tushirib yubormoqda. Men o'rinbosarlar jamoasida o'ynaydigan yoshda emasman. Yosh bola bo'lganimda ham boshqa gap edi. Oradan 3-4 kun vaqt o'tib xonasiga kechirim so'ragani kirmoqchi bo'ldim. Qabul qilmadi. Vaziyatga qarasam oxirigacha o'rinbosarlar bilan yurishimga to'g'ri kelardi. SHundan keyin ketishga qaror qildim.


O'zini hurmat qilgan murabbiy jamoani sirlarini ommaga oshkor qilmaydi.

Andrey Kanchelskisni o'yindan keyingi bergan intervyularidan jahlim chiqqani rost. O'zini hurmat qilgan murabbiy jamoaning ichki sirlarini ommaga oshkor qilmasligi kerak. Bu qanaqasi endi? Kel mayli uyimga yaqin, oilam yonimda deb "Navbahor"ga o'tgandim. SHu jamoa uchun borimni bermoqchi edim. Pul bermasa ham, qanday holat bo'lsa ham klubga yordam bergim kelgandi. Faoliyatimni ham shu jamoada tugatishni istagan edim. Mehnat qilib harakat qildim. Murabbiyni menga munosabati yaxshi edi. Lekin, nima uchun birdaniga munosabati o'zgardi, tushunmadim. Maydonda hamma ham xato qiladi. Jamoa aynan meni xatoim sabab yutqazmadiku. Negan aynan meni jazolaganini tushunmadim. Balki, bollar o'yinga tayyor emasdir. Bu narsa ichki muhitga salbiy tasir qiladi. Ha, gapirish kerak. Faqat, kiyinish xonasida, jamoani ichida aytish kerak barcha aybni. Barchasini futbolchilarga to'nkash ham yaxshi emas. 


"Navbahor"ga hech qachon yomonlik tilamayman.

Jamoada o'tgan yilgidan nima o'zgardi? 2019 yilgi mavsumning birinchi davrasidan so'ng Andrey Antanasovich ketdi va Deyan Jurjevich keldi. So'ng ikkinchi davra o'rtalarida Andrey Antanasovich yana jamoaga qaytdi. Murabbiy almashgani natijalarga o'z tasirini ko'rsatdi. Joriy mavsum boshida jamoani yanada shakllantirishga etibor berildi. Tashkiliy ishlar yaxshi yo'lga qo'yildi. Maqsad sovrinli o'rinlarga ega chiqish va OCHLga yo'llanmani qo'lga kiritish. Bir qator yosh, iqtidorli futbolchilar olib kelindi. Yomon jamoa tuzilmadi. Jamoa o'yinida o'zgarishlar bo'ldi. Men jamoadan ketgan bo'lsamda, "Navbahor"ga doim g'alabalar tilab qolaman. Hech qachon yomonlik tilamayman. "Navbahor"ni qaysi murabbiy boshqarishidan qatiy nazar muxlislar uchun g'alabalar qozonishini xohlayman. Muxlislar bunga loyiq. Klubga oldiga qo'ygan maqsadlariga erishini xudodan so'rab qolaman.


"Dinamo"ni Superligaga olib chiqishga yordam bermoqchiman.

Samarqandda klubiga o'tishim haqida ko'p OAVlar yozishmoqda. "Navbahor"da yuz yubergan vaziyatdan keyin klubdan ketdim. Hurmatim bor ekan, "Dinamo" bosh murabbiyi Sergey Ivanovich Lushan taklif qildi. Men uchun ortga tashlangan qadam emas. Endi ko'tarilib etishib chiqayotgan futbolchi emasman. Men o'ynasam yana 2-3 yil to'p tepishim mumkin. "Dinamo" Pro ligada ishtirok etayotgan bo'lsada Superliga jamoasi hisoblanadi. Bu ularni darajasi pastligidan dalolat bermaydi. Klubni Superligaga olib chiqish uchun yordam bermoqchiman. Agarda keyingi mavsumda Superligada o'ynasak jamoa bilan yana hamkorlikni davom ettiraman.


Nega bizda 30 yoshdan futbolchini qariga chiqarishadi?

SHu haqida gapirishni kutayotgan edim. Haqiqatdan ham nega bizda 30 yoshdan oshgan futbolchini qariyaga chiqarib qo'yishadi? Bu qanaqasi bo'ldi? SHuncha futbol o'ynab o'zimdan 6-10 yosh kichkina futbolchilarni ko'rdim. Mashg'ulotlarga yaramaydi, jismoniy jihatdan kuchsiz. Biz ularni yoshida ikki barobar ko'p yugurganmiz. To'g'risini aytaman, shunaqa gaplar jonimga tegib ketdi. Bu ham ketishimga bir sabab bo'ldi. Aytishadiku, o'zingni qadrlagan joyda o'ynagin deb. Men muxlislarga va viloyatda futbolni uyg'ata olgan Hayrulla Hayitboevich Bozorovga minnatdorchilik bildirib qolaman. Jamoani rivojlantirganiga, yanada yaxshi sharoitlar yaratib berganiga rahmat aytaman. Muxlislar qo'llab-quvvatladi, olqishladi. Hozir 34 yoshda bo'lsamda o'zimni imkoniyatlarimdan kelib chiqib o'zimni qari hisoblamayman. 30 yosh futbolchi uchun ayni o'ynaydigan, kuchga to'lgan, haqiqiy sport formasidagi paytidir. 37 yoshda ham o'ynayotganlar bor bilsangiz agar. 

 Abdulaziz Iskandarov yozib oldi. 

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика