So’nggi yangiliklar

20:15Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Қизилқум"ни 5:1 ҳисобида мағлуб этди  15 20:00Ямаль "Сельта"га қарши ўйнамайди  1 19:42Франция футбол Федерация ПСЖнинг "Мбаппе иши" бўйича апелляциясини рад этди  0 19:31Суперлига. "Нефтчи" – "Насаф" 2:0. Highlights  5 19:17Анвар Бердиев: "Мақсадимиз — Суперлигага чиқиш"  0 18:59Фарҳод Нишонов: "Ҳакам қарорини муҳокама қилишни истамайман, аммо..."  0 18:34Моуринью яна Роналду билан бирга ишлаши мумкин  0 18:08ПРО-Лига. Расман — "Шўртан" плей-оффнинг иккинчи иштирокчиси!   2 18:05Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлди  44 17:43Суперлига. "Қизилқум" - "Навбаҳор": Асосий таркиблар маълум  2 17:09ПРО-Лига. 5 та гол урилган ўйинда "Бухоро" "Арал"дан устун келди  2 16:49ПСЖ янги машғулот марказини очди  0 15:32Жорж Микаутадзе фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 15:01"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи  2 14:40Тимур Кападзе: "Ўйин томонлама "Насаф"ни эътироф этаман, мавсум ўртача ўтмоқда"  16

Intervyu. Nemanya Matich: "Mening serbcha tarixim" Yangiliklar

Intervyu. Nemanya Matich: "Mening serbcha tarixim"

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Nemanya Matich "Inside United" nashriga Serbiya, mahalliy jamoasidagi faoliyati va uning sharafiga qo'yilgan ko'chaning nomi haqida gapirdi.

- Yoshligingiz qanday o'tgan? O'z ona shahringiz borasida nimalar deya olasiz?
- Men 1500 inson yashaydigan kichik bir qishloqda katta bo'lganman. Yaxshi vaqtlar edi o'shanda. Do'stlarim bilan vaqt o'tkazishni yoqtirar edim. Ular bilan ko'p futbol o'ynardik.

- Bolaligingizda o'ynagan jamoangiz "Vrelo"ning murabbiyi otangiz bo'lganmidi?
- Ha, otam meni shug'ullantirgan, o'shanda 7 yoki 8 yoshlar edim. Bizga oson bo'lmagan, otam juda ham talabchan inson edi. Hattoki, bir o'yinda ikki-uch gol ursam ham, unga kamlik qilardi. Og'ir vaqtlar bo'lgan! (kuladi)

- "Crvena Zvezda" yoki "Partizan"ning yoshlar jamoasida o'ynaganmisiz?
- 4 yil davomida "Crvena" tarkibida harakat qilganman. SHundan keyin bir yarim yil "Partizan"da o'ynadim. Ular Serbiyaning eng katta ikkita jamoasi. Ular tarkibida men ko'p narsalarni o'rgandim va qimmatli tajriba orttirdim.

- O'tgan yili biz Belgradda bo'ldik. Unda bizning yoshlar jamoamiz "Partizan"ga qarshi bahs olib bordi. Aytishim kerak, u erliklarning barchasi "Crvena Zvezda"ga yomon ko'z bilan qarar ekan.
- Ular o'zaro raqib. Jamoalarning stadionlari bir-biridan uzoqda emas, taxminan 1 kilometr farq qiladi. Undan tashqari, klublar doimiy tarzda mamlakatning bosh sovrini uchun davogar hisoblanishadi. Bu mavsumda "Partizan" Evropa ligasining saralashida "Beshiktosh"ga qarshi bahs olib bordi. "Crvena" esa Zalcburgning "Red Bull" jamoasiga qarshi o'ynadi. Ikki jamoaning ham tarkibi juda kuchli.

- Belgradda o'z tarixi va sobiq Yugoslaviyaning jamoaga tasiri bilan barcha faxrlanar ekan.
- Ha, Yugoslaviya ligasida kuchli jamoalar ko'p bo'lgan: "Dinamo Zagreb", "Xayduk Split", "Crvena Zvezda", "Partizan", "Jeleznichar". Klublar juda ham ko'p edi, shu boisdan ligani yutish anchagina qiyin bo'lardi. Biroq u davrlarni unchalik eslay olmayman.

- O'zingizning ilk jamoangiz "Vrelo"ning egasi ekanligingiz rostmi?
- Ha, o'zim o'sgan joyning jamoasiga yordam berishga harakat qilaman. Yoshlarga yordam berish menga yoqadi. Ularga bizning davrda bo'lmagan sharoitlarni yaratib berishga intilaman. Bu bilan shug'ullanishni yaxshi ko'raman. Yangi maydonlar orqali yoshlar kuchli futbolchilarga aylanishadi. Bir kun kelib shu bolalar yuqori saviyada faoliyat olib borishadi. SHu boisdan ular bunga tayyor bo'lishlari kerak.

- Ularning o'yinlarini tomosha qilishga ulgurasizmi yoki bunga "Yunayted"dagi mashg'ulotlar to'sqinlik qiladimi?
- Faqatgina internetdan topganimni tomosha qila olaman. Serbiya termasiga qaytganimda bizga kichik dam berishadi. O'shanda jamoaning o'yinini tomosha qilishga boraman. Bu mavsumda ularning bir necha o'yinlarini tomosha qila oldim.

- O'zingiz o'ynay olmaydigan o'yinni tomosha qilish qiyin bo'lmaydimi?
- O'zim o'ynaydigan o'yinlardan rohatlanaman. Tribunada esa men oddiy muxlisga aylanaman. Bazida bu menga yoqadi. Ammo "Manchester Yunayted"ning o'yinlarini zaxirada tomosha qilish qiyin bo'ladi. CHunki ularga yordam bera olishim mumkin. SHuningdek, boshqa jamoalarning o'yinlarini tomosha qilish ham yoqadi.

- Serbiyada pista chaqishni yaxshi ko'rishar ekan. SHunday odat Angliyada ham borligi yaxshi holatmi?
- Yozda o'zim ham pista chaqishni yoqtiraman! Fevral oyida kimdir meni rasmga olibdi va men shu orqali tutilib qoldim. Ularning rasmga olayotganini ko'rmay qoldim. Biroq bu muammo emas.

- Bu foydali mahsulotmi?
- Albatta-da! (kuladi)

- "Vrelo" chempionatni yutdimi?
- Ketma-ket uch marta! Uch yil oldin jamoa tashkil qilgandik va chempionga aylandik. 80 o'yin o'tkazdik va bir martagina mag'lub bo'ldik, bir necha marta durang o'ynadik va qolgan barcha o'yinlarda g'alabaga erishdik. Hozirda mening jamoam to'rtinchi divizionda. Bu huddi Angliyaning ikkinchi ligasi degandek gap.

- Klubda o'ynagan tengdoshlaringiz bormi?
- Ularning bir necha nafari futbolda. Do'stim jamoa murabbiyi, uning amakivachchasi esa jamoaning sport direktori. Bu noprofessional klub, shunchaki qiziqishlar yuzasidan ochilgan bo'lsa ham, etibor juda yuqori.

- Klubni boshqarishda unga maslahatlar berib turasizmi yoki barcha ishni uning o'ziga topshirganmisiz?
- Ularni yaxshi bilaman, bu insonlar futbolni yaxshi tushunishadi. U erga borganimda ular bilan gaplashishdan va ishlaridan zavq olaman.

- Ligadagi g'oliblik bilan ularni tabriklaysizmi?
- Albatta! Imkoniyat bo'lsa, g'alabani ular bilan nishonlayman! (kuladi)

- O'z shahringizning yaqinidagi "Edinstvo" stadionining qurilishida ham yordam bergan ekansiz. Keyinchalik uni Dragan Jaich deb nomlashdi. Dragan haqida nimalar deya olasiz?
- U sobiq Yugoslaviya futboli tarixidagi eng yaxshi futbolchi. U men o'sgan joyda yashardi va mening qo'shnim. Bizning qishlog'imizda yashagan inson "Crvena Zvezda" tarkibida o'ynayotganidan farxlanamiz. U o'z vaqtida eng yaxshi vinger bo'lgandi. To'g'ri, men bo'lmaganman, ammo otam uning o'yinlarini ko'rgan va menga gapirib bergandi. SHuningdek, u "Manchester Yunayted"ning buyuk futbolchilari, Eysebio va Pele haqida ham aytib berardi. Odamlar u haqida shunday gapirishlari juda yaxshi holat. SHunga loyiq bo'lgani uchun stadionni shunday nomladik.

- Endi Nemanya Matichning ko'chasi ham bor. U erda bo'ldingizmi? Bu haqida nimalar deya olasiz?
- Bu juda ham yoqimli va anchagina qiziqarli. Men yashagan qishloqning aholisi ko'chani mening nomim bilan atashni istashgandi. Ulardan rostdan ham shunday bo'lishi kerakligini so'ragandim va buning uchun men yozma ravishda rozilik berishim kerak ekan. Barcha bunga rozi bo'ldi va bundan faxrlandim.

- O'zingizning eski qadrdonlaringiz bilan aloqa qilib turish sizga kerakmi?
- Albatta. Bu aloqalarni har kuni his qilaman. Men har doim o'zimning eski do'stlarim bilan gaplashib turaman. Men ularni, ular meni yaxshi ko'ramiz. Ular mening barcha o'yinlarimni kuzatib borishadi. Bir kun kelib u erga qaytsam, o'sha erda yashayman.

- O'z jamoangizga yanada kataroq maqsadlar qo'ya olasizmi, misol uchun butun bir Serbiyada mahoratli futbolchilarni etishtirib chiqarish?
- Balki. Serbiya har doim iqtidorlarga boy mamlakat. Faqatgina bizda maqsadlardan foydalanishda sharoitlar etishmaydi. Bizda stadionlar unchalik ko'p emas, borlari ham eski va zamon talablariga javob bermaydi. Biroq Serbiya FF futbol maydonlarini yaxshilash, eng yaxshi futbolchilarni etishtirib chiqarish, muxlislar uchun qulaylik taqdim qilish uchun investiciya kiritmoqda. Ular ham mamlakatimizda futbolning rivojlanishi uchun ter to'kishmoqda.

- Jahon chempionatida o'ynash - mamlakat uchun katta yutuq. Rossiyada siz katta ishtiyoq va g'urur bilan harakat qildingiz.
- Bu ajoyib tajriba bo'ldi. Ilk o'yindanoq biz guruhdan chiqish uchun qattiq harakat qildik. Birinchi o'yinda yutdik, biroq ikkinchi va uchinchi o'yinda mag'lub bo'ldik. Ayniqsa, ikkinchi o'yinda uchragan mag'lubiyatimiz (SHveycariyaga qarshi o'yin) alamli bo'ldi, biz ulardan yaxshiroq o'yin ko'rsata olgandik. Guruhdan chiqish uchun imkoniyat bo'lgandi, ammo bizga tajriba etishmadi. Yaqin kunlarda biz Evro uchun kurash olib boramiz, mundial tajribasi esa bunda asqotadi. Hayratlanarli sarguzashtlarni boshimizdan o'tkazdik. Umid qilamanki, navbatdagi jahon chempionatida ham Serbiya termasi qatnashadi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика