So’nggi yangiliklar

15:00Про лига. 6-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  0 14:39МЮ Европа Лигасидаги эҳтимолий ғалабани нишонламоқчи эмас  0 14:11Анчелоттининг ўғли "Рейнжерс"ни бошқариши мумкин  2 13:42"Ноттингем Форест" эгаси омма олдида бош мураббийга нисбатан ғазабини намоён қилди  2 13:15"Барселона" Флик ва Шенснига янги шартнома таклиф этди  5 12:48"Наполи" Де Брюйнега қанча маош беришга тайёрлиги маълум  2 12:21Австрия ва Швейцария чемпиони "Байер" бош мураббийлигига даъвогар  0 11:57ЎФА раҳбарияти Нидерландиянинг Ўзбекистондаги элчиси билан учрашди: ПСВ вакиллари билан онлайн учрашув ташкил этилиши мумкин  2 11:32U-17 Жаҳон чемпионатига қачон қуръа ташланади?  8 11:10Абдихолиқов ва Жалолиддинов ўйнаётган "Сумқайит"да бош мураббий ишдан кетди  0 10:49Гринвудга АПЛнинг иккита гранди қизиқиш билдирмоқда  3 10:20Рафиньянинг келажаги маълум  17 09:51Еврокубоклар финалларининг бош ҳакамлари маълум қилинди  6 09:22“Уяляпман“. Аморим МЮнинг ҳозирги ўйини ҳақида фикр билдирди  15 08:53“Реал“нинг иккита асосий футболчиси учун мавсум якунланади  8

Muhsin Muhammadiev: "Men Moskvadaman, barcha legionerlarimiz o'z vatanlarida..." Yangiliklar

Muhsin Muhammadiev: "Men Moskvadaman, barcha legionerlarimiz o'z vatanlarida..."

"Buxoro" bosh murabbiyi Muhsin Muhammadiev klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Ayni damda butun dunyoda koronavirus pandemiyasi sabab karantin elon qilingan, o'zingizni izolyaciya qilish davrini qanday o'tkazmoqdasiz?
- Hozirgi kunda men oilam bilan birga o'z uyimda, yani Moskvada karantin davrini o'tkazyapman.

- Butun dunyo bu ofatdan jabr ko'ryapti, normal hayot pandemiya tufayli butunlay o'zgarib ketdi...

- Afsuski, hamma o'z uyida izolyaciya davrini o'tkazishi shart, nafaqat sportchilar balki boshqa kasb egalari ham o'z ish faoliyatlarini davom ettira olishmayapti. Nima ham qila olardik? Bundan qochib qutulib bo'lmaydi, juda ham og'ir davr.

- "Buxoro" jamoasining hozirgi ahvoli haqida aytib o'tsangiz...

- Jamoamiz futbolchilari 40 kundan beri karantin davrini o'z uylarida o'tkazishmoqda. O'zbekiston Superligasi 3-tur uchrashuvlari yakunlangach, yani 15 martdan beri hech bir jamoa birga shug'ullanmayapti. Biz ham barcha futbolchilarimizga javob berdik. Murabbiylar shtabi tatilga chiqdi. Legioner futbolchilarni ushlab turishdan mano yo'q edi, shu sababli ular ham o'z yurtlariga uchib ketishdi. CHunki, chempionatning qayta tiklanishi mavhum edi. Mahalliy futbolchilarga kelsak, ko'plari Buxoro viloyatida istiqomat qilishadi. Toshkent va boshqa viloyatlarda bo'lgan futbolchilarimiz bilan har kuni aloqadamiz. Futbolchilarmiz o'z formalarini yo'qotmaslik uchun o'z uylarida individual mashqlar olib borishyapti va albatta chempionat qayta boshlanishini intizorlik bilan kutishyapti.



- Yaqin orada O'zbekiston Superligasi davom ettiriladi degan umiddamiz, agar bu sodir bo'lsa, jamoa chempionatga to'liq tayyor bo'la oladimi?

- CHempionatni davom ettirish uchun hali konkret kun belgilanmagan, biz hozircha kutish rejimidamiz. Hukumat ruxsat bersa mashg'ulotlarga kirishamiz, hozircha esa faqat bizdan kutish talab qilinadi.

Legioner futbolchilarmizning barchasi chet elda. Milovan Kapor Kanadada, Artyom Baranovskiy va Jaba Lipartiya Ukrainada, Edin Yunuzovich esa Xorvatiyada. Bu legionerlarimiz asosiy tarkib futbolchilari hisoblanishadi. Agar chempionat davom ettirilib, xalqaro aviareyslar yo'lga qo'yilmasa bu futbolchilar safimizga kelib qo'shila olishmaydi. Menimcha, bu masalani ham qandaydir echimini topish kerak bo'ladi.

Menga kelib etgan xabarlarga ko'ra, 12 maydan keyin O'zbekiston futbol associaciyasi jamoalarga o'z qarorgohlarida umumiy mashg'ulotlar olib borish uchun ruxsat berilishi kutilmoqda, unda barcha gigiena qoidalariga amal qilib yopiq holda o'tkazilishi rejalashtirilyapti.

Barcha futbolchilar dam olishdan charchadi, bundan keyin eng shimarib mehnat qilib, keyingi turlarga tayyorlanish kerak. To'g'ri ikki haftada jamoa o'z formasiga qaytishi qiyin masala, lekin nafaqat biz, balki, butun dunyo chempionatlarida jamoalar shu ahvolda. Nolishga hojat yo'q! Biz barcha harakatlarimizni, chempionat boshidagi xatolarimizni yuvish uchun qattiq ter to'kamiz. Ishqibozlar oldida aybdormiz, ular jamoadan faqat g'alaba kutishadi. Biz hali o'z so'zimizni aytishga ulgurmadik, omadsiz start bizni to'xtata olmaydi.

Barcha Buxoro jamoasi muxlislariga omad tilagan holda, oilalariga tinchlik, sog'lik va osoyishtalik tilayman.


Oybek Jumanazarov suhbatlashdi
"Buxoro" matbuot xizmati

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика