So’nggi yangiliklar

01:45А Серия. "Милан" кутилмаганда очко йўқотди  6 01:15Артета "Арсенал" "Челси" рекордини янгилашни истаётганини айтди  0 00:55Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" марказий баҳсда "Ал Иттиҳод"ни мағлуб этди  0 00:41Рубен Аморим "Ливерпуль" майдонидаги ғалаба ҳақида: "Бундан ҳаволаниш керак эмас, Гакпо 20 сантиметрга адашмаганида барчаси бошқача бўларди"  0 00:20Суперлига. "Қизилқум" – "Динамо" 2:0   0 23:50Касильясни тўнаб кетишди  7 23:36Акмал Рустамов: "Қизилқум" таркибидан ҳам термаларда футболчилар ўйнашига ҳаракат қиламиз"  1 23:19Эдин Терзич: "Санчо "Олтин тўп"ни ютишга қодир"  2 22:46Килиан Мбаппе кетма-кет иккинчи ой энг яхшиси бўлди  0 22:23Пау Кубарси: "Класикони бутун дунё кўради. Лекин мен босим ҳис қилмаяпман"  10 21:57Вадим Абрамов: "Мухлислар олдида хижолатдамиз"  3 21:45Футзал. Афғонистон ўсмирлари Ўзбекистонга 10та гол урди  9 21:26"Ливерпуль"нинг ўтган ойдаги энг яхши футболчиси аниқланди  0 20:55Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Динамо" устидан ишончли ғалабага эришди  51 20:17Рафинья класикода ўйнамайдиган бўлди  10

Intervyu. Lutfulla To'raev: “Bu yil “Bunyodkor”ga qiyin bo'ladi” Yangiliklar

Intervyu. Lutfulla To'raev: “Bu yil “Bunyodkor”ga qiyin bo'ladi”

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi mavsumni boshqalarga qaraganda ertaroq boshladi. Boisi, ularni oldinda OCHL doirasidagi saralash va pley-off bahslari kutardi.

Biroq “qaldirg'ochlar” kutilmaganda musobaqa guruh bosqichiga chiqa olishmadi. Endilikda Vadim Abramov shogirdlari diqqat va etiborlarini ichki chempionatda muvaffaqiyatli ishtirok etishga qaratishlari tabiiy. CHunki o'tgan yili bronza medallariga sazovor bo'lgan jamoadan ishqibozlar yanada ko'prog'ini kutishadi. Biz shu munosabat bilan etakchi futbolchini saytimiz ofisiga taklif qilib, intervyu oldik.





- “Bunyodkor”ning joriy yildagi rejalari, maqsadlari qanday? Rahbariyat jamoa oldiga qanday vazifalarni qo'ymoqda?
- Dastlabki yig'inni jamoamiz BAAning Abu-Dabi shahrida olib bordi. OCHLda ikkita o'yin o'tkazdik. Maqsadimiz guruh bosqichiga chiqish edi. Afsuski pley-offda mag'lubiyatga uchradik. Endi bor etiborimizni Superliga bahslariga qaratamiz.

- “Bunyodkor”ni mag'lub etgan “Al Ayn”, OCHL birinchi turida o'z maydonida Eronning “Sepaxon” klubiga yirik, 0:4 hisobida mag'lub bo'ldi. Nima deb o'ylaysiz, shu kuni raqib kuchliliik qildimi? Yoki biznikilarning kuchi etmadimi?
- Amirliklar jamoasi kuchli o'yin namoyish etdi demagan bo'lardim. Biz faqat 65 daqiqa yaxshi o'ynadik. Keyin jismoniy tomondan ozgina etishmovchilik bo'ldi. Sababi bizda endi mavsum boshlanmoqda, shuningdek besh futbolchimiz olimpiya terma jamoasi bilan Osiyo chempionatida ishtirok etayotganligi sabab kuchimiz etmadi. Boz ustiga yangi kelgan futbolchilar bilan o'zaro chiqishib, tushunib olish uchun vaqt kamlik qildi.

- Klublarimizda ham, terma jamoalarimizda ham muhim va hal qiluvchi uchrashuvlar payti sarosima va hayajon yuzaga keladi. Futbolchilar ham bosim bilan to'p tepishadi. Mazkur holat nima bilan bog'liq? Bu kecha yoki bugun bo'layotgani yo'q.
- Hayajonga bog'liq demagan bo'lardim. Terma jamoamizda murabbiy o'zgardi, Vadim Abramov bosh murabbiyga aylandi. JCH-2014 saralashi uchinchi bosqich birinchi turidan so'ng uni istefoga chiqarishdi. Etarlicha imkoniyat berishmagandi deb o'ylayman.



- “Bunyodkor” bilan yangi shartnoma imzoladingiz. Bu kimning qarori? Murabbiymi yoki o'z xohishingiz...
- O'zingiz ham bilasiz “Bunyodkor”da yaxshi jamoa shakllangan. OCHLda uzoqroqqa borishni istagandik. Jamoada qolishimni birinchi sababi shu. Ikkinchidan o'zim xohladim. Ikki tomon kelishib shartnomani bir yilga uzaytirdik.

- 2019 yil “Bunyodkor” uchun nihoyatda muvaffaqiyatli o'tdi deya olamiz. Tarkibda yosh futbolchilar ko'p bo'lishiga qaramasdan uchinchi o'rinni o'ziniki qildi. Albatta, osonlikcha qo'lga kiritilmadi. Ayniqsa, oxirgi turlar. Deylik, “Paxtakor” bilan o'yin muxlislar orasida turli muhokamalarga sabab bo'ldi...
- Biz ushbu uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik bilan chiqqan edik. “Paxtakor” chempionlikni rasmiylashtirib bo'lgandi. Bollar bilan o'yindan oldin: “Hech kim yutmagan jamoani nega biz yuta olmaymiz?” deb gaplashib oldik.

- Barchani qiziqtirgan savol. Tashqi ko'rinishingizdan, gavdangizdan sizni ko'pchilik yoshi katta futbolchi deb o'ylaydi. Muxlislarning aksariyati shunday mazmundagi tanqidiy fikrlarni bildirishadi...
- Menimcha, televizorda shunaqa ko'rsatsa kerak. O'zimni semiz deb o'ylamayman. Yoshimga kelsak hech qanday o'zgarishsiz 32 yoshdaman. O'zimni qari futbolchi deb hisoblamayman.

- Qishki transferlar paytida jamoani ko'plab futbolchilar tark etishdi. Ayrimlar, Koreya quyi ligasidagi klublarni tanlashdi. Demak, u erni bizning chempionatimizdan ustun qo'yishdi. Aslida qanday? Mana siz Malayziya chempionatida daraja jihatdan keyingi o'rinda turadigan ligasida to'p tepgansiz...
- Koreyaning quyi ligasi bizning Superligamizdan kuchli demagan bo'lardim. Masalan biz BAAdagi yig'in davomida “Suvon” klubi bilan o'ynadik. Bir kalla ustun degan fikrga qo'shilmayman.



- O'tgan mavsumda Jasur Jaloliddinov kashfiyot futbolchi sifatida tilga olindi. Bu yil ham o'rinbosarlar jamoasidan asosiy tarkibga nomzod futbolchilar bormi?
- Yig'inlarda ko'p yosh o'yinchilar qatnashdi. Nazarimda, Jasur bu yil yana iqtidorini ko'proq namoyon qilsa kerak.

- “Benevento” klubi qiziqishlari doirasida turibdi. Umuman uning Italiyaga ketishiga munosabatingiz...
- Qishda yig'inda va bir hafta davomida mashg'ulotlarda qatnashib keldi. O'zi bilan ham gaplashdik. O'ylashimcha, u Italiyaga ketmasa kerak. Boshqa klubga yo'l olmasa, joriy mavsumda “Bunyodkor” bilan o'zining eng yaxshi o'yinlarini o'tkazadi.

- Faoliyatingiz davomida ko'plab sovrinlarga ega chiqqansiz. “Nasaf” bilan OFK kubogida zafar quchgansiz. Legioner sifatida ham Malayziya kubogida g'olib bo'lgansiz. Yana ushalmagan orzuingiz bormi?
- Orzuim milliy terma jamoamiz bilan mundialda qatnashish. Nasib qilsa 2022 yil Qatardagi Jahon chempionatida yurtimiz bayrog'ini balandga kutarishni istayman. Buning uchun menda imkoniyat bor.



- Birinchi turni safarda “Surxon”ga qarshi o'tkazasizlar. O'tgan yili birinchi davrada qayd etilgan natijadan xabaringiz bor...
- Bizga ham bu yil oson bo'lmaydi, ikki barobar qiyin bo'ladi. Avvalgi mavsumda yosh bollar deb ko'p jamoalar bizga qarshi mensimasdan maydonga chiqqan bo'lishi mumkin. Endi bizga nisbatan munosabat o'zgaradi.

- Jamoa safiga yangi qo'shilgan ikki nafar legioner haqida nima deya olasiz? Baribir mashg'ulotlarda birga ishlaysiz, ko'p aloqada bo'lasiz...
- Davron Ergashev yaxshi futbolchi, jismonan baquvvat. Bekorga Tojikistonda yilning eng yaxshi himoyachisi sifatida etirof etilmadi. Selim Nurmuradov esa yosh futbolchi, hali o'zini ko'rsatadi.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика