Intervyu. Jamshid Boltaboev: “Sug'diyona”ning muvaffaqiyatlari tasodif emas”
22 okt 2019 16:08
Yangiliklar
Intervyu. Jamshid Boltaboev: “Sug'diyona”ning muvaffaqiyatlari tasodif emas”
Bu albatta turnir jadvalida ham o'z tasdig'ini topmoqda. Garchi, chempion nomi bir necha tur avval aniq bo'lib ulgurgan bo'lsada, qolgan o'rinlarga kurash so'ngganicha yo'q. Jizzahning “Sug'diyona” jamoasi bronza medallari uchun intilayotgani tahsinga sazovor, boisi oldinlari bu klub muntazam pastki o'rinlarda, jon saqlash yo'lida harakatlanar edi. Xo'sh, yutuqlarning siri nimada yoki kimda? Mazkur savollarga bu yildan etiboran yana yashil maydonga qaytgan Jamshid Boltaboev atroflicha javob berdi.
- Bekoboddan uch ochko bilan qaytdinglar. Bilamiz, “Metallurg” o'z maydonida yaxshi o'yin namoyish etadi. G'alaba nimaning hisobiga qo'lga kiritildi?
- Murabbiylarimizning o'yindan avvalgi ko'rsatmalarini maydonda isbotlashga urindik. Niyatimiz bronza medali ekan, uyda ham safarda ham faqat g'alaba ishtiyoqida va ruhida harakatlanamiz.
- “Sug'diyona”ning ayni damda turnirn jadvalining uchinchi pog'onasi uchun kurash olib borayotganini kutilmagan holat sifatida qayd etsa bo'ladimi?
- Tashqaridan qaragan, klubning ichida yurmagan insonga tasodif sifatida tuyulishi mumkin. Lekin, jamoadagilar va rahbariyat aslo uchun kutilmagan hodisa emas. Biz yil boshidan yuqori natijalarga erishish uchun intilib kelyapmiz. Qaysidir manoda, omad bizga ko'proq kulib boqmoqda. Sovrinlar uchun kurashayotganimiz bizga katta motivaciya beryapti. Umuman futbolchilarning potenciali va murabbiylarning katta mehnati tufayli shunday o'rinda turishga loyiqmiz deb o'ylayman. Ammo, o'yinimdan ko'nglim to'lmayapti. O'z ustimda ishlashdan to'xtamasam, mukammal sport formasiga kirishga ko'zim etadi.
- Mavsum boshidagi jamoa bilan hozirgi jamoani o'rtasidagi farqni taqqoslab bera olasizmi? CHunki orada klubda katta o'zgarishlar yuz berdi...
- Yil boshida jamoada barchasi qaytadan qurilayotgandi. SHaxsan o'zim ham qishki transferlar vaqtida klubga kelib qo'shilganim uchun moslashish biroz qiyin bo'ldi. Balki, jamoadoshlarimda ham shunday bo'lgandir. Lekin, hozir bir oilamiz. Ichki muhit alo darajada. Hamma bir-biri uchun borini berishga tayyor. Murabbiy Ulug'bek Baqoev bizlarni doim o'yinga finalga chiqqandek hozirlaydi.
- Jizzax jamoasini osiyo chempionlar ligasida ishtrok etish imkoniyatini qanday baholaysiz? “Bunyodkor” osonlikcha taslim bo'lmasligi aniq...
- Har bir ochko muhimlik darajasini yo'qotmaydi. Oldinda to'rtta tur qoldi, bor kuchimizni ishga solamiz. Maqsad bitta – OCHL saralash bellashuvlarida ishtrok etib, jamoamizni Osiyoga tanitish!
- «Monako» sizga taklif bilan chiqqan ekan. Bu transfer amalga oshishiga nima to'sqinlik qildi?
- 2012 yilgi Osiyo chempionatidan so'ng meni “Monako” vakillari jamoaga taklif qilishdi. Franciyada bir hafta davomida mashg'ulotlarda ishtirok etdim, bitta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdim ham. Murabbiylarda, xususan, klub rahbariyatida ijobiy taassurot qoldirdim. Ammo hujjatlar va yana boshqa sabablar bilan transfer amalga oshmadi.
- Bilamiz siz uzoq muddat katta futboldan uzoqda yurdingiz. “Paxtakor” ning yangi rahbariyati jarohatingizni davolatishda yordam berdimi? Jarrohlik amaliyotiga oz pul ketmaydi, axir.
- «Paxtakor» rahbariyati o'z xizmatini ayamadi. Turkiyada jarrohlik amaliyotini o'tadim, barcha zarur xarajatlar klub tomonidan to'landi. O'tgan yil oxirida shartnomam tugadi va bir-birimizga minnatdorchilik bildirib, samimiy ruhda xayrlashdik. Nasib qilsa, bir kun kelib yuqori saviyaga chiqib, yana «sherlar» safiga qaytaman.
Abdulaziz suhbatlashdi
Fikrlar